G. Q. Abdurahmanova



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə6/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

Uchinchi ilmiy yangilik. Qurilish materiallari sadvo platformasi elektron axborotlar to’plash, tahlil qilish va foydalanish, yetkazib berish tizimi hamda ishlab chiqarish korxonalarining manzillarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
Qurilish ishlarining rivojlanishi natijasida, qurilish materiallariga bo’lgan talab ortib bormoqda. Mamlakatimizda qurilish materiallari savdosi asosan bozorlar va maxsus ixtisoslashtirilgan savdo shaxobchalari hamda birja orqali amalga oshiriladi.
2017-2022-yillarda O’zbekiston Respublikasi va Namanagan viloyatida elektron tijorat jami savdo aylanmasi tahlil etilgan. Respublikamizda elektron savdo aylanmasi sezilarli darajada o’sganligini ko’rsatmoqda. Jumladan Namangan viloyatida 2018-2022 yillarda elektron savdo aylanmasi 47,1 mlrd so’mga oshgan. Jami elektron savdoda Namangan viloyatining mazkur davr oralig’ida o’zgaruvchan bo’lib 2019-2020 yillarda 1,9 % ni tashkil etgan bo’lsa, 2021-2022 yillarda bu ko’rsatkich 0,5 va 0,4 foizni tashkil etdi. Viloyatda elektron savdo aylanmasi o’sgan bo’lishiga qaramasdan Respublikadagi ulushi pasaygan. Elektron savdoning mazkur davrda bunday yuqori darajada o’sishini internet tarmog’idan foydalanuvchilar soni ortishi va elektron savdoning afzalliklari bilan izohlash mumkin.
Namangan viloyatida qurilish materiallari bozorini rivojlantirish bilan bog’lik bo’lgan muammolarni o’rganish, tahlil qilish va tegishli xulosa va tavsiyalar tayyorlash maqsadida, muallif ishlab chiqqan maxsus dastur asosida anketa so’rovi o’tkazildi.
Qurilish firmalari tomonidan faoliyatini amalga oshirish jarayonida qurilish materiallarini eng qulay bo’lgan sotib olish usuli qanday ekanligi bo’yicha berilgan savolga olingan javoblar ketirilgan. Anketa so’rovi o’tkazish jarayonida qurilish firmalarining qurilish materiallarini qanday tartibda sotib olayotganligi va ular uchun qaday sotil olish usuli qulay ekanligi o’rganildi. So’rovnoma natijalariga ko’ra qurilish materiallari sotib olish jarayonida eng yaxshi va qulay savdo usuli sifatida elektron savdo asosida ishlab chiqaruvchi korxonalardan sotib olish belgilangan bo’lsa, undan keyin tovar xom ashyo birjasidan sotib olish usuli ko’rsatilgan. Bundan tashqari ayrim holatlarda qurilish materiallari bozoridan ham sotib olish nisbatan yaxshi ekanligi tahlil qilingan. Qurilish materiallarini sotib olish jarayonida dillerlar xizmatidan foydalanish va vositachi korxonalardan olish usullari eng kam ko’rsatkichga ega bo’lgan. Demak viloyatda qurilish materiallari bozorini yanada rivojlantirishda elektron savdoni yanada kengaytirish va viloyatda faoliyat olib borayotgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyatini online savdo bilan bog’lash zarurligi aniqlangan.
Qurilish materiallari sadvo platformasi elektron axborotlar to’plash, tahlil qilish va foydalanish, yetkazib berish tizimi hamda ishlab chiqarish korxonalarining manzillarini kiritish asosida takomillashtirish bo’yicha taklif amalga oshirilishi natijasida 2023 yilning 5 oyi davomida Namangan viloyatidagi «Quruvchi» XK da mahsulotlar sotuv hajmi 30 foizga oshdi va mijozlar soni 15 foizga ko’paydi, «Aktash global trade» XK da qurilish materiallari sotib olish harajatlari 35 foizga kamaydi va korxonada qurilish ishlari tannarxi pasayishiga imkoniyat yaratilgan.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə