G. Q. Abdurahmanova



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə4/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

Tadqiqotning maqsadi qurilish materiallari bozorini marketing konsepsiyalari asosida rivojlantirish bo’yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari quyidagilardan iborat:
Qurilish materiallari bozori mohiyati va uning xususiyatlarini tadqiq qilish;
Qurilish materiallari B2B bozori xususiyatlarini tahlil qilish;
O’zbekiston qurilish materiallari bozorini Yeroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlariga integratsiyalashish yo’nalishlarini tahlil qilish;
Qurilish materiallarini bozorida taklif va uni shakllanishi marketing tadqiqotlari tahlil qilish;
Qurilish materiallarini sifatini va raqobatbardoshligini baholash;
Qurilish materiallari bozorida marketing tadqiqotlari samaradorligini baholash;
Qurilish materiallari bozorida raqamli marketingdan foydalanishning elektron platformalar samaradorligini oshirish;
Namangan qurilish materallari sanoatini «klaster» strategiyasi asosida rivojlantirish
Qurilish materiallari bozorini prognozlash modelini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ob’yekti sifatida Namangan viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va qurilish ishlarini amalga oshiruvchi hamda savdo korxonalari faoliyati tanlangan.
Ilmiy izlanish jarayonida statistik tahlil, kabinet va dala tadqiqot usullari, ekonometrik modellar, mantiqiy tahlil, ekspert baholash boshqa usullardan foydalanildi.
Hurmatli ilmiy seminar a’zolari, sizning e’tiboringizga dissertant tomonidan olingan asosiy ilmiy yangilik va natijalarni havola etamiz!
Birinchi ilmiy yangilik - B2B bozorining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, qurilish materiallarining xaridini amalga oshirishda mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati, tovarlar reglamenti bo’yicha belgilangan standartlarga javob berishi, xom-ashyolar maxsus test loboratoriyalardan o’tkazilganligi kabi xususiyatlari asosida takomillashtirilgan;
Tadqiqot ishida bozorlarni mahsulot turiga ko’ra turlarga ajratilgan va eng yiriklaridan biri bu qurilish materiallari bozori ekanligi asoslangan. Qurilish materiallari bozorining o’ziga xos xususiyatlarini belgilovchi quyidagi holatlar aniqlangan:
ma’lum turdagi va sifatdagi nisbatan bir xil tovarlar;
tovarning uzoq muddat xizmat qilishi;
tovar sifatiga va sertifikatlashtirishga qo’yiladigan o’ziga xos talablar;
bozor subyektlarining nisbatan kichik soni (iste’mol bozoriga nisbatan);
yuqori transport xarajatlari;
maxsus infratuzilma - sotuvchilar, tartibga soluvchilar va nazorat qiluvchi organlar.
Qurilish materiallari bozorida talab va taklifga ta’riflar keltirilgan. Qurilish materiallari bozoridagi taklif - bu hududiy qurilish materiallari sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan qurilish materiallari va chetdan olib kelingan qurilish materiallarining ma’lum vaqt davomida muomalada bo’lgan umumiy hajmidir. Qurilish materiallari bozoridagi talab esa bu qurilish tashkilotlari va boshqa iste’molchilarning ham hududiy, ham mamlakatning boshqa subyektlaridan qurilish materiallariga bo’lgan umumiy ehtiyojning mablag’ bilan ta’minlangan qismidir.
«B2B bozori» deganda, tovarlar va xizmatlarni sotuvchi va iste’molchining yuzma-yuz uchrashuvi natijasida, ulgurji oldi-sotdi jarayonini tashkil etishni tushuniladi. «B2B Marketing» esa anashu bozorni tashkil etishning ilmiy-uslubiy asosini tashkil etadi. «B2B Marketing» - mahsulotni taqdim etish va bozor subyektlari o’rtasida foyda olish uchun bozor tadqiqotlari o’tkazish, marketing strategiyasini ishlab chiqish, ma’lumotlarni tahlil qilishni o’z ichiga olgan harakatlar va jarayonlar majmui hisoblanadi.
Qurilish materiallari B2B bozorida xaridlarni amalga oshirishda quyidagi xususiyatlar muhim hisobladi:

  • mahsulotning yuqori sifatliligi;

  • yaroqlilik muddati;

  • tovarlar reglamenti bo’yicha belgilangan standartlarga javob berishi;

  • xom-ashyolar maxsus test(loboratoriyalardan o’tkazilganligi);

  • qurilish materiallarining ta’minot zaxirasi mavjudligi;

  • transport xarajatlari.

B2B marketingning qurilish materiallari bozoridagi quyidagi xususiyatlari tahlil etilgan: B2B bozoridagi marketing muhitining o’ziga xosligi, B2B tovarlar hususiyatlari, B2B bozorida sotish jarayonining murakkabligi, B2B bozorida tovrlar va xizmatlarga bo’lgan talabning yuqoriligi, bozor subyektlari o’rtasida o’zaro hamkorlikni qadr-qimmatni yuqoriligi.
B2B bozorining o’ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda qurilish materiallarining xaridini amalga oshirishda mahsulotlarning sifati, yaroqlilik muddati, tovarlar reglamenti bo’yicha belgilangan standartlarga javob berishi, xom-ashyolar maxsus test labaratoriyalardan o’tkazilganligi kabi xususiyatlari asosida takomillashtirilgan uslubiy yondashuvdan magistrlar va tadbirkorlar uchun «B2B marketing» fani bo’yicha yangi o’quv qo’llanma tayyorlandi va o’quv jarayoniga joriy etildi (O’zbekiston Respublkasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug’iga asosan «B2B Makreting» nomli o’quv qo’llanma nashr etildi. Natijada mazkur sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, magistratura talabalarining qurilish materiallari B2B bozori xususiyatlari bo’yicha yanada kengroq nazariy –uslubiy bilim va ko’nikmalar xosil qilish imkoniyati yaratildi.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə