G. Q. Abdurahmanova



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə10/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

2-savolga javob. Qurilish materiallari bozoriga ta’sir ko’rsatuvchi omillarga aholi soni, uning daromadlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, qurilish materiallari chakana savdo aylanmasi va qurilish ishlari hajmi. Tadqiqot ishida qurilish materiallari bozoriga ta’sir etuvchi omillarning 2016-2021 yil ko’rsatkichlari asosida 2026 yilgacha bo’lgan prognoz ko’rsatkichlari ishlab chiqildi.
Rais: Marhamat, savol berish navbati i.f.d., prof. T.A.Akramov.
i.f.d., prof. T.A.Akramov.
1-savol. Tadqiqot ishida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan qurilish materiallari eksport va import ko’rsatkichlari tahlil etilganmi?
2-savol. O’zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bozorlariga integratsiyalashuv bo’yicha qanday takliflar bergansiz?
3-savol. Tadqiqot ishi amalga oshirish jarayonida marketingning qanday tadqiqot usullaridan foydalandingiz?
Z.V.Usubjonov. Savolingiz uchun katta rahmat ustoz!
Z.V.Usubjonov.
1-savolga javob. Tadqiqoq ishida 2017-2022 yillarda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bilan qurilish materiallari eksport va import ko’rsatkichlari tahlil etilgan.Qurilish materiallari importi tarkibida sement, shpatlovka, travertin, plastmassadan tayorlangan qurilish materiallari, eksport tarkibida esa granit, bazalt, lak-bo’yoq mahsulotlari, olovga chidamli keramika materiallari ulushi yuqoriligi aniqlangan.
2-savolga javob. Tadqiqot ishida O’zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga integratsiyalashuvi bo’yicha quyidagi takliflar berilgan:
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari bilan innovatsion qurilish materiallari ishlab chiqarish bo’yicha o’zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, amaliy tajriba almashish va ilg’or texnologiyalarning o’zaro transferini amalga oshirish;
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarining qurilish materiallari importi tarkibini tahlil qilish va mamlakatimizda qurilish materiallari ishlab chiqarishda mavjud standartlarni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi talablariga moslashtirish;
Ishlab chiqarishda yangi texnika-texnologiyalarni joriy etish va zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni takomillashtirish.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə