G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I


Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining ahamiyati



Yüklə 9,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/201
tarix04.06.2022
ölçüsü9,92 Mb.
#88843
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
3.Adabiyot Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining ahamiyati
Inson sog'ligini m uhofaza qilish va m ehnat qobiliyatini k o 'ta rish
haqida g 'am xo'rlik qilish m uhim davlat vazifalaridan biri hisoblanadi. 
Bu vazifalarni hal etishda, jum ladan kasalliklarning oldini olish, sog'lom
turm ush tarzini ta rg 'ib qilishda tibbiyot xodim lari bilan bir q a to rd a
pedagoglar ham k atta kuch bo'lib xizmat qiladilar.
Z am onaviy bilim berish uchun avvalo m u rabbiy o 'sib , rivojlanib 
k elayotgan avlodning turli d av rlard agi o 'zg arish larin i, tashqi m uhit 
sharoitining bola organizm iga t a ’sirining gigiyenik aham iyatini bilib 
olgandagina o'quv-tarbiya jarayonini to 'g 'ri tashkil eta oladi.
Avlodni jism onan sog'lom , aqliy va ruhiy jihatdan tetik, qaddi-qom ati 
kelishgan qilib tarbiyalash uchun har qanday o 'qitish shaklidagi bilim 
m uassasalari tarbiyachi va o'qituvchilari yosh fiziologiyasi va gigiyena 
fani asoslari haqidagi bilimga ega bo'lishlari kerak.
O'qituvchi bolalar va o'sm irlarning anatomik-fiziologik xususiyatlarini 
o'rg an ar ekan, ayrim tizim va organlarning (suyak-muskul, nafas olish, 
qon aylanishi, nerv sistemasi, sezgi organlari, oshqozon-ichak trakti, ichki 
sekretsiya bezlari, ayiruv organlari) tuzilishi, xususiyatlari ham da ularning 
faoliyatlari va gigiyenasi bilan tanishadi. Ayniqsa, uyqu va aqliy m ehnatni 
m aqsadga muvofiq ravishda tashkil qilish, o 'quv yuklam alarini bolaning 
yoshiga mos ravishda belgilash uchun nerv sistemasining o'ziga xos yosh
7
www.ziyouz.com kutubxonasi


xususiyatlarini bilish ju d a muhim dir. O 'sib, rivojlanib kelayotgan bolalar 
va o'sm irlar anatom iyasi va fiziologiyasini bilmay turib, bolalar shaxsiy 
gigiyenasi, m aktabdan tashqari ishlar gigiyenasi va o'quv tarbiyaviy ishlar 
gigiyenasi m asalalarini yechib bo'lm aydi.
O rg a n iz m d ag i h a r b ir tiz im n in g fizio lo g iy a va gigiy enasi a n iq
tadbirlarni boshqarishni, masalan: suyak-muskul sistemasining gigiyenasi
- harak at tartibini, p artad a to 'g 'ri o'tirish, ishlash jarayonida gavdani 
t o 'g 'r i tutish, yozayotganda q o 'l barm oqlarini ishlatilishini m e’yorga 
solish va hokazolarini talab etadi. Bu chora-tadbirlarni yo'lga qo'yish, 
ularga rioya qilish, o'sib rivojlanib kelayotgan bolalarning salomatligini 
m ustahkam lashga, uni m uhofaza qilishga va turli kasalliklarning oldini 
olishga im kon beradi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani talabalarga, b o 'lajak m uallim larga 
riv o jla n a y o tg a n o rg an iz m o rg a n va tiz im la rin in g o 'z ig a xos yosh 
xususiyatlari, uning tash qi m u hit bilan o 'z a ro bog'liqlig i, b o lala rd a
uchraydigan turli kasalliklar va ularning oldini olish yo'llarini o'rgatishda, 
bilimga ega qilishda k atta aham iyatga ega.
Yosh fiziologiyasi va gigiyenaning asosiy m aqsadi - yosh avlodning 
zuvalasi pishiq bo'lib, jism oniy va m a ’naviy jih atd an uyg'un rivojlanishini 
t a ’m inlashdan iborat.

Yüklə 9,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə