1 ma‘ruza mavzu: Kirish. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining predmeti va vazifalari. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari



Yüklə 203,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix04.06.2022
ölçüsü203,21 Kb.
#88842
  1   2
1 - MA‘RUZA Kirish. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining predmeti va vazifalari..pdfsox



1 ~ 
1 - MA‘RUZA 
 
Mavzu:
 Kirish. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fanining predmeti va 
vazifalari. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari. 
 
 
R е j a : 
1.
Yosh fiziologiyasi fanining predmeti. 
2.
Maktab gigiyenasi fanining predmeti va ahamiyati. 
3.
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va qisqacha tarixi. 
4.
2000 yil - sog’lom avlod yili. 
5.
«Sog’lom avlod uchun» dasturi. 
Tayanch tutunchalar: 
Fiziologiya, gigiyena, pedagog, sog’lom avlod. 
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fani talabalarga, bo’lajak muallimlarga rivojlanayotgan organizmning 
o’sish va rivojlanishi, bolalarning yosh xususiyatlari, unnng tashqi muhit bilan o’zaro bog’liqligi, bolalarda 
uchraydigan turli kasalliklar va ularni oldini olish yo’llarimi o’rgatishda, bilimga ega qilishda katta 
ahamiyatga ega. 
Fiziologiya biologiyaning bir tarmog’i bo’lib, organlar, organlar sistemasini va organizm 
funktsiyalarini hamda hayot jarayonlarini o’rganadi. 
Yosh fiziologiyasi fani tibbiyot fanlari bo’lmish odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanining bir 
tarmog’i bo’lib, yosh organizmning katta odam organizmidan tubdan farq qilishini ko’rsatadi. Demak, bola 
organizmi faqat katta odamning qolipi emas, balki hajmi, fiziologik xususiyatlari va tashqi muhitga 
moslanishi bilan farq qiladi. 
Yosh fiziologiyasi fani turli yoshdagi bolalar va o’smirlarning organizmlarida kechadigan o’sish va 
rivojlanish jarayonlarini, organlari, tuqimalari va tizimlarini o’ziga xos yosh xususiyatlarini o’rganadi. 
Yosh fiziologiyasi o’rganadigan asosiy ob‘ekt bolalardir. 
Gigiena odamni urab turgan tashqi muxitni sog’lomlashtirish yo’llarini o’rganadi. Gigiena fani 
maktab gigienasi, komunal gigiena, ovqatlanish gigienasi, mehnat gigienasi va gigienaga oid boshqa fanlarni 
o’z ichiga oladi. Maktab gigienasi bolalar va o’smirlar organizmi bilan tashqi muxit o’rtasidagi 
qonuniyatlarni o’rganadi, ularni to’g’rn o’sib rivojlanishlari uchun zarur gigiena asoslarini ishlab chiqadi. 
Maktab gngienaenning asosiy maqsadi bola aqliy mehnat qobiliyatining funktsional imkoniyatlari ortib 
borishi, turli sharoitga moslashishi, charchash va o’ta charchash, asab va boshqa turli kasalliklarni oldini 
olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, bolalar muassasalarining sanitariya-gigiena 
holatini yaxshilash, ta‘lnm-tarbiya jarayonining gigiyenik asoslari, maktablarnn tugri qurish va 
obodanlashtirish va shunga o’xshash boshqa masalalar bilan shug’ullanadi. Sanitariya odam salomatligini 
taminlaydigan gigiena talablarini hayotga tatbiq etadi. Sanitariya so’zi gigiyenik ma‘lumotlarni amaliyotga 
tatbiq qilish ma‘nosini bildiradi. Gigiena fanida tibbiy eksperiment usuli asosiy usul bo’lib, u 
organizmga tashqi muhitning har tomonlama ta‘sirini o’rganadi. Tabiiy gigiyenik eksperiment usulnda bola 
uchun tabiiy yashash sharoitida (dars soatlari, jismoniy mashqlar va boshqalar) organizm bilan tashqi muhit 
o’rtasidagi o’zaro borliqlik, tabiiy omillarning bola organizmga ta‘sirini kuzatib, shu yoshdagi bolalarga 
uning anatomo-fiziologik imkoniyatlariga qarab tegishli normalar belgilanadi. 
Yosh fiziologiyasi va gigienasi bir qancha fanlar: tibbiyot, pedagogika psixologiya fanlari bilan 
chambarchas bog’langandir. Yosh fiziologiyasi bularning ilmiy-nazariy asosi hisoblanadi. 
Tibbiyotning talaygina soxalari-pediatriya, bolalar xirurgiyasi, bolalar va o’smirlar gigienasi - yosh 
fiziologiyasi ma‘lumotlaridan juda keng miqyosda foydalanadi. Shular asosida o’z fan sohalarini rivojlantirib 
boradi. Yosh fiziologiyasi na gigienasi pedagogika va uning barcha sohalari uchun ilmiy-tabiiy asosdir. Yosh 
psixologiyasi ham yosh fiziologiyasi ma‘lumotlariga tayanadi. Pedagoglar ta‘lim-tarbiya ishlarini yosh 
fiziologiyasi va gigienasi ma‘lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega. Pedagog 
bilib olishi shart bo’lgan birinchi narsa, bu bola tanasining tuzilishi va hayoti, bola tanasining anatomiyasi va 
fiziologiyasi va uning rivojlanishidir. Busiz yaxshi pedagog bo’lish, bolani to’g’ri tarbiyalash mumkin emas. 
Bolaning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini, uni nimalarga qodir ekanligini bilmasdan turib, yoshga aloqador 
xususiyatlarini nazar-e‘tiborga olmasdan turib ta‘lim-tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish mumkin emas. 
Bolalarni to’g’ri o’stirib tarbiyalash mamlakatni yuksaltirish va taraqqiy ettirish garovidir. 
O’zbekistonda yosh fiziologiyasi va gigiepasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi. 
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanini o’rganar ekanmiz, bu fanning umuman tibbiyot fanining 
rivojiga ulkan hissa qo’shgan vatandoshlarimizni eslashimiz lozim. 
X asrning ikkinchi yarmida Abu Bakr ibp Axavay Buxoriyning «Xidoyat» (tibbiyotni 
o’rganuvchilarga qo’llanma) kitobida odam va bolada uchraydigan ko’pgina kasalliklar va ularni davolashda 


2 ~ 
qo’llaniladigan dorilar haqida ma‘lumotlar berilgan. Usha davrlarda Abu Mansur Buxoriyning «Oddiy 
dorilar haqida katta to’plam», Abu Saxl Masix Jurjoniyning yuz bobli «Al-kimyo» kitobida tibbiyotni 
o’rganishda darslik sifatida keng qo’llanilgan. 
Entsiklopedist olim Abu Rayxon Beruniy ham tibbiyot faniga katta hissa qo’shgan. Uning «Saydana» 
kitobida o’simlik va hayvon mahsulotlaridan hamda mineral moddalardan tayyorlanadigan mingdan ortiq 
dorilar hakida ma‘lumot berilgan. 
Jahon ilmiy tafakkuri rivojiga katta hissa qo’shgan buyuk alloma Abu Ali ibn Sino juda katta ilmiy 
meros qoldirgan. U o’zidan oldin o’tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o’rganish bilan birga
qadimgi yunon tibbiy-ilmiy va falsafiy merosini, xususan, Aristotel, Evklit, Ptolomey, Galen, Gippokrat, 
Pifagor kabilarning asarlarini qunt bilan o’rgandi. Ibn Sinoning «Kitob al-qonun fittibb» (Tib qonunlari) 
kitobi beshta katta kitobdan iborat bo’lib, 1956, va 1962 yillarda rus va o’zbek tillarida to’liq nashr 
etilgan. Bu kitoblarda odam anatomiyami, fiziologiyasi va gigienasi kabi tibbiyotning nazariy fanlariga 
hamda ichki kasalliklar, jarroxlik, dorishunoslik, yuqumli kasalliklarga taaluqli bilimlar bayon etilgan. Bu 
kitob 600 yil davomida butun jahondagi shifokorlar uchun asosiy qo’llanma bo’lib keldi, undagi ko’pgina 
ma‘lumotlar hoeir ham o’z ahamiyatini saqlab kelmokda. U 36 marta qayta nashr etilgan. Ibn Sino turli 
yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi va tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta ekanini o’qtirib, 
suvni qaynatib yoki filtrlab iste‘mol qilishni tavsiya etgan. U tashqi muhitdagi turli tabiiy narsalar havo, suv 
orqali kasallik tarqatuvchi kuzga ko’rinmaydigan «mayda hayvonlar» ya‘ni mikroblar haqida L.Pasterdan 
800 yil ilgari o’z fikrini bildirgan. U kasalliklarni oldini olishda tashqi muhitni muxofaza qilish, shaxsiy va 
ijtimoiy gigiena qoidalariga amal qilish zarurligi haqidagi fikrlarni bundan 1000 yil ilgari aytgan edi. 
XII asrda yashab ijod qilgan Ismoil Jurjoniy, Najibuddin Samarqandiy, XVI asrda yashagan Sulton 
Ali Tabib Xorosoniy tibbiyot fanini rivojiga katta hissalarini qo’shganlar. 
Hozirgi davrda ham tibbiyot sohasida ko’pgina taniqli olimlar yetishib chiqdi. Jumladan, akademik 
L.Yu.Yunusov fiziologiya fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan. 
Ayniqsa, akademik A.Yu.Yunusovning yosh fiziologiyasini o’rganish sohasnda olib borgan ilmiy 
tekshirish ishlari, alohida o’rin tutadi. Yosh fiziologiyasi masalalari Toshkent tibbiyot institutida, Nizomiy 
nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida va Pedagogika ilmiy tekshirish institutida ishlab 
chiqilmoqda. Professor D.D.Sharipova, E.S.Maxmudov, Z.T.Tursunov, R.D.Axmedov, V.D.Xodjimatov va 
M.G.Xodjimatov va M.G.Mirzakarimova va ularning shogirdlari yosh fiziologiyasi fanini rivojlantirishda 
o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. 
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng o’zining asosiy masalalaridan biri deb sog’lom avlodni 
tarbiyalashni belgilab oldi. 2000 yilgi sog’lom avlod yili deb elon qilinishi mamlakatimizda olib 
borilayotgan oliyjanob, savobli ishlarning davomi deb hisoblanadi. Mustakil O’zbekiston oldida turgan 
asosiy masalalardan biri bu talim tarbiya tizimidan tubdan o’zgartirib, uni hozirgi zamon talabi darajasiga 
ko’tarishdir. Mamlakatimizning birinchi ordeni «sog’lom avlod uchun» ordeni bo’lib, u 4 mart 1999 yilda 
qabul qilingan. 29 aprel 1993 yilda «
Sog’lom avlod uchun
» jamg’armasi tuzildi. 3 dekabr 1993 yilda Vazirlar 
Mahkamasining 589 qarori bilan usib kelayotgan avlodni sog’lomlashtirish chora tadbirlari haqidagi 
kompleks dastur qabul qilindi. Bu dasturning asosiy yunalishlari quyidagilardan iborat: 
1. har bir xalq talimi xodimi tibbiy va gigiyenik bilimlarga ega bo’lishi. 
2. har bir xalq maorifi xodimi talim-tarbiyaning gigiyenik normalarini bilishlari. 
3. sog’lom turmush tarzini shakllantirish. 
4. yosh avlodga gigiyenik tarbiya berish. 
5. «Sog’lom avlod uchun» dasturini keng targ’ib qilish. 

Yüklə 203,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə