G. A. Dushanova, N. A. Yunusova, S. A. Xalilova genetikadan masalalar yechish usullari



Yüklə 226,67 Kb.
səhifə4/25
tarix30.05.2023
ölçüsü226,67 Kb.
#114442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Genetikadan masalalar yechish usullari samarqand-fayllar.org

GENETIK SIMVOLLAR
Genetik analiz o’tkazish belgilarning nasldan-naslga o’tishini o’rganish uchun har xil jinsdagi ikkita organizmni chatishtirish kerak. Genetikada chatishtirish belgisi X bilan ifodalanadi. Chatishtirish sxemasin i yozishda birinchi o’ringa ona, ikkinchi o’ringa ota organizm yoziladi. Urg’ochi jins ♀ (Zuhro ko’zgusi), erkak jins ♂ (Marsning naza va qalqoni) belgisi bilan ifodalanadi. Chatishtirish uchun ota-ona organizmlar R (lotincha parentis – ota-ona so’zining bosh harfi) bilan ifodalanadi.
Irsiyatni har xil bo’lgan ikkmtv organizmni chatishtirib olingan organizm duragay deyiladi. Duragay bo’g’inlar F (lotincha filialis-bolalar so’zining bosh harfi) bilan ifodalanadi. F charfining tagiga yoziladigan son duragayning yoshini, nechanchi bo’g’in ekanligini ko’rsatadi.
Ba’zi belgilar bilan bir-biridan farq qiladigan, lekin bir turga kiradigan ikkita organizmni chatishtirish, ular xil tur va avlodlarni chatishtirish tur iur ichida duragaylash deyiladi. Bundan tashqari, uzoq duragaylar ham bo’ladi, ular har xil tur va avlodlarni chatishtirishdan kelib chiqadi, javdarni bug’doy bilan chatishtirish, tog’ qo’chqorini (arxarni) xonaki qo’y bilan duragaylashdan olingan avlodlar uzoq duragaylarga misol bo’ladi.
Chatishtirish uchun olingan organizmlar bir, ikki juft va ko’p belgilar bilan bir-biridan keskin farq qilishi mumkin. Shunga ko’ra, duragaylar monogibrid, digibrid va poligibrid deb ataladi.
MONODURAGAY CHATISHTIRISH
Bir juft belgisi bilan keskin (alternativ) farq qilgan ikkita organizmni chatishtirish monoduragay chatishtirish deb ataladi. Masalan, qizil gulli no’xatni oq gulli no’xat bilan chatishtirish, doni sariq no’xatni doni yashil no’xat bilan chatishtirish monogibrid chatishtirishga misol bo’ladi.
Agar ona o’simlik gulining guli qizil, ota o’simlikniki oq bo’lsa birinchi bo’g’in (F1) duragayning guli qizil bo’ladi. Birorta ham oq gulli no’xat o’simligi bo’lmaydi. Doni sariq va yashil no’xat o’simliklari chatishtirilsa, F1 o’simliklarning dona sariq bo’ladi.
Birinchi bo’g’in (F1) duragaylarda hosil bo’lgan belgilar (gulining qizil va donning sariq bo’lishi) dominant (ustun), rivojlanmagan belgilar resessiv deb ataldi.
Silliq va burishgan donli no’xat o’simliklari chatishtirilganda F1 da o’simliklar faqat silliq donli, F2 da silliq donninn burishgan donga nisbatan 3:1 bo’ladi.
Mendel 253 ta birinchi bo’g’in duragay o’simliklarini o’zaro chatishtirib, ikkinchi bo’g’inda 7324 ta don oladi, shulardan 5474 tasi silliq, 1850 tasi burishgan bo’ladi. Bu sonlar nazariy jihatdan qaraganda 3:1 nisbatga juda yaqin bo’lgan.
Birinchi nisbat fenotip, ya’ni tashqi ko’rinish bo’yicha, ikkinchi nisbat genotip, ya’ni irsiy xususiyat bo’yicha ajralish deb ataladi. Fanga “fenotip” va “Genotip” terminlari 1903 yilda V.Iogannsen tomonidan kiritiladi. Organizmdagi ajdodlardan o’tib kelayotgan barcha irsiy belgilar (genlar) yig’indisi deyiladi. Gepotipning tashqi sharoit bilan o’zaro ta’sirlanishi natijasida organizmdla bor individual rivojlanish davrida ruyobga chiqqan belgilar yig’indisi fenotip deyiladi.
Mendel duragay bo’g’inlarda belgilarning qonuni ravishda ajralish sabablarini tushuntirib berdi. Har bir belgininsh rivojlanishi irsiy nishonlarga, ya’ni genlarga bog’liq avlod bitta genni ota, ikkinchi genni ona organizmdan oladi.
Mendel genlarni harflar bilan ifodalashni fanga kiritdi. Domonant genlarni katta (A, B, C, D), resessiv genlarni kichik (a, b, c, d va hakozo) harflar bilan ifodalaydi. Keyin aniqlanishicha, genlar xromsomalarda bo’lar ekan.
Qizil gulli no’xatning ma’lum bir juft xromosomasida ikkita gen – AA bo’ladi. Oq gulli no’xatning xuddi shundan bir juft xromosomasida ham gulga oq rang beruvchi ikkita gen – aa bo’ladi. Ota – ona organizmlarida meyoz bo’linish yo’li bilan gametalar hosil bo’lishida har bir jinsiy hujayraga har bir juft xromosomaning faqat bittasi kiradi. Buning natijasida qizil gulli no’xatning barcha gametalari qizil rang beruvchi A genli xromosomaga, oq gulli no’xatning barcha gametalari esa oq rang beruvchi a genli xromosomaga ega bo’ladi. Chatishtirishda erkak va urg’och gametalari qo’shilganda birinchi bo’g’in duragaylardagi xromosomalarning biri A, ikkinchisi a genli bo’ladi. Shunday qilib, qizil rang beruvchi dominant gen – A, oq rang beruvchi resessiv gen – a dan butunlay ustun chiqadi va no’xatning birinchi bo’g’in (Aa) o’simliklari qizil gulli bo’ladi. Biroq gulga oq rang beruvchi resessiv gen – a duragaylarida butunlay yo’qolib ketmadi, balki o’z xususiyatlarini saqlaydi va faqat keyingi bo’g’inlarda ta’siri namoyon bo’ladi.
Birinchi bo’g’in duragaylarida A va a gendan iborat xromosomali ikki xil gameta hosil bo’ladi. Birinchi bo’g’in duragaylar (Aa) o’zaro changlatish o’li bilan ko’paytirilganda A genli gameta A yoki a genli gameta bilan bir xil urug’lanishi mumkin. Shuningdek, a genli urg’ochi gameta bir xil sharoitda A yoki a genli gametalar bilan urug’lanishi mumkin.
Chatishtirishda gametalarning qo’shilish sharoitini aniqlash uchun sxemadan foydalaniladi. Bu sxemani angilyalik genetik olim R. Pennet tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, uning nomi bilan Pennet katagi (Reshetkasi) deb ataladi.
Katakchalarning yuqori gorizontal qismiga urg’ochi jinsning, chap yonboshidagi vertikal qismiga erkak jinsning gametalari, katakchalar ichiga esa gametalarning qo’shilish imkoniyatlari yoziladi.

NAMUNA.
No’xatda qizil gulli dominant (A), oq gulli resessiv (a). Tajribada qizil gulli no’xatlar bilan oq gulli no’xatlar bilan chatishtirildi. F1 duragaylarning fenotipi va genotipi qanday bo’ladi?

  1. Agar F1 o’zaro chatishtirilsa, F2 da qanday natija kutish mumkm?


  2. F1 oq gulli no’xat bilan qayta chatishtirilsachi?





Yüklə 226,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə