Mavzu: evolyutsiyaning genetik asoslari. Xardi-vaynberg qoidalari, genlar dreyfi va chatishtirish sistemasi



Yüklə 8,41 Kb.
səhifə1/2
tarix23.12.2023
ölçüsü8,41 Kb.
#156320
  1   2
Evolutsiyaning genetik asoslari


MAVZU: EVOLYUTSIYANING GENETIK ASOSLARI. XARDI-VAYNBERG QOIDALARI, GENLAR DREYFI VA CHATISHTIRISH SISTEMASI.
Reja:

Evolutsiya, biologiyada tirik organizmlarning tarixiy oʻzgarishi. Evolutsiyada tabiiy tanlanish taʼsirida mutatsiyalardan organizmlarning tashqi muhit sharoitiga moslanishiga olib keladigan belgilar va xususiyatlar kombinatsiyasi shakllanadi. Evolutsion oʻzgarishlar dastlab yoʻnaltirilgan oʻzgarishlar tarzida populyatsiyalarda namoyon boʻladi. Evolutsiyaning elementar omillari qatoriga mutatsiya va tabiiy tanlanish bilan birga populyatsiyalardagi individlar sonining oʻzgarib turishi va populyatsiyalarning alohidalanishi (qarang Genlar dreyfi), shuningdek, meyotik drayv (geterozigotalarning ajralishida genlar chastotasiga nisbatan tasodifan taqsimlanishning buzilishi) ham kiradi.
Evolutsion taʼlimot, evolutsiya nazariyasi — tirik organizmlar evolutsiyasi sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, mexanizmlari va umumiy qonuniyatlari toʻgʻrisidagi fan. Evolutsion taʼlimot biologiyaning nazariy asosi, xususiy biol. Fanlaridan olgan natijalarni umumlashtiradi. Evolutsion taʼlimot rivojlanishining mushohidaga asoslangan 1-davri qadimiy dunyo faylasuflari Geraklit, Empedokl, Demokrit, Lukretsiy va boshqalarning ishlari bilan bogʻliq. Ular birinchi boʻlib butun borliqning, jumladan, organizmlarning tarixiy oʻzgarishi toʻgʻrisida fikr bildirishgan. Bunday qarashlar 17— 19-asrlar boshlarida yashagan transformizm tarafdorlari R.Guk, E.Darvin, D.Didro, J.Byuffon, E.Joffrua SentIler, I.V.Gyote va K.F.Rulye ishlarida yanada rivojlantirildi. Transformistlar yagona sistemaga ega boʻlgan taʼlimot yarata olmagan boʻlsalarda, Evolutsion taʼlimot oʻrganadigan asosiy muammolarni koʻrsatib berishdi.
Xardi-Vaynberg qonuni – bir gen allellari boʻyicha farq qiluvchi, oʻzaro erkin chatishadigan populyatsiyalarda allellar va genotipik sinflar uchrashishi tezligining taqsimlanishini tasvirlovchi qonun . Bu qonunni 1908-yilda bir-birlaridan mustaqil holda ingliz matematigi G. Xardi va nemis vrachi V. Vaynberglar kashf etishgan. Xardi-Vaynberg qonuniga binoan, mutatsiya, tanlash bosimi, migratsiya va genlar dreyfi yuz bermaydigan hollarda allellarning oʻzaro uchrash tezligi avloddan avlodga oʻzgarishsiz oʻtadi. Modomiki, avlodda allellarning uchrash tezligi ota-onalarinikiga oʻxshash boʻlar ekan, u holda genotiplarning ham uchrash chastotalari oʻzgarishsiz qoladi . A – allelini “p”, a – allelini esa “q” harfi bilan belgilansa, u holda p+q=1 boʻlishi, bu formula yordamida populyatsiyada A va a allellarining uchrash tezligi; AA, Aa, aa genotiplarning uchrash tezligini esa formula yordamida aniqlash mumkin. Xardi-Vaynberg qonuni populyatsiyalar genetikasi uchun muhim ahamiyatga ega.
Xardi-Vaynberg qonunining qisqacha tarixi . Xardi-Vaynberg qonunining yaratilish tarixi Gregor Mendel qonunlari bilan bevosita bogʻliq.Mendel birinchi boʻlib irsiy omillarni ifodalashda harfli belgilardan foydalangan va ikkinchi avlodda ularning nisbatini A:2Aa:a tarzda belgilagan.E’tibor bering,ushbu formulada faqat geterozigotalarning toʻliq harf belgisi (Aa) keltirilgan,dominant va retsessiv genlar bitta harfli belgi bilan belgilangan.(mos ravishda A va a).Bu ikkala gomozigotaning ikki harfli belgisi keyinchalik tuzilgan populyatsiyaning genetik muvozanat qonuniga amal qiladi.Xardi-Vaynberg qonunini populyatsiyaning “genetik muvozanat qonuni “ deb atash mumkin.
Xardi-Vaynberg qonuniyatiga tegishli masalalar va ularning yechimlari.
1-masala.Kolorado qoʻngʻizlarida ustqanotning qattiq bo’lishi yumshoq boʻlishi ustidan dominantlik qiladi. Ma’lum hududda geterozigota organizmlar oʻzaro chatishdi. Buning natijasida F1 160 ta avlod dunyoga keldi. Agar genotipda A genining qaytarilish chastotasi 75 % ga teng boʻlsa, yumshoq qanotli qoʻngʻizlar sonini aniqlang
30 B) 10 C) 60 D) 25
A – qattiq ustqanot (AA, Aa)
A — yumshoq ustqanot (aa)
Xardi-Vaynberg formulalari
P + q = 1 Bu yerda: p—A , q—a genini ifodalaydi, ya’ni A + a = 1
A²+2Aa+a²=AA+2Aa+aa=1
P AA x aa
F1 Aa : 2Aa : aa Bu yerda jami 160 ta avlod olindi.
A genining qaytarilish chastotasi 75% ya’ni 0,75 ga teng
A+a=1 Demak 1-0,75=0,25 Bu a ga tegishli
Endi yumshoq ustqanotli qoʻngʻizlar genotipi aa ekanligi bizga yuqoridan ma’lum.
0,25 2 =0,0625 =6,25%
160 -100% x=10
X -6,25% Javob : B
Genlar dreyfi evolyutsiya mexanizmlaridan biri boʻlib, bunda populyatsiyadagi allel genlarning uchrash tezligi avloddan avlodga oʻtganda tasodifiy ravishda (namuna olishdagi xatolik tufayli) oʻzgaradi.
Genlar dreyfi cheksiz boʻlmagan har qanday populyatsiyada kuzatiladi, ammo uning taʼsiri kichik populyatsiyalarda kuchliroq seziladi.
Genlar dreyfi tufayli genlarning ayrim allellari butunlay yoʻqolishi (foydalilari ham) yoki ayrim allellar fiksatsiyaga, yaʼni
[100 % ] uchrash tezligiga koʻtarilishi mumkin.
Genlar dreyfining taʼsiri populyatsiya hajmi tabiiy ofatlar natijasida keskin kamayganda (shisha boʻgʻzi effekti) yoki asosiy populyatsiyaning bir qismi koloniya hosil qilish uchun ajralib chiqqanda (asoschi effekti) ayniqsa kuchli bilinadi.

Yüklə 8,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə