Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi


Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni



Yüklə 2,88 Mb.
səhifə3/147
tarix29.05.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#113881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI

Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni

Fan masalalarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” va “Davlat ta'lim standartlari”da nazarda tutilgan, yoshlarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liqligi orqali belgilanadi. Bu mumtoz madaniyatimiz va qadriyatlarimizni anglash, o‘zlashtirish, ajdodolarimiz targ‘ib etgan, ma'naviy-axloqiy mezonlarni talabalar ruhiyatida ulg‘aytirish asosida amalga oshiriladi.


“Tarixsiz kelajak yo‘q” shiori Milliy mafkuraning asosini tashkil etadi. Adabiyot tarixi – xalq tarixi. Shunday ekan, O‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganish yurt va millat kelajagini shakllantirishga xizmat qiladi. Ushbu fan talabalarni inson ma'naviyatining umumbashariy muammolari bilan tanishtiradi. Ularda adabiyot, san'at namunalarini chuqur tushunish, tahlil va tadqiq etish, baholash va tushuntira olish, hayotga tatbiq qilish malakasini hosil etishga ko‘maklashadi.


Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot
va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning O‘zbek mumtoz adabiyoti fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Mavzularni o‘tishda yangi pedagogik texnologiya usullaridan, turli zamonaviy ta'lim metodlaridan unumli foydalanish fanni o‘zlashtirish samaradorligini oshiradi. Bu borada dars jarayonida “Zakovat” o‘yinlaridan, “Munozarali dars”lardan keng foydalanish yaxshi natija beradi. Internetdagi ziyonet va www.literature.uz saytlaridan foydalanish ham nazarda tutiladi.


Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, jumladan, audiovizual vositalardan, hujjatli va badiiy filmlar, multimediya materiallarilardan, Adabiyot muzeyidagi ekspozitsiyalar va Qo‘lyozmalar fondlaridagi matn va manbalardan foydalaniladi.
Asosiy qism



Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə