Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi



Yüklə 2,88 Mb.
səhifə5/147
tarix29.05.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#113881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI

Yozma yodgorliklar
Qadimgi yodgorliklarning yozuv xususiyatlari. Ieroglifik va piktografik yozuvlar. Mixxatlar va runiy yozuvdagi ilk manbalar.
«Avesto» yodgorligi (er.av.VII asr) zardushtiylikning muqaddas kitobi ekanligi. «Avesto» qadimgi mif va afsonalar majmui sifatida. Zardusht shaxsi haqidagi ma'lumotlar. Uning tarkibiy tuzilishi. Asosiy qism va Zandlar. «Avesto»ning ilmiy-tarixiy qimmati. «Avesto»ning o‘rganilishi tarixidan. «Avesto» adabiy manba sifatida. Asardagi yetakchi qahramonlar va timsollar. “Avesto”ning badiiy xususiyatlariga doir.
O‘rxun-Enasoy obidalari (VI-VIII asrlar) adabiy manba sifatida. Yodgorliklarning yaratilish tarixi va tarqalish o‘rni. Ularning kashf etilishiga oid ma'lumotlar. Bilka Qoon yodgorligida Vatan dahlsizligi uchun kurashning aks etganligi. Kul Tegin yodgorligi. O‘rxun-Enasoy toshbitiklari adabiy manba sifatida. Toshbitiklarning til xususiyatlari, adabiy qimmati. O‘rxun-Enasoy yodgorliklarining janr xususiyatlari: tarixiy-qahramonlik dostonlari, qo‘shiq va yig‘i janrlari. Toshbitiklar va turkiy xalqlar xalq og‘zaki ijodi o‘rtasidagi munosabat. O‘rxun-Enasoy yodgorliklarida mifologik tasavvurlar. To‘nyuquq bitigi. Unda shaxs va millat erki, Irq bitig (Ta'birnoma) adabiy manba sifatida.


Islomiy ruhdagi adabiyot
( IX-XIV asrning I yarmi)
IX-X asrlarda Markaziy Osiyoda madaniy hayot. Islom dinining kirib kelishi. Islomiy adabiyot va uning umumturk adabiyotiga ta'siri. Qur'oni karimning nozil bo‘lishi va tavhid e'tiqodi. Payg‘ambarlik tarixi va Muhammad Payg‘ambar hayoti. Ibn Qutayba harakati va Markaziy Osiyoda turk-islom davlatlarining vujudga kelishi.
Hadis to‘plash an'anasi va turkistonlik buyuk muhaddislarning roli. Imom Buxoriy va at-Termiziy. «Al-jome'u-s-sahih» va «Shamoyili Muhammadiyya» asarlari. IX-X asrlarda arab tilining madaniy hayotga faol aralashuvi.
Islom madaniyatining shakllanishi va musulmon intibohi (renesansi). Somoniylar, saljuqlilar, g‘aznaviylar va qoraxonlilar davrida islomiy madaniyat. Arab tilidagi adabiyot. Markaziy Osiyo buyuk islom allomalari vatani: Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino asarlarida adabiyot masalalari. Badiiy asarlar va tazkirachilik. Abu Mansur as-Solibiy va uning «Yatimatu-t-dahr» asari. Chag‘oniyon adabiy muhiti.

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə