Sizga tavsiya etilayotgan «Mikrobiologiya» fani bo‘yicha ma’ruza
matnlari tezislari tasdiqlangan namunaviy dastur asosida yozilgan bo‘lib,
ushbu fanga doir asosiy tushunchalar va ma’lumotlar qisqa bayon etilgan.
Fanni chuqur va mukammal egallash uchun ko‘rsatilgan adabiyotlardan
foydalanishni tavsiya qilamiz.
Sizga taqdim etilayotgan ma’ruza matni tezislari fanni o‘rganishda ilmiy
va uslubiy yo‘llanma beradi degan umiddamiz. Qo‘llanma Agrokimyo va
tuproqshunoslik, Agronomiya, O‘simliklarni himoya qilish, Meva-
sabzavotchilik bakalavr yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan.
TUZUVChILAR:
Biologiya fanlari nomzodi, dotsentlar:
M.A.Zuparov;
E.A.Xolmurodov,
N.T.Xakimova,
TAQRIZChILAR:
J.Toshpo‘latov
– O‘zRFA Mikrobiologiya institutining
laboratoriya mudiri, biologiya fanlari doktori, professor.
R.Sh.O‘lmasboyeva
– O‘simliklarni himoya qilish
kafedrasi, biologiya fanlari nomzodi, dotsent
Ma’ruza tezislari «Qishloq xo‘jalik biotexnologiyasi va fitopatologiya»
kafedrasining - sonli va Seleksiya, urug‘chilik va o‘simliklarni himoya qilish
fakulteti o‘quv uslubiy hay’atining - sonli hamda Universitet o‘quv uslubiy
kengashining 2005 yil – sonli qarorlari bilan ma’qullangan.
ToshDAU nashr tahririyati bo‘limi
Toshkent 2005
Mikrobiologiya fani bo‘yicha ma’ruzalar matnlari mavzulari
№ MA’RUZA
MATNLARI
SOAT
1 Kirish.
2
2 Mikroorganizmlar
morfologiyasi,
anatomiyasi va sistematikasi
2
3
Mikroorganizmlar hayot faoliyatiga mikroorganizmlar ta’siri
2
4
Mikroorganizmlarda moddalar almashinuvi
2
5
Karbon birikmalarning mikroorganizmlar tomonidan boshqa
moddalarga o‘zgartirilishi
2
6 Tarkibida
azot
saqlovchi
birikmalarning mikroorganizmlar
tomonidan o‘zgarishlarga uchrashi
2
7 Oltingugurt, fosfor, temir va boshqa birikmalarning
mikroorganizmlar tomonidan boshqa birikmalarga aylanishi
2
8
Tuproq unumdorligini oshirishning mikrobiologik asoslari
2
9
Mikrobiologiyaning dehqonchilikda va chorvachilikda ahamiyati.
2
JAMI:
18
ADABIYoTLAR:
1.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish dasturi (1999-
2000 yy). T., «O‘zbekiston»1988.
2.
G.D. Mustakimov «O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslari». T, 1995.
3. G.D.
Mustaqimov«O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya asoslaridan amaliy
mashgulotlar». T. 1967.
4.
M.F.Fyodorov . «Mikrobiologiya», T.1966.
5. N.Valker
(V.V.Navinov
tajrimasi)
«Pochvennaya mikrobiologiya», M, 1979.
6.
A.Ya.Pankratov «Mikrobiologiya», M.1962.
7. Ye.N.Mishustin;
V.T.Emsov «Mikrobiologiya», M.198.
8.
K.Xasanov «Mikrobiologiya», M.1997.
1-MAVZU: KIRISh.
Reja:
1. Mikrobiologiya fani haqida.
2. Mikrobiologiyaning tarmoqlari.
3. Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi
4. Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasining rivojlanish bosqichlari.
5. Xulosalar.
Adabiyotlar 2,3,4,6,7.
1. Mikrobiologiya fani haqida. 2. Mikrobiologiyaning tarmoqlari.
Mikrobiologiya ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan mayda tirik mavjudodning
shaklnini, katta-kichikligini, o‘sishini hayot kechirish jarayonlarini turli xil
usullar yordamida o‘rganadigan fandir. Mikrobiologiya fanining
tarmoqlariga kelsak, bu mikroorganizmlar tarqalishi, hayot kechirish tarzi
qanday jarayonlardan iboratligidan kelib chiqadi. Chunki mikroorganizmlar
havoda, suvda, tuproqda, o‘simliklarda, hayvonlarda, odamlarda mavjud.
Ana shu mikroorganizmlar yashash tarzi davomida juda keng ko‘lamdagi
foydali ishlari ham juda xunuk oqibatlarga olib keladigan zararli ishlarni
ham amalga oshira oladilar. Shuning uchun hamma mikroorganizmlarni bir
xilda yondoshmasdan alohida tarmoqlari bo‘yicha o‘rganish samaralidir.
Shu sababdan ham texnik (sanoat) mikrobiologiyasi, suv mikrobiologiyasi
geologik mikrobiologiya tibbyot mikrobiologiyasi, sanitariya
mikrobiologiyasi, chorvachilik mikrobiologiyasi, tuproq yoki qishloq xo‘jaligi
mikrobiologiyasi kabi tarmoqlarga ajratilgan.
Texnik (sanoat) mikrobiologiyada – pivo pishirish, vinochilik,
nonvoychilik, qishloq va boshqa sut maxsulotlarini ishlab chiqarish.
Shuningdek sut kislota, moy kislota, sirka kislotasi, spirt, oziqabop oqsil,
vitaminlar, fermentlar, antibiotik dori-darmonlar va xokazolarni olishda ham
mikroorganizmlardan foydalanish usullari o‘rganiladi.
Suv mikrobiologiyasida – okean, dengiz, daryo, ko‘l, suv
xavzalari, ariqlar suvi, botqoq yerlardagi mikroorganizmlar tarqalishi va
xillarini o‘rganadi. Sanoatda ishlatiladigan suv (oqova suv) tarkibidagi
zaxarli chiqindilarni tozalash yo‘llarini, suv hayvonlariga ozuqa zaxirasini
tayyorlashda mikroorganizmlardan foydalanish usullarini va boshqa ko‘p
muammolarni o‘rganadi. Ichimlik suvlarini tozalash ham shu soxa bilan
uzviy bogliqdir.
Geologik mikrobiologiyada – tog jinslari yemirilishlarida
mikroorganizmlar faoliyati, turli xil madanlarning hosil bo‘lishida,
madanlardan metallarni ajratib olishda, foydali qazilmalar hosil bo‘lishidagi
mikroorganizmlarning faoliyatlarini o‘rganiladi.
Tibbiyot mikrobiologiyasida – turli xildagi yuqumli kasalliklarni
keltirib chiqazuvchi mikroorganizmlar hayot faoliyati va ularga qarshi
kurash choralarini ishlab chiqarish muammolarini o‘rganiladi.
Chorvachilik mikrobiologiyasi – bunda qishloq xo‘jaligi
hayvonlarida kasallik tugdiruvchi mikroorganizmlar bilan kurashish chora-
tadbirlari ustida, teri, mo‘yn mikroorganizmlari, hayvonlarning ovqat xazm
qilish va turli organizmlaridagi mikroorganizmlar faoliyatini o‘rganish
maqsad qilib qo‘yilgandir.
Sanitariya va epidemiologiya mikrobiologiyasi – bu soxa atrof
muhitda insonlarga, hayvonlarga, foydali hasharotlarga zarar keltiruvchi
turli xildagi mikroorganizmlarning tarqalishining oldini olish choralari bilan
shugullanadi. Har xil usullar bilan shu kasallik tarqatuvchilarga va ularni
keltirib chiqaruvchi manbalarga qarshi kurashadi.
Qishloq
xo‘jalik
mikrobiologiyasi
- qamrovi juda katta bo‘lgan fan
soxalaridan biridir. Bunda faqatgina tuproqda mavjud bo‘lgan
mikroorganizmlar xillari va biologiyasi bilan shugullanib qolmasdan, shu
mikroorganizmlar bilan o‘simlik o‘rtasidagi, tabiatda atmosfera va tuproq
o‘rtasidagi boglanishda mikroorganizmlar roli haqidagi ma’lumotlar bilan
ham tanishib chiqiladi. Tuproq mikroorganizmlarning turli-tumanligi, tuproq
unumdorligini oshirishdagi roli, o‘simliklarning suvda erimaydigan
moddalarni o‘zlashtirishdagi mikroorganizmlar ahamiyati ham shu soxaga
taaluqlidir. Tuproqdagi mikroorganizmlarning azot almashinuvidagi, fosfor
va oltingugurt birikmalarning, kaliy, temir va xokazo elementlari
birikmalarning aylanishi va o‘simliklarga o‘zlashtiriladigan holatga
o‘tishligini ham bilib olamiz. Qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasida senaj, silos
tayyorlashda, biologik faol moddalar hosil bo‘lishida, mikrobiologik ya’ni
bakterial ugitlar tayyorlashda ham ishtirok etuvchi mikroorganizmlar turlari
va faoliyati bilan tanishiladi. Shunga asosan tuproqni unumdorligini