Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi


O‘quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 2,88 Mb.
səhifə2/147
tarix29.05.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#113881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI

O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

Talaba yoshlarni xalqning boy ma'naviy merosga suyangan holda ajdodlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan. Adabiy-badiiy manbalarni, mumtoz adabiyot namunalarini o‘rgatish, o‘zlashtirish orqali ularning dunyoqarashini kengaytirish, tafakkur ko‘lamini yuksaltirish, komil ma'naviyatni shakllantirish nazarda tutilgan.


Mazkur fan oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
- O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalari bilan izchil va tizimli suratda tanishtirish;

  • noyob adabiy hodisalar, badiiy va ilmiy asarlarning jamiyat, millat va shaxs rivojidagi ahamiyatini tushuntirish;

  • talabalarda badiiy asar mohiyatini chuqur yanglash, ularni tahlil va talqin qilish ko‘nikmasini shakllantirish;

  • mavjud matnlarni tahlil va tadqiq etish, teran ilmiy-nazariy xulosa va yechimlarga kelish;

  • egallangan bilim va malakani xalq ma'naviyatini rivojlantirish yo‘lida amaliyotga tadbiq etishdan iborat.



Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

Mustaqillik sharafati bilan mumtoz adabiy merosimizga munosabat yangilandi. Shunga ko‘ra, zamon talabi uni yanada chuqurroq tadqiq etish, falsafiy asoslarini teran anglash, baholashda poetik mahorat jihatidan yondashish, birlamchi manbalar vositasida asosli ilmiy xulosalar chiqarish, mavjud matnlarning yangicha talqinlarini havola etish, mustaqil qarashlar va fan sohasiga oid zamonaviy saboqlarni hayotga tadbiq etishdan iborat.




Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

O‘zbek mumtoz adabiyoti fani asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, 1-4 - semestrlarda o‘qitiladi. Dasturda belgilangan mavzular ma'ruza, amaliy mashg‘ulot va seminar shaklida olib boriladi. Fanning ayrim muhim muammolari va adabiy-badiiy asarlar talabalarga mustaqil o‘zlashtirish uchun tavsiya etiladi.


“O‘zbek adabiyoti tarixi fani” falsafa, tarix, matnshunoslik va manbashunoslik, dinshunoslik fanlarida o‘rganiladigan muammolarning yaqinligi bilan bir-biriga bog‘langan.



Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə