Filologiya fakulteti mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi


Seminar mashg‘ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari



Yüklə 2,88 Mb.
səhifə7/147
tarix29.05.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#113881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   147
562bf6ea23a365c0d049737daecc4c60 O‘ZBEK ADABIYOTI TARIXI

Seminar mashg‘ulotlarning tavsiya etiladigan mavzulari
Seminar mashg‘ulotlarida talabalar ma’ruza, amaliy mashg‘uloti hamda mustaqil ta’lim jarayonida olgan bilim va koʻnikmalarini amalda ko‘rsatib beradilar va yanada boyitadilar. Matn bilan ishlash, tahlil va talqin etish, lug‘atlar asosida olib boriladigan faoliyatga ko‘proq ahamiyat qaratiladi. Seminar darslari trening shaklida, talabalar faoliyatini tashkil qilish, nazorat qilish va baholash tarzida o‘tkaziladi. Seminar darslarining mavzusi, rejasi va o‘tkazilish tartibi kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi hamda "Fanning ishchi dasturi", "Seminar darslari ishlanmasi" va "Ta’lim texnologiyalari"da ifoda etiladi.



  • Moniylik oqimidagi adabiyotning paydo bo’lishi, bu adabiyotning ijtimoiy hayot bilan bog’liq tomonlari. “Oltin yorug’” dostoni va buddaviylik.

  • Islom madaniyatining shakllanishi va musulmon intibohi (renesansi). Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino asarlarida adabiyot masalalari.

  • X-XII asrda O’rta Osiyodagi fors tilidagi adabiyot: Ro’dakiy, Firdavsiy, Umar Xayyom, merosi.

  • X-XII asrda O’rta Osiyodagi arab tilidagi adabiyot. Abu Mansur as-Solibiy va uning «Yatimatu-t-dahr» asari. Chag’oniyon adabiy muhiti.

  • “Devoni hikmat” asarining ma’rifiy-ta’limiy mazmuni. Hikmatlarning janr xususiyatlari.

MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI

“O'zbek adabiyoti tarixi” fanini o'rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va ko'nikma hosil qilish uchun mustaqil ta'lim tizimiga asoslanib, kafedra o'qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular badiiy adabiyotlarni mutolaa qiladilar, tahlil va talqin etadilar; qo'shimcha adabiyotlar hamda Internet saytlaridan foydalanib, referatlar va ilmiy ma'ruzalar tayyorlaydilar, amaliy va seminar mashg'ulotlari mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko'rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.



Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə