Fenol formaldegid smolalarini sintezlash usullari



Yüklə 85,56 Kb.
səhifə4/5
tarix01.06.2022
ölçüsü85,56 Kb.
#88545
1   2   3   4   5
FENOL FORMALDEGID SMOLALARINI SINTEZLASH USULLARI

Rezit smolalar. Rezol yoki rezitol smolalar 180-200°C da qizdirilsa, ular suyuqlanish va erish qobilyatini yoʻqotadi. Bunda smola tarkibidan suv ajralib chiqadi va metilenol gruppalarning miqdori kamayadi. Rezit hosil boʻladi. Uning tarkibida oddiy efir bogʻlari rezitoldagiga nisbatan koʻproq. Rezitning tuzilish formulasini sxematik ravishda quyidagicha ifodalash mumkin:

Rezit qattiq, issiqqa chidamli va mexanik xossalari yaxshi polimerlardir.
Rezit smola ham reaksiya uchun olingan fenol va formaldegidning nisbiy miqdori; katalizatorning tabiati va qotish sharoitiga qarab turlicha boʻladi.
6 qism fenol va 7 qism formaldegiddan 1 prosent ammiak katalizatorligida hosil qilingan rezit bakelit deb ataladi. Bakelit qoʻngʻir rangli qattiq smoladir.
Karbolit deb ataluvchi rezit bunday tayyorlanadi; 7 mol fenol va 6 mol formaldegid 0,5 % rux asetat ishtirokida qizdiriladi. Soʻngra unga bakelitdagi miqdorga yetguncha yana formaldegid qoʻshiladi va sulfokislotalar ta’sirida rezitga aylantiriladi. Karbolit sariq, bakelitdan yengil, ishqor ta’sirida tez oʻzgaradi.
Fenolformaldegid smolalar, odatda, rezit holda ishlatiladi. Rezitlardan, asosan, plastmassalar olinib, ulardan sanoatda va turmushda turli buyumlar yasaladi. Rezitlardan mashinalarning turli qismlari, idishlar, elektr asboblari ham yasaladi, chunki rezitlar qattiq va mustahkam boʻlib, elektr tokini deyarli oʻtkazmaydi.
Novolak va rezollardan lak hamda kleylar olinadi. Bunday laklarni poliefir, noliuretan laklar va tabiiy lak-shellak oʻrnida ishlatish mumkin.
I.2-Jadval
Rezit smolaning fizika-kimyoviy, mexanik va elektr xossalari
Oʻrtacha molekulyar massa ................................birinchi bosqichda 1500
Yonuvchanlik ........................................................yonadi
Faza holati..............................................................amorf
Zichlik, gr/sm3 ......................................................1.25-1.38
Shishalanish temperaturasi, °C …………………...40-50
Parchalanish temperaturasi , °C…………………...200
Moʻrtlanish temperaturasi, °C……………………20
Issiq bardoshlik, Martens usulicha, °C …………...70-110
Nisbiy issiqlik sigʻimi; kJ(kg.K)………………….1,3-2,0
Issiq oʻtkazuvchanlik, vt/(m.K)…………………...0,12-0,25
Mustahkamlik, Mn/m2, statik egishda…………….50-100
Nisbiy choʻziluvchanlik, % ……………………….10-20
Egiluvchanlik moduli, Mn/m2 ……………………500-600
Qattiqlik, Brinnell usulicha, Mm/m2 ……………..4,5-5,0
Nisbiy elektr qarshilik
a) sirtiy,T.om ……………………………..1010-1012
b) hajmiy, T.om.m ……………………..…109-1011
Zarbiy qovushqoqlik, kJ/m2 ……………………...10-20
Dielektrik oʻtkazuvchanlik ……………………….. 4,5-5,5
Elektr bardoshlik, kv/mm…………………………..10-15
Suv yutuvchanlik, % ……………………………….1,0-2,0


Yüklə 85,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə