Fenol formaldegid smolalarini sintezlash usullari



Yüklə 85,56 Kb.
səhifə1/5
tarix01.06.2022
ölçüsü85,56 Kb.
#88545
  1   2   3   4   5
FENOL FORMALDEGID SMOLALARINI SINTEZLASH USULLARI


FENOL FORMALDEGID SMOLALARINI SINTEZLASH USULLARI
k.f.d., dots F.B.Eshqurbonov Termiz muhandislik-texnologiya instituti, Termiz sh
Magistr S.M.Samatov Termiz muhandislik-texnologiya instituti, Termiz sh


Annotatsiya: Fenol formaldegid smolalar — fenol bilan formaldegidnnng polikondensatlanishidan hosil boʻlgan mahsulotlar. Boshlangʻich moddalar miqdorining nisbati va muhitning pH iga (qarang Vodorod koʻrsatgich) qarab reaksiya natijasida faqat qoʻshimcha kimyoviy reagentlar ishtirokida qotadigan Fenol formaldegid smolalar (novoloklar) yoki hech qanday reagentlar ishtirokisiz qotadigan Fenolformaldegid smolalar (rezollar) hosil boʻlishi mumkin. Fenol formaldegid smolalar issiqqa va sovuqqa chidamli, elektroizolyatsion xossaga ega, spirt va atsetonda eriydi, rangi och sariqdan jigarranggacha boʻlib, quyosh nuri taʼsirida yoki ishlab chiqarish jarayonida toʻqjigarrang yoki hatto qora rangga oʻtadi. Fenol formaldegid smolalar fenoplastlar, yelimlar va laklar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.


Tayanch so’zlar: Fenol, formaldegid, smola, novolok,rezol, spirt,atsetonda, elektroizolyatsion, Polikondensatlash, fenoplast, xlorbenzol, izopropilbenzol, katalizator, kislota, ishqor, geksametilentetraamin, ksibenzol, poliefir, noliuretan

Fenol formaldegid smolalar fenol va formaldegidni kondensatsiyalash natijasida hosil boʻladi. Fenol, asosan, quyidagi usullar bilan olinadi:


a) sanoatda izopropilbenzolni kislorod bilan oksidlab olinadi:

Reaksiyada katalizator sifatida sulfat kislota ishlatiladi. Reaksiya natijasida fenol bilan bir qatorda aseton ham hosil boʻladi.


b) xlorbenzolni 300°C va 15-20 MPa bosimida poʻlat trubalar orqali oʻtkazish natijasida giprolizlab:
NaOH HOH
C6H5Cl ------→ C6H5ONa ------→ C6H5OH
v) benzolsulfokislota natriyli tuzining natriy gidroksid bilan aralashmasini suyuq-
languncha qizdirib:
NaOH
C6H5SO3Na ------→ C6H5OH + Na2SO3
g) fenol olinadigan asosiy manbalardan biri toshkoʻmir smolasidir. Past temperaturalarda parchalanadigan smolalar tarkibida 25 foizgacha fenol boʻladi, ular oʻyuvchi natriy yordamida smola ajratiladi. Yuqori temperaturada parchalanuvchi smolalardan ham anchagina fenol ajratib olish mumkin.



Fenol och binafsha rangli kristall, 430C da suyuqlanadi va 1830C da qaynaydi. Kondensatlash uchun olingan fenol va formaldegidning miqdoriy nisbatlariga hamda reaksiya sharoitiga qarab, fenolformaldegid smolalar ikki gruppaga boʻlinadi:

Yüklə 85,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə