Fenol formaldegid smolalarini sintezlash usullari



Yüklə 85,56 Kb.
səhifə2/5
tarix01.06.2022
ölçüsü85,56 Kb.
#88545
1   2   3   4   5
FENOL FORMALDEGID SMOLALARINI SINTEZLASH USULLARI

1. Termoplastik smolalar. Bular uzoq vaqt saqlanganda ham, 2500C gacha qizdirilganda ham erish va suyuqlanish xususiyatini yoʻqotmaydi. Bu gruppaga kiruvchi smolalar texnikada novolak smolalar yoki lakkain deb ham ataladi.
Novolak smolalarga formaldegid yoki geksametilentetraamin aralashtirib qizdirilsa, suyuqlanmaydigan holda oʻtadi.
2. Termoreaktiv smolalar. Bu gruppaga kiruvchi smolalar uzoq saqlansa, qizdirilsa yoki ularga kislota va ishqorlar ta’sir ettirilsa, ular suyuqlanmaydigan va erimaydigan boʻlib qoladi. Bunday smolalar texnikada rezol smolalar deb ham ataladi. Rezol smolalar oʻz navbatida, yana uch turga boʻlinadi. Birinchi bosqich (A bosqich) da olingan smolaning molekulyar massasi ancha kichik (200 dan 1300 gacha) boʻlib, aseton, spirt va ishqor eritmalarida yaxshi eriydi. Bu smolalar rezollar deyiladi. Ikkinchi bosqich (B bosqich) da olingan smolalar rezit tolalar yoki erinit, katalin deb ataladi. Ular rezollarni uzoq saqlash yoki ozgina isitish natijasida ham hosil boʻladi. Rezetollar spirt va asetonda yaxshi bukadi, lekin oz eriydi. Ular 100°C-170°C gacha qizdirilsa, cho`ziluvchan elastik holatga oʻtadi. Ammo soviganidan soʻng moʻrtlanib, maydalanib ketadi. Rezetollar erimaydigan va suyuqlanmaydigan yuqori molekulyar smolalar bilan rezollar aralashmasidan iborat. Ularning tarkibida ozgina reaksiyaga kirishmay qolgan fenol va oksibenzol spirt boʻladi.
Uchinchi bosqich (v-bosqich) da tiniq, qattiq, xech qanday suyuqlikda erimaydigan, mexanik xossalari jihatidan yaxshi, sanoat ahamiyatiga ega rezitlar hosil boʻladi. Bu smolalar kislota va ishqor eritmalari, turli organik suyuqliklar va issiqlik ta’sirida yaxshi bardosh beradi.
Fenol molekulasida vodorod atomlarining uchtasi oʻrin almashinish reaksiyaga kirisha oladi. Shuning uchun reaksiyaga olingan moddalarning nisbiy miqdoriga qarab turli birikmalar hosil boʻladi.
Reaksiyaga 2 mol fenol va 1 mol formaldegid olinsa, oldin dioksidifenilmetanning quyidagi uchta izomeri hosil boʻladi:
Agar reaksiya paytida formaldegid miqdori fenolga nisbatan koʻproq yoki teng boʻlsa, fenol spirtlar hosil boʻladi.
Agar reaksiya paytida formaldegid miqdori fenolga nisbatan koʻproq yoki teng boʻlsa, quyidagi fenol spirtlar hosil boʻladi:

Fenol formaldegid smolalar yuqorida keltirilgan birikmalarni oʻzaro poli-kondensatlash natijasida hosil boʻladi.

Yüklə 85,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə