Fenol formaldegid smolalarini sintezlash usullari



Yüklə 85,56 Kb.
səhifə3/5
tarix01.06.2022
ölçüsü85,56 Kb.
#88545
1   2   3   4   5
FENOL FORMALDEGID SMOLALARINI SINTEZLASH USULLARI

Novolak smolalar. Polikondensatlashda formaldegidga nisbatan fenol moʻlroq olinsa, novolak smola hosil boʻladi.reaksiya formaldegidning suvdagi eritmasida, kislotalar ishtirokida boradi. Smolalar tuzilishi jihatidan dioksidifenilga oʻxshaydi. Novolak smola hosil boʻlish reaksiyasini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin:

Smolaning molekulyar massasi 200 dan 1300 gacha boʻladi.ularni eruvchanligi har xilligiga koʻra fraksiyalarga ajratish mumkin. Novolak smola olishda, odatda, 7 qism fenolga 6 qism formaldegid aralashtiriladi. Smolaning molekulyar massasi va fraksion tarkibi fenol va formaldegidning miqdoriy nisbatiga bogʻliq. Fenol bilan formaldegid 7:6 nisbatda olinsa, smolaning molekulyar massasi 500-700, 2:1 nisbatda olinsa 230-250 boʻladi. Navolok smolalardan asosan turli elimlar tayyorlanadi.
Navolok smolalar spirt, dioksan, benzol va boshqa organik erituvchilarda eriydi. Ular 70-80°C da suyuqlanadi. Agar novolak smolaga formaldegid qoʻshib qizdirilsa, u rezol smolaga aylanadi.
Rezol smolalar. Polikondensatlash uchun fenolga qaraganda formaldegidning suvdagi eritmasini ishqor yoki kislotalar ishtirokida qizdirilganda sodir boʻladi. Hosil boʻlgan smola suvda erimasligi tufayli muhitdan tez ajralib chiqadi. Odatda polikondensatlashda 7 mol formaldegid va 6 mol fenol katalizator sifatida esa, ammiak olinadi.
Agar katalizator sifatida oʻyuvchi natriy yoki oʻyuvchi kaliy olib, reaksiya 55-650C da olib borilsa, smola tarkibida formaldegid koʻproq boʻladi.
Polikondensatlanishning boshlangʻich bosqichida quyidagi birikmalar hosil boʻladi:

Rezol smola tarkibida metilen bogʻlar bilan bir qatorda dimetilen efir bogʻlari; gidroksil va metilenol guruhlar hamda erkin fenol ham boʻladi.
Bu smolaning formulasi quyidagicha:

Agar rezolga fenol aralashtirib qizdirilsa, u novolak smolaga aylanadi; va aksincha, novolakka formaldegid ta’sir ettirilsa rezol hosil boʻladi.


Rezitol smolalar. Rezol smola xona temperaturasida qancha uzoq saqlanmasin, uning eruvchanligi, ya`ni undagi metilion gruppalarining miqdori deyarli oʻzgarmaydi. Agar smola qizdirilsa, metilenol gruppalar fenol yadrosidagi vodorod atomlari bilan oʻzaro ta`sirlashib, rezol rezitolga aylanadi. Rezitol yarim tiniq, rangli, qovushqoq modda, issiq holda tolaga oʻxshatib choʻziladi. Sovigan rezitol moʻrt, osonlik bilan maydalanib ketadi.

Yüklə 85,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə