Metal korroziyasi, uning turlari. Metall konstruksiyalarda korroziyani aniqlash va tekshirish usullari. Metal konstruksiyalarini korroziyadan saqlash. Alyuminiy konstruksiyalar. Ularning afzalligi va kamchiligi



Yüklə 34,51 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü34,51 Kb.
#164057
  1   2   3
METAL KORROZIYASI, UNING TURLARI. METALL KONSTRUKSIYALARDA KORROZIYANI ANIQLASH VA TEKSHIRISH USULLARI. METAL KONSTRUKSIYALARINI KORROZIYADAN SAQLASH. ALYUMINIY KONSTRUKSIYALAR. ULARNING AFZALLIGI VA KAMCHILIGI

METAL KORROZIYASI, UNING TURLARI. METALL KONSTRUKSIYALARDA KORROZIYANI ANIQLASH VA TEKSHIRISH USULLARI. METAL KONSTRUKSIYALARINI KORROZIYADAN SAQLASH. ALYUMINIY KONSTRUKSIYALAR. ULARNING AFZALLIGI VA KAMCHILIGI



REJA:
1) Metal korroziyasi, uning turlari
2) Metall konstruksiyalarda korroziyani aniqlash va tekshirish usullari
3) Metal konstruksiyalarini korroziyadan saqlash
4) Alyuminiy konstruksiyalar. ularning afzalligi va kamchiligi

Metallar korroziyasi - metallarning atrofidagi muxit bilan kimyoviy yoki elektrokimyoviy taʼsirlashuvi oqibatida yemirilishi. Asosan 3 bosqichdan iborat: reaksiyaga kirishuvchi moddalarning fazalar chegarasiga — reaksiya zonasiga kelishi; reaksiya; reaksiya mahsulotining reaksiya zonasidan chetlashishi. Bu bosqichlarning har biri, oʻz navbatida, elementar bosqichlardan iborat. Metallar korroziyasi kimyoviy va elektrokimyoviy xillarga boʻlinadi. Kimyoviy Metallar korroziyasi metallarning oksidlanishi va oksidlovchi komponentning qaytarilishidan iborat. Bunday korroziya elektr oʻtkazmaydigan agressiv mu-hitda sodir boʻladi. Elektrokimyoviy Metallar korroziyasi metallarning elektr toki utkazadigan suyuq muhitda — elektrolitlar eritmasida yemirilishi. Bunda metall zarralari elektrolit eritmasida eritmaga oʻtadi.
Metallar korroziyasi yemirilish harakteriga kura, quyidagi turlarga boʻlinadi: tekis, mahalliy, kristallitlararo va korrozion darz. Korroziya natijasida har yili yigʻilgan va inson ishlatadigan barcha metallarning 1—1,5% i yoʻqoladi. Metallarni korroziyadan saqlash uchun baʼzi tadbirlar koʻriladi (mas, legirlovchi elementlar: xrom, nikel va boshqa qoʻshiladi).
Umumiy tushuncha. Atrof-muhit tasirida metalllardan tayyorlangan ko'p buyumlar metallarning oksidlanishi natijasida oksidlar, gidroksidlar, tuzlar kabi kimyoviy birikmalar hosil qilib yemiriladi. Korroziya—metallarning atrof-muhit bilan ta'sirlashishi natijasida yemirilishi jarayoni.
Korroziyaning quyidagi turlari kuzatiladi: kimyoli korroziya, biokimyoviy yoki biokorroziya, elektrokimyoviy korroziya. Korrozion jarayonning borish sharoitiga kora korroziyaning quyidagi turlari farqlanadi: atmosferaviy, suyuqlikda yoki elektrolitlarda, tuproqda yoki yer ostida, elektrokorroziya, tirqish korroziya, kuchlanish ostidagi korroziya.
Kimyoviy korroziya—elektr tokini o'tkazmaydigan muhit bilan taʼsir'ashish natijasida metallning yemirilishi
Elektrokimyoviy korroziya—boshqa metall yoki elektrolit, Suv bilan bevosita ta'sirlashish natijasida metallning yemirilishi.
Kimyoviy korroziyaga natriy va kalsiyning havoda oksidlanishi, vodorod sulfidli, galogenli, oltingugurt (IV)-oksidli va boshqa gazli muhitda, elektr tokini o'tkazmaydigan neft, benzin, toluol kabi suyuqliklar ta'sirida metali yemirilishi misol bo'ladi. Bunda elektronlar metalldan bevosita oksidlovchiga o'tadi. Elektrokimyoviy korroziyada murakkab jarayonlar sodir bo'ladi. Texnikada ishlatiladigan metallarga hamma vaqt boshqa metallar aralashgan bo'ladi. Shuning uchun metallar elektrolit eritmasiga tekkanda uzluksiz ishlaydigan galvanik element hosil bo'ladi, bunda aktivroq metall yemiriladi. Havoda har qanday metall buyum yuzasida suv kondensirlanadi. Unda atmosfera gazlari crib, elektrolit hosil bo'ladi. Agar metall boshqa metallga tegib tutsa yoki tarkibida qo'shimchalar tutsa, galvanik juft hosil bo'ladi va elektrokimyoviy korroziya yuz beradi. Toza metallar elektrokimyoviy korroziyaga uchramaydi.
Korroziya xalq xo'jaligiga katta zarar keltiradi. Avtomobillar, kimyo sanoati uskunalari, asboblar, trubalar va boshqalar korroziya natijasida eng ko'p zararlanadigan ob'yektlardir.
Metall kuchlanishlar qatorida qanchalik chapda turgan bo'lsa, ya'ni qanchalik aktiv bo'lsa, u shunchalik oson korroziyalanishi kerak edi. Xaqiqatda esa hamma vaqt ham bunday bo'lavermaydi. Masalan, metallarning elektrokimyoviy qatorining boshrog'ida joylashgan alyuminiy atmosrera ta'sirida bo'ladigan korroziyaga birmuncha yaxshi qarshilik ko'rsatadi. Buning sababi shuki, alyuminiy sirtida alyuminiy oksiddan iborat yupqa parda hosil bo'lib, bu parda alyuminiyni atrofdagi muhit taʼsiridan himoya qilib turadi. Bu parda biror usul bilan yo'qotilsa, alyuminiy juda tez korroziyalana boshlaydi.
Xalq xo'jaligida elektrokimyoviy himoya usullari suvli muhitdagi yoki tuproqdagi metall konstruksiyalarni korroziyadan saqlash uchun ishlatiladi. Metallar va metall konstruksiyalarni korroziyadan himoyalashning quyidagi usullari amalda keng qo'llaniladi:
Himoya qoplama hosil qlish;
Korrozion muhitning aktivligini kamaytirish (ingibirlash)
Metallning xossalarini oʼzgartirish (qo'shimchalarni yo'qotish yoki qo'shimchalar qo'shish);
Elektrokimyoviy himoyalash;
Kimyoviy barqaror materiallardan foydalanish.
Metallar korroziyasi xalq xo'jaligiga juda katta zarar etkazganligi uchun metallarni korroziyadan saqlash muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun yuqorida ko'rsatilgan usullardan eng muhimlarini ko'rib chiqamiz.
Himoya qavatlar. Metall sirtiga uni korroziyadan saqlash uchun metall bo'lmagan qoplamalar: lak, bo'yoq, emallar, smolalar, plastmassalar, oksidlar (oksidlash), tuzlar (fosfatlash) va boshqalar qoplanadi.
Fosfatlash—qora va rangli metallar sirtida fosfat qoplamalar olish usulidir. Bu usul metallarning fosfat kislota va uning tuzlari eritmalari bilan tasirlashib, metallar sirtida suvda erimaydigan fosfat tuzlaridan iborat qoplamalar hosil qilishga asoslangan. Fosfat qoplamalar olish uchun ishlatiladigan moddalar anod ingibitorlari qatoriga kiradi.
Fosfat qoplamalarning elektroizolyatsion xossalari yaxshi bo'lganligi sababli ulardan elektromashinalar qismlarini tayyorlashda elektrotexnik va boshqa po'latlar sirtida elektroizolyatsion qavat hosil qilishda foydalaniladi. Ko'pincha, metallar korroziyaga ancha chidamli boshqa metallar bilan ham qoplanishi mumkin (nikel, rux, xrom, alyuminiy, oltin, kumush). Agar qoplama yemirilsa, ya'ni metall sirtining bir qismi ochilib qolsa, hirnoya qilinuvchi metan agressiv muhitga tushib, galvanik element hosil bo'ladi va metall korroziyalana boshlaydi. Agar qoplama metali himoya qilinuvchi metaldan aktivroq, masalan, temir ustiga rux qoplangan bo'lsa, qoplangan metall (rux) anod bo'ladi va bunday qoplama anod qoplama deyiladi. Himoya qilinayotgan metall (temir) katod bo'ladi va u qoplangan ruxning hammasi sartlanib bo'lmaguncha buzilmaydi. Himoya qiluvchi metalga qaraganda aktivligi kamroq bo'lgan metallar katod qoplama hosil qiladi. Bordi-yu katod qoplama buzilsa himoya qilinuvchi metall juda tez korroziyalanadi.
Korrozion muhitga ishlov berish. Metall atrofidagi muhitdan zararli qo'shimchalar chiqarib tashlanib, erigan kisłorod va tuzlarning miqdori kamaytłrilsa, ularning ta'sirida korroziyalanadigan metallarning korroziyalanishi kamaytirish uchun korroziyani sekinlatuvchi ingibitorlar deb ataluvchi moddalar ishlatiladi.
Ingibitorla—maxsus moddalar bo'lib, korrozion muhitga oz miqdorda 10 mol/l) qo'shilganda korrozion jarayon tezligini keskin pasaytiradi yoki butunlay to'xtatadi.
Elektrokimyoviy himoya. Elektrokimyoviy himoyaning mohiyati shundaki, unda himoya qilinuvchi inshoat doimiy tok manbaining katodiga ulanadi. Natijada inshoatning o'zi katodga aylanadi. Korroziyadan bunday saqlanish katod himoyasi deyiladi. Bunda anod sifatida metall holidagi łom ishlatiladi va u korroziyaga uchrab himoyalanuvchi buyumni korroziyalanishdan saqlaydi. Protektor himoyada—himoya qilinadigan metalga undan ko'ra aktivroq metall plastinkalar—protektorlar biriktiriladi. Hosil bo'lgan galvanikjuftda protektor anod, himoya qilinadigan konstruksiya esa katod vazifasini oʻtaydi. Bunda protektor asta-sekin yemiriladi va metal konstruksiyaning korroziyalanishi esa deyarli to'xtaydi. Metall sirtida. kimyoviy korroziya natijasida hosil bo`lgan oksid parda metallni elektroximiyaviy korroziyadan ham saqlaydi, chunki u metallni elektrolit eritmasi ta'siridan himoya qiladi. Potentsiallari juda past bo`lgan ba'zi metallarning, masalan, alyuminiy, xrom va boshqalarning korroziyabardoshlik xossalari yuqori bo`lishiga sabab xam ana shu.
Metallar korroziyasining oldini olish uchun qozirgi vaqtda turli usullardan foydalaniladi. Bu usullarning asosiylari metallarni korroziyabardosh metallar va metallmaslar bilan qoplash, agressiv muhitga ishlov berish, elektroximiyaviy xi­moyalash va metallarni legirlash usullaridir.
Korroziyabardosh metallar bilan qoplash. Korroziyabardosh metallar sifatida xrom, nikel, rux, qalay, kadmiy, kumush va boshqalar ishlatiladi. Metall buyumning korroziyabardosh me­tall bilan koplanadigan yuzasi ёg`, mineral moy, zang, kuyundi va boshqa iflosliklardan mexanikaviy yoki ximiyaviy usulda tozalanadi. Mexanikaviy usulda tozalash uchun jilvirli qog`oz, sim cho`tka, qum purkash apparati va boshqalardan foyda­laniladi. Qum purkash apparatida yirik buyumlar tozalanadi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, metall buyumning tozalanishi lozim bo`lgan yuzasiga siqilgan havo oqimi bilan birga qum ham purkaladi, bunda buyumning sirti tozalanibgina qolmay, balki qum zarralarining zarbi ta'sirida bir oz gadir-budurrok, bo`lib ham qoladi, natijada uning sirtiga qoplam puxta yopishadi. Mayda buyumlar quruq va toza qumli barabanga solinib, baraban ma'lum tezlik bilan aylantiriladi, bunda buyum sirtiga qum zarralari urilib ishqalanadi, natijada bu­yumning sirti tozalanadi.
Tozalashning ximiyaviy usuli metall buyumning sirtiga sulfat yoki xlorid kislotaning 10—15% li qaynok. (50—80°S gacha isitilgan) eritmasi bylan ishlov berishdai iborat. Kis­lota eritmasi bilan tozalangan metall buyumning o`nqir-cho`nqir joylarida kislota to`planmb qolib, uni o`yib yuborishi ham mumkin, shuning uchun tozalangan buyum darhol yuvib tashlanishi kerak.
Metall buyumning yog bosgan joylari ishqorlarning suvdagi 5—10% li eritmasi bilan, mineral moy bosgan joylari esa benzin bilan tozalanadi.
Yuqoridagi usullar bilan tozalangan buyumninggina sirti­ga korroziyabardosh metall qoplash mumkin.
Sanoatda metall buyumlarni korroziyabardosh metallar bi­lan qoplashning bir necha usulidan foydalaniladi. Ana shu ' usullardan asosiylarini ko`rib chiqamiz.

Yüklə 34,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə