Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


 Elektroradio ashyolarning mexanik va



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

1.3. Elektroradio ashyolarning mexanik va
fizik-kimyoviy tavsifnomasi
Kimyoviy  xossalari.  Dielektriklarning  kimyoviy  xossalarini
yaxshi  bilish  ularni  uzoq  vaqt  turli  kimyoviy  aktiv  moddalar
(gaz,  suv,  kislota,  ishqor,  suyuq  eritmalar  va  b.)  ta’siriga  chi-
damliligiga baho berishda muhim hisoblanadi. Turli dielektriklarda
bu ta’sirlarga chidamlilik turlichadir.
Detallar ishlab chiqarishda elektroradio ashyolar turli kimyo-
viy-texnologik usullar yordamida qayta ishlanadi: yopishtiriladi,
eritmalarda lok hosil bo‘lishi bilan eritiladi va boshqalar. Qattiq
materiallarning eruvchanligi eritma yoki to‘yingan eritma konsen-
tratsiyasi  bilan  ta’sirga  uchraydigan  material  yuzasida  (sirtida)
birlik  vaqt  ichida  eritma  holiga  o‘tayotgan  material  soni  bilan
baholanadi.
Odatda, kimyoviy tabiati eritmaga o‘xshash bo‘lgan va mole-
kulalarida o‘xshash atom guruhlariga ega bo‘lgan moddalar (qutbli
moddalar  —  qutbli  suyuqliklarda,  neytral  moddalar  —  neytral
suyuqliklarda) oson eriydi. Masalan, qutbsiz yoki kuchsiz qutb-
langan  uglevodorodlar  (parafin,  kauchuk)  suyuq  uglevodorod


18
(benzin)larda, gidrooqsil guruhlarga ega bo‘lgan qutbli smolalar
(fenolformaldegid  smolalar)  spirt  va  boshqa  qutbli  eritmalarda
oson eriydi. Molekular massaning qutblanish darajasi ortgan sari
eruvchanlik  kamayadi.  Temperatura  ortgan  sari,  odatda,  eruv-
chanlik ortadi. Keyingi boblarda materiallarning ancha xavfli tashqi
ta’sirlarga nisbatan kimyoviy chidamliligi batafsil yoritilgan.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə