Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Issiqlikka chidamlilik. Elektr izolatsion materiallar va mahsu-
lotlarning qisqa va uzoq vaqt yuqori temperatura ta’sirida ham elektr
izolatsion xossalarini yo‘qotmaslik xususiyati issiqlikka chidamlilik
deb  ataladi.  Elektrotexnikada  izolatsion  materiallarning  issiqlik
xossalari materiallarning agregat holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Material

l · 10
-6
Material

l · 10
-6
Polivinilasetat
265
Polivinilformal
64
Polivinilxlorid
160
Epoksid smolalar
55
Polietilen
145
Sluda
37
Polimetilmetakrilat
70
Farfor
3,5
Politetraftoretilen
100
Steatit
6,6
Neylon
115
Keramika
7
Selluloza asetati
120
Silikat
9,2
Polistirol
68
Eritilgan kvars
0,55


12
Noorganik  qattiq  dielektriklar  (farfor,  kvars,  shisha,  mine-
rallar  va  boshqalar)  elektr  xossalarining  o‘zgarishi  boshlanishi-
dan aniqlanadi. Masalan, tg

 ning sezilarli ortishi yoki solishtirma
elektr  qarshilik 

  ning  kamayishi.
Organik qattiq dielektriklar (smolalar, bitumlar, loklar, kom-
paundlar,  tabiiy  kauchuk,  sun’iy  kauchuk,  plastik  massalar,
tolali  materiallar)ning  issiqlikka  chidamliligi  cho‘zilish  yoki
siqilish kabi mexanik deformatsiyalar boshlanishidan aniqlanadi.
Suyuq dielektriklar (neft, o‘simlik moylari va sun’iy organik
suyuqliklar)ning issiqlikka chidamliligi chaqnash va yonish tem-
peraturasi bilan aniqlanadi.
Chaqnash  temperaturasi  deganda  —  uncha  katta  bo‘lmagan
alanga  yaqinlashtirilganda  suyuqlik  temperaturasi  ortishi  bilan
uning  bug‘lari  havo  bilan  aralashishi  natijasida  chaqnash  sodir
bo‘ladigan temperatura tushuniladi. Yonish temperaturasi deganda,
alanga yaqilashtirilganda suyuqlik yonib ketadigan, yanada yuqori
temperatura tushuniladi.
Yuqori  temperaturaning  qisqa  yoki  uzoq  vaqt  ta’sir  etishi
natijasida elektr izolatsiya sifati yomonlashishi mumkin. Bu jarayon
izolatsiyaning issiqlik eskirishi deyiladi. Bu vaqtda sekin kechadigan
kimyoviy  reaksiyalar  natijasida yoki  oksid  mahsulotlar  (transfor-
mator moylari) yuzaga keladi yoki mahsulotlarning (lokli va boshqa
pardali izolatsion qoplamalar) qattiqligi, mo‘rtligi ortadi, yoriqlar
hosil bo‘ladi va asosdan ortda qolishi kuzatiladi.
Eskirish temperaturasi o‘rtacha 10 K (Kelvin)ga orttirilsa, ko‘p
materiallarning eskirish muddati ikki martaga qisqaradi.
Temperaturadan tashqari eskirish tezligiga havo bosimi yoki
kislorod  konsentratsiyasining  ortishi,  azonning  mavjudligi  sezi-
larli  ta’sir  ko‘rsatishi mumkin.  Namunaga  ultrabinafsha  nurlar,
elektr maydon, mexanik yuklamalar va boshqalar ta’sir etganda
issiqlik eskirishi tezlashadi.


13
Elektr  qurilmalarda  (uzoq  vaqt  issiqlik  ta’sir  ettirilganda)
elektr jihatdan izolatsiyalashda qo‘llaniladigan materiallar, issiqlik
chidamliligiga binoan 7 sinfga ajratiladi (1.3-jadval).
1.3-jadval
Ishchi temperatura  deganda, elektr qurilmalarda  elektr izo-
latsion  materiallar  qo‘llanganda,  uzoq  vaqt  mobaynida  normal
ekspluatatsiya  sharoitida  ishlashi  mumkin  bo‘lgan  maksimal
temperatura tushuniladi.
Y izolatsion materiallar sinfiga selluloza va iðak asosida (qo-
g‘oz, taxta, karton, mato, lentalar,  paxta tolali mato, polivinil-
xlorid  va  vulqonlangan  tabiiy  kauchuk)  tayyorlangan,  suyuq
dielektrikka botirilmagan va shimdirilmagan materiallar kiradi.
A  sinfiga  yuqorida  ko‘rib  o‘tilgan  tolali  materiallar  kiradi,
lekin  ular  moy  yoki  boshqa  loklar,  kompaundlar  yoki  suyuq
elektroizolatsion materialga botirilgan bo‘ladi. Natijada ular kislorod
bilan birikishdan, ya’ni issiqlik hisobiga eskirishning tezlashishi-
dan saqlangan. A  sinf tarkibiga polivinilxlorid loklar va poliamid
pardalarda yasalgan emallangan simlarning izolatsiyasi ham kiradi.
E sinfiga qatlamli plastiklar va organik to‘ldirgich, termore-
aktiv  bog‘lovchi  (getinaks,  tekstolit  va  boshqalar),  polietilente-
reftalat parda, suyuq loklar asosida emallangan simlarning izola-
tsiyalari kiradi.
Demak,  issiqlikka  chidamlilikning  Y,  A  va  E  sinflariga,
asosan, sof organik elektroizolatsion materiallar kiradi.
Issiqlikka
chidamlilik sinfi
180  dan
yuqori
C
H
180
F
155
B
130
E
120
A
105
Y
90
Ishchi tempe-
ratura,  °C


14
B  sinfini  noorganik  materiallar:  sluda,  shisha  tola,  organik
bog‘lovchilar  va  shimdiriladigan  materiallar  bilan  aralashgan
asbest hamda politriftorxloretilen, noorganik to‘ldirgichlarga ega
epoksid kompaundlar va boshqalar tashkil etadi.
F sinfiga sluda, shisha  tola va ancha yuqori issiqlikka chidamli
bog‘lovchilar  va  shimdiriladigan  materiallar  bilan  aralashgan
asbest  hamda  poliefiremid  va  poliefirstianurat  loklar  asosidagi
emallangan simlarning izolatsiyalari kabi materiallar kiradi.
H sinfiga mansub materiallar sluda, shisha  tola va tarkibida
maxsus yuqori issiqlikka chidamli bo‘lgan kremniy organik smola
kabi bog‘lovchilari bor va shimdiriladigan asbest asosida olinadi.
C  sinfini  umuman  bir-biriga  yopishmaydigan  yoki  organik
birikmalar  (sluda,  elektrotexnik  keramika,  kvars,  asbest,  mika-
leks va boshqalar) shimadigan  sof noorganik materiallar tashkil
etadi. C sinfiga barcha organik elektroizolatsion materiallardan —
politetraftoretilen va  poliamid materiallar: pardalar,  tolalar, emal-
langan simlarning izolatsiyasi kiradi.
Elektr izolatsion materiallar va mahsulotlarning past tempe-
ratura — (60—70°Ñ) hamda juda past (kriogen) temperaturalarda
ham ekspluatatsion ishonchliligini saqlab qolish qobiliyati sovuqqa
chidamlilik deb ataladi. Sovuqqa chidamli materiallar samolyot-
larning  elektr  va  radio  uskunalarida,  aloqa  uzatish  liniyalarida
qo‘llaniladi. Past temperaturalarda, odatda, izolatsion material-
larning xossalari yaxshilanadi. Lekin normal sharoitlarda egiluvchan
va  elastik  materiallar  past  temperaturalarda  mo‘rtlashadi  va
dag‘allashadi. Natijada izolatsiya sifati yomonlashadi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə