Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Nam  yutish  yoki  o‘zidan  suv  bug‘larini  o‘tkazish  qobiliyati
materialning asosiy xossalaridan biri hisoblanadi. Bu xossa qoplama
(kabel  shlangalari,  kondensatorlarning  kompaundlari,  elektr  ma-
shinalarning lok qoplamalari va b.) sifatida qo‘llaniladigan mate-
riallarning sifatiga baho berishda alohida hisobga olinadi. Shisha,
keramika va metallardan tashqari materiallar sezilarli nam yutish
xossasiga egadir.
Elektr  apparatura  uzoq  vaqt  ishlatilganda  namlik  organik
dielektriklarga singib, mog‘or (materialga singib, uning parcha-
lanishiga olib keladigan fermentlar ajratadigan qo‘ziqorin iðlari)
bosishga olib keladi. Mog‘orning paydo bo‘lishi dielektrik yuzasi
qarshiligini kamaytiradi, yo‘qotishlarning ko‘payishiga olib keladi,
izolatsiyaning  mexanik  mustahkamligining  kamayishiga  hamda
unga birikkan metall qismlarning yemirilishiga ham sabab bo‘ladi.
Selluloza materiallar, jumladan, shimdirilganlari (getinaks, tekstolit),
konifol,  moy  loklari  va  boshqalar  mog‘or  bosishiga  molik


17
hisoblanadi.  Noorganik  dielektriklar:  keramika,  shisha,  sluda,
kremniy organik materiallar va ba’zi organik moddalar, masalan,
epoksid  smola,  ftoroplast-4,  polietilen,  polistirollar  mog‘or
bosishiga chidamlilikka egadir.
G‘ovakli izolatsion materiallarning gigroskoplik va nam yutish
xossalarini  yo‘qotish  emas,  kamaytirish  uchun  ularni  shimdirish
keng  qo‘llaniladi.  Gap  shundaki,  shimdirilgan  moddalarning
molekulalari  suv  molekulalariga  nisbatan  (suv  molekulasining
diametri 2,5 · 10
–10
 m ni tashkil etadi) ancha katta o‘lchamlarga ega
bo‘lib, materialdan umuman nam o‘tmasligini ta’minlay olmaydi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə