Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Elektron-kovak  o‘tish.  Yarimo‘tkazgich  asboblarning
ko‘pchiligi bir jinsli bo‘lmagan tuzilishga ega. Bunday tuzilma-
larning ikki asosiy turi: p-n o‘tish deb ataluvchi (n- va p-turdagi


29
yarimo‘tkazgichlarning  kontakti)  o‘tish  va  metall-yarimo‘tkaz-
gich  o‘tish  mavjud.
Turli  tuzilishga  ega  bo‘lgan  yarimo‘tkazgich  sathlarning
kombinatsiyasi bir tomonlama elektr o‘tkazuvchanlikka ega bo‘ladi:
u bir tomonga ikkinchi tomonga nisbatan ancha yaxshi tok o‘tkazadi.
Agar yarimo‘tkazgich  bir sohasida elektron  elektr o‘tkazuv-
chanlik, ikkinchi sohasida — kovak elektr o‘tkazuvchanlik mavjud
bo‘lsa,  bu  sohalar  orasidagi  chegara  elektron-kovak  yoki  p-n
o‘tish  deb  ataladi.  Bunday  yarimo‘tkazgich  bir  jinsli  bo‘lmagan
yarimo‘tkazgich  deb  ataladi,  uning  elektr  o‘tkazuvchanligi  esa
kuchlanish manbayiga ulanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Agar kuchlanish manbayining musbat qutbi p-sohaga, man-
fiy qutbi n-sohaga ulangan bo‘lsa, tok kuchi juda katta bo‘ladi va
kuchlanish ortgan sari ortib boradi. Teskari kuchlanish berilganda
(p-sohaga  kuchlanish  manbayining  manfiy  qutbi  berilsa)  tok
kuchi  juda  kichik  bo‘ladi  va  kuchlanishga  bog‘liq  bo‘lmaydi.
Shunday qilib, p-n o‘tish bir tomonlama o‘tkazuvchanlikka ega.
Oldingi asrning o‘rtalarida tranzistor — elektron lampa funksiya-
sini bajara oladigan yarimo‘tkazgich asbob yaratildi. Unda bir jinsli
bo‘lmagan yarimo‘tkazgich  ikkita  p-n o‘tishga  ega bo‘lgan.  p-n
o‘tish bir va undan kichik mikrometrga teng qalinlikka ega ekan.
Demak, tranzistor juda kichik o‘lchamlarga ega bo‘lishi mumkin.
Zamonaviy  murakkab  elektron  qurilmalar,  masalan,  shaxsiy
kompyuterlar millionlab diod va tranzistorlardan tashkil topadi.
Ular  bir vaqtning  o‘zida  yagona  yarimo‘tkazgich kristall  sirtida
birvarakayiga  tayyorlanadi.  Tranzistorlarni  o‘zaro  elektr  ulash
yo‘li bilan integral mikrosxemalar (IMS) olinadi. IMSlar ishlab
chiqarishda kremniy juda keng qo‘llaniladi. Ba’zi hollarda galliy
arsenidi va fosfidi hamda boshqa yarimo‘tkazgich birikmalar ham
qo‘llaniladi.


30

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə