Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Radiatsiyaga chidamlilik. Zamonaviy sharoitlarda qisqa yoki
uzoq vaqt radioaktiv nurlanish yoki turli energiya zarralari (atom
elektr stansiyalari, reaktorlar va b.) ta’sirida ishlay oladigan ma-
teriallar  va  radioelektron  mahsulotlar  soni  ortib  bormoqda.  Bu
vaqtda  materiallarning  nurlanish  ta’sirlariga  chidamlilik,  o‘zla-
rining  elektr  va  mexanik  xossalarini  saqlab  qolish  xususiyatlari
darajasini, ya’ni radiatsiyaga chidamligini bilish talab qilinadi.
Qattiq  va  yumshoq  radiatsion  nurlanish,  yuqori  chastota
elektronlari,  og‘ir  zaryadlangan  zarrachalar  (protonlar,  alfa-zarra-
chalar) va neytronlar modda tomonidan yutilib, turli radiatsion
nuqsonlarning  (bo‘sh  tugunlar  va  tugunlar  orasidagi  xususiy
ionlar, yoki kristall panjarada begona atomlarning) yuzaga keli-
shiga sabab bo‘ladi.
Rentgen va gamma nurlari, yuqori energiya elektronlari, proton-
lar, alfa-zarrachalar va neytronlar modda tomonidan yutiladi. Bu
vaqtda  materiallarning  nurlanish  ta’siriga  chidamliligi,  ularning
elektr  va  mexanik  xossalarini  saqlab  qolish  xususiyati,  qisqasi
radiatsiyaga chidamlilik darajasini bilish muhim.
Radiatsion nuqsonlar  soni vaqt  o‘tishi bilan  yig‘ilib boradi.
Shu sababli radiatsiyaga chidamlilik modda tomonidan yutilayot-
gan nurlanish dozasining yig‘indisi bilan aniqlanadi.
Yutilayotgan  rentgen  va  gamma-nurlari  dozalari  rentgen
(R)  va Kl/kg (1  rentgen = 2,58·10
–4
 Kl/kg),  korpuskular nurlanish
— rad i Dj/kg (1 rad = 0,01 Dj/kg) birligida o‘lchanadi.


19
Boshqa tomondan, radiatsion ta’sir natijasida material struk-
turasini  o‘zgartirish  yoki  unda  yangi  xususiyatlar  (polimerlarni
radiatsion  ulash,  yarimo‘tkazgichlarni  legirlash  va  h.k.)  yuzaga
keltirish mumkin.
Ion  legirlash  (yarimo‘tkazgich sirtiga  kiritma  ionlarini  kiri-
tish)  yordamida  integral mikrosxema  (IMS)  larning  tranzistorli
strukturalari  yaratiladi.  Buning  uchun  maxsus  manbadan  elektr
maydon ta’sirida ionlar tezlatiladi va IMS plastinasi tomon yo‘-
naltiriladi.
Materialda  nurning  yutilishi  material  tabiati  va  nurlanish
sifatiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Masalan,  yarimo‘tkazgich  materiallar
10
18
 neytron/m
2
 dozadagi reaktor nurlanishida buziladi. Ko‘pgina
dielektriklar esa yuqoriroq radiatsiyaga chidamlilikka ega. Ular
10
22
 neytron/m
2
 dozagacha chidamlilikka ega.
Muayyan  qo‘llanilishi  uchun  mo‘ljallangan  radiomaterial
tanlashda  faqat  uning  elektr  xossalari  emas,  balki  mexanik  va
issiqlik xossalari, namlik, radiatsiyaga va boshqa tashqi ta’sirlarga
chidamliligi ham hisobga olinishi zarur.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə