Ekologiya fani va uning asosiy vazifalari


Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 56,43 Kb.
səhifə2/7
tarix24.12.2023
ölçüsü56,43 Kb.
#160277
1   2   3   4   5   6   7
Ekologiya fani va uning asosiy vazifalari-fayllar.org

Ekologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Ekologiya garchi biologiya fanidan kelib chiqqan bo`lsada, u nafaqat biologik fanlar bilan balkim juda ko`p nobiologik fanlar bilan ham uzviy bog`liq. Bunday fanlar qatoriga falsafa, tibbiyot, matematika, tarix, fizika, iqtisodiyot, geografiya, iqlimshunoslik, kimyo, xuquqshunoslik, konchilik va hokazolarni kiritish mumkin.

Buni quyidagi bir necha aniq misollarda ko`rish mumkin:



  1. falsafa fanlari bilan aloqasi – tabiatdagi barcha borliqning o`zaro dialektik bog`liqligi, bir-biriga ta'siri asosida tabiiy muvozanatning saqlanishini o`rganish;

  2. matematika bilan aloqasi – ekologiyani matematik modellashtirish asosida «yirtqich-o`lja» hamda «parazit-xo`jayin» munosabatlarini o`rganish;

  3. fizika bilan aloqasi – quyosh energiyasi, elektromagnit va tovush to`lqinlari, radioaktiv nurlanish, issiqlik rejimi va boshqalarning organizmlarga ta'sirini o`rganish;

  4. iqtisodiyot bilan aloqasi – tabiiy resurslardan va unumli foydalanish asosida iktisodiy foyda ko`rish va ayni vaqtda muhitning ekologik vaziyatini qulay holda saqlashni o`rganish;

  5. kimyo fani bilan aloqasi – organiq va mineral moddalarning tabiatda aylanishini o`rganish;

  6. huquqshunoslik bilan aloqasi – tabiiy resurslardan foydalanishda huquqiy meyorni belgilash;

  7. konchilik fanlari bilan aloqasi – kon qidiruv ishlarida va konlardan foydalanishda muhitning ekologik muvozanatini saqlab qolish yo`llarini o`rganish.

Shunday qilib, ekologiya fanining qamrovi keng hisoblanadi. Ayniqsa o`tgan asrning ikkinchi yarmida u ko`pchilik fanlar ichiga kirib bordi. Buning sababi ekologik bilimlar ahamiyatining kattaligidir. Bu bilimlar nafaqat inson faoliyatining tabiatga zarar yetkazishi, balki bu bilan insonning o`z yashash sharoitlarini o`zgartirib yuborib, hatto uning hayoti uchun xavf tug`dirishi mumkinligini ham o`rgatadi.




Ekologiyaning bo`lim va tarmoqlari
Ekologiya ko`p tarmoqli fan. Hozirgi kunda u o`rganadigan sohalar ko`payib, yangi-yangi yo`nalishlar paydo bo`lmokda.

Ekologiya fani 4 bo`limdan iborat. Ular – umumiy ekologiya, global ekologiya, regional ekologiya va evolyutsion ekologiya.




Yüklə 56,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə