Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar va astraguldoshlar oilalari



Yüklə 32 Kb.
səhifə6/7
tarix25.02.2022
ölçüsü32 Kb.
#84115
1   2   3   4   5   6   7
Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshla

Yasnotkagullilar tarkibi - lamiales

 

Yasnotkadoshlar oilasi -Lamiceae. Labguldoshlar oilasi – labiatae

 

       Bu katta oilaga o‘t, chala buta va buta o‘simliklari kiradi.  Poyasi 4 qirrali but shaklida qarama-qarshi joylashdi. Yon barglari  bo‘lmaydi. Gullari zigomorf,  ikki  jinsli  gultojisi 2 ta tojbargining qo‘shilib o‘sishidan vujudga kelgan bo‘lib, qalpoqsimon yoki  yassi  shaklda  bo‘ladi.



       Ostki 3  ta tojbargdan vujudga kelgan bo‘lib,  yotiq xolatda yoki pastga egilib turadi va aksariyat o‘simliklarda bu tojibarglarning o‘rtadagisi 2 ga ajralgan bo‘ladi.  Kosachalari besh tishli, barglari qo‘shilib o‘sgan bo‘lib ba’zan ikki labli bo‘ladi va lablarning ustki 3 ta  tojbargdan, ostkisi 2 ta  tojbargdan  tuziladi changchilari 4 ta gultoj naychasiga qo‘shilib o‘sadi va oldingi 2 tasikeyingi 2 tasiga  qaraganda  uzunroq bo‘ladi. Ba’zan 2 tagina changchi bo‘lib qolgan changchilar reduksiyalangan urug‘chilari 2 ta mevacha bargdan  tuzilgan  tugunchali  ustki 4 uyalidir. Gullarning bandi  juda qisqa bo‘lib gullar uchki barglarining qo‘ltig‘ida oddiy to‘pgullarga to‘plangan bu kichik to‘p gullar esa shingil boshcha yoki ro‘vakga o‘xshash murakkab to‘pgullar hosil qiladi. Gulning changgi tumshuqchasidan oldin yetiladi. Gullar hashoratlar yordamida chetdan changlanadi.  Mevalari bir urug‘li 4 ta yeng‘oqchaga ochiladi.Urug‘ida endosperm bo‘ladi. Labgullilarning aksari turlari efir moyli o‘simliklardir. Labguldoshlar  oilasining 200 turkumi va 3500 turi bor.  Ular butun yer yuzining deyarli hamma joyida uchraydi va o‘rmon, dasht, sahro  va tog‘larda o‘sadi. Gul formulasi Sa(5) So(2/3)  A4   G( 2)

      Mavrak turkumi - (Salvia)

       Ko‘p yillik o‘t chala buta o‘simliklar. Uning Osiyoda 20 dan ko‘p turi uchraydi. Ular tog‘li rayonlarda ko‘p tarqalgan.  Sofficinalis  turi  dori tayyorlashda ishlatiladi.

      Yalpiz turi (Mentha) -

        Ko‘p yillik o‘t o‘simliklari bo‘lib efir moylidir. Bu oilaning vakillari asosan zax yerlarda,  ariq va kanal bo‘ylarida tarqalgan O‘zbekiston florasida Osiyo yalpizi (M.asiatica) keng tarqalgan. CHo‘l yalpiz (M. Arvensis) va jingalak yalpizlar (M. crispa) ekiladi.

   


 

 Oddiy rayhon-(Acimum basilicum).

       Bir yillik  o‘t  o‘simlik, uning  oq  rayhon, qora  rayhon, osh  rayhon, turlari ma’lum. Ular ziravor va xushbo‘y o‘simlik sifatida ekiladi.

       Yasnotkalar turkumi - Lamium-. Bir va ko‘p yillik o‘t  o‘simliklar. O‘zbekiston florasida pushti yasnotka (L.amplexicanle) va oq yasnotka (L.alla) turlari begona o‘t sifatida o‘sadi.L.alla  dori tayyorlashda  ishlatiladi. Ular asal beruvchi o‘simlik hisoblanadi.

      Kiyiko‘tlar turkumi - Ziziphora.

       Bular tarkibida  efir  moylari bor bir yillik va ko‘p yillik o‘tlardir.

      Tog‘ jambili   (origanum)- Faqat  bir  turi (O.tythantum) O‘zbekiston florasida tarqalgan.

        Lavanda turkumi - Lavandula. -Asl  lavanda  L.vera.bu  gullari ko‘p yoki to‘q binafsha rangli juda xushbo‘y hidli chala butadir. Efir moyi olish uchun Qrimda, Kavkazda  va Moldaviyada ekiladi. Efir moyidan adikalonlar tayyorlanadi. Quritilgan gullari kiyimlarni kuyadan saqlash uchun sepiladi.

      Labguldoshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati.

       Bu oila  vakillari efir  moyiga boy bo‘lgandan ularning ko‘pgina vakillari efir moyi olish uchun ekiladi. Mas. Mavrak(muskat mavragi), lavanda, nano va boshqalar. Bulardan  olingan efir moyi atir upa sanoatida, ovqat va likor-aroq ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladi. Bir  necha



turlari mas. tog‘  jambuli, lagaxirus, limon o‘ti, jingalak nano, dori mavrak, arslonquyruq va  boshqalar  meditsinada  ishlatiladi. Yalpiz, osh   rayhon, jambul va boshqalar ovqat mazasini yaxshilashda ishlatiladi.

Astradoshlar oilasi - Asteraceae (Murakkabgullilar Compositae oilasi).

 

       Murakkabgullilar-eng katta o‘simliklar oilasi bo‘lib, 800 dan ortiq avlodni va 14 mingdan ko‘proq turni (ba’zan sistematiklar xisobicha xatto 25 ming turni) o‘z ichiga oladi, bu oilaningko‘pchilik vakillari o‘tlar, ba’zilari yarim butalar, butalar va xatto kamdan kam daraxtsimon o‘simliklardir. Ko‘pchiligining barglari navbatma  navbat  joylashgan  yon bargsiz. Bu oilaning   nomi savatchasimon  to‘pgullarga  qarab  qo‘yilgan, ularning to‘pguli sirtdan qaraganda alohida-alohida guldek  bo‘lib ko‘rinadi. Gul savatchalari  o‘z navbatida talaygina vakillarda murakkab supurgisimon, qalqonsimon to‘pgullar hosil qiladi va  xokozo. Savatchaning asosida (past tomonida) mayda mayda bargdan tuzilgan va to‘pgulga zich taqalib turgan o‘rama bor, bu tuzilmani  hosil qilgan  barglar talaygina vakillardan  cherenitsaga o‘xshab joy oladi va yashil yoki boshqa rangda bo‘ladi, ular turmushda yanglishib gulkosacha  deb o‘ylaydilar. Gul o‘rni yassi tarelkaga o‘xshaydi. Yoki bo‘rtgan yo bo‘lmasa botiq bo‘ladi:ba’zan avlodlarda gul o‘rin yalang‘och, boshqalarda esa  tokchalar  yeki tukchalar bilan qoplangan. Gullari 4 doirali, 5 a’zoli (genetsiydan boshqasi), ko‘pchiligida mayda-mayda bo‘ladi: ba’zilarida savatchadagi gullaring hammasi bir  xil, boshqalarda  esa tashqi gullari ichki gullaridan farq qiladi. Tipik gul kosachasi yo‘q: ba’zi vakillarida tugunchasining uchida  gul kosachabargida to‘g‘ri  keladigan 5 ta pardachasimon o‘simta bor, ko‘pchiligida (lekin hammasida emas) Gulkosachaga  to‘g‘ri  keladigan bir  talay sodda yoki murakkab tukchalar, goho qilchalar bo‘ladi: ular mevada saqlanib qoladi va o‘sib, popuk yoki  qanotchaga  aylanadi, bular  mevalarning shamol yordamida  tarqalishiga yordam beradi. Gulotjbarglari xamisha qo‘shilib o‘sadi, har xil shakilda, aktinomorf yoki  zigomorf  bo‘ladi. Eng  ko‘p tarqalgan gultoj shakli naysimon yoki tilsimon.



       Bo‘tako‘zlar -(Centaurea ) degan  kattagina  avlodning  ko‘pchilik turlari o‘rta dengiz oblastlarida uchrasa 100 yaqin turi boshqa joylarda uchraydi. Ularning savatchasi chetidagi gullari shaklan voronkaga o‘xshaydi va jinsiz bo‘ladi.

       Sikoriylar-( Cichorium) degan kichkina avloddan  sobiq  ittifoqning o‘rta  va janubiy mintaqasida yalangliklarda, yo‘l chetlarida yovvoyi holda o‘sadigan (C.titybus) ko‘proq tarqalgandir. Bu ko‘p yllik  o‘simlik chiroyli havo  rang gullar chiqaradi va yo‘g‘on ildizli xillari bir yillik ekin tariqasida ekiladi. Uning ildizlari qovurilib  surogat  kofe o‘rnida ishlatiladi, shunigdek  tabiiy kofega qo‘shiladi (10-20%)shunda kofe ancha qorayadi va mazasi taxirroq  bo‘lib  qoladi. (Glikozid  intibit). Bu avlodning endiviy degan boshqa turi sabzavot qatorida ekiladi.

       Kattaligini qoqio‘tlar avlodidan hamma joyda uchraydigan juda polimorf yig‘ma  turdir. Uning ildizlari meditsinada va surrogat kofe tayyorlash uchun qo‘llaniladi, ba’zi  xillari  esa  taxirroq barg, beradigan sabzavot o‘simligi qatorida ba’zan ekiladi.

 

 




Yüklə 32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə