Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar va astraguldoshlar oilalari



Yüklə 32 Kb.
səhifə4/7
tarix25.02.2022
ölçüsü32 Kb.
#84115
1   2   3   4   5   6   7
Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshla

Valerianadoshlar oilasi-Valerianaceae.

 

       Bu oila vakillari buta,chala buta ko‘proq o‘t  o‘simliklardir. Barglari qarama-qarshi  joylashgan, odatda, patsimon qirqilgan va yonbargsiz. To‘pgullari dixoziy yoki gajak. Gullari 2 jinsli, ba’zan bir  jinsli, zigomorf, assimetrik, ya’ni teng  2 qismga ajratish mumkin bo‘lmaydigan, 5 a’zolidir. Kosachasi  gullash  davrida  yaxshi  sezilmaydi, keyinroq patsimon o‘simtaga aylanadi. Gultoji 2 labli, qo‘ng‘iroqsimon va uzun nayli bo‘lib, naydan pixsimon yoki naysimon o‘simta chiqadi. Changchilari 1  ta yoki 3 ta qolgan 2 tasi rivojlanmaydi. Urug‘chisi 3 mevabargli. Tugunchasi ostki, lekin urug‘kurtagi uning faqat bittasidagina taraqqiy etadi. Mevasi yong‘oqcha, kosachadan hosil bo‘lgan patsimon uchmasi bor.Urug‘i endosperimsiz. Valerianadoshlar oilasi 14 avlod va 350  turdan iborat  bo‘lib, asosan shimoliy  yarim sharda, bir qismi Braziliyada va And tog‘larida tarqalgandir. O‘zbekistonda 3 avlodi va 19 turi uchraydi.



       Valeriana avlodi  (Valeriana). Bu avlod vakillari ildizlari ko‘pincha yo‘g‘onlashgan 200 tacha turni o‘z ichiga oladi. Ular  shimoliy yarim sharning  mo‘tadil  poslarida  va And tog‘larida tarqalgan. 3 turi (V.Ticarifolia, V.chionophila,V.Tedtschenkovii) O‘zbekiston  florasida o‘sadi.

       Dori valeriana (V.officinalis). U meditsinada katta ahamiyatga ega bo‘lgan ildizpoyali, yirik  ko‘p  yillik  o‘tlardandir. Barglari  toq  patsimon, qirqilgan qarama-qarshi  joylashgan, gullari  pushti  rangli   xushbo‘y. Changchisi 3  ta bo‘lib, tojbarg naychasiga birikkan. Ildizi bilan ildizpoyasi dori sifatida ishlatiladi. Asosan Ukrainada va Voronej oblastida ekiladi. Belorusiya, Ukraina, Rostov oblastlarida yovvoyi xolda o‘sganlari ham yig‘ishtirib olinadi.

       Valeriananing xo‘jalikdagi ahamiyati.

       Bu oilaning vakillaridan dori valeriana ekiladi.Uning ildiz va ildizpoyasidan tayyorlangan dori asab kasalliklarini, xapqon kasalligini, yurak urishi va uyqusizlik kasalliklarini davolashda kengqo‘llaniladi. Salat sifatida valerianella eriokarpa barglari ishlatiladi.

 

Sigirquyruqgullilar tartibi -Ituzumguldoshlar oilasi-Solanaceae.

 

       Bu oila vakillari o‘t, chala buta, buta  ba’zan  ilashuvchi  tropiklarda o‘suvchi xatto kichikroq daraxt o‘ziga xos xidi bor o‘simliklardir. Barglari oddiy butun yoki qaychibarg va yonbargsiz bo‘lib, asosan  navbatlashib joylashadi. Biroq gulli tanalarida barglari ba’zan juft-juft, hatto qarama-qarshi joylashgandek  ko‘rinadi (mas.o‘simligida)  to‘p  gulli  simoz odatda gajjak, gullari  och sariq, pushti binafsha. Oqimtir ko‘k rangli aktinomorf ba’zan bir oz zigomorf tuzilgan.2 jinsli  bo‘ladi. Gulqo‘rg‘oni qismlari va  otaligi 5 a’zoli. Onaligi 2 mevabargli, tugunchasi ustki, 2 uyali, ba’zan 3-5 uyali, har qaysi uyasi  ko‘p  urug‘kurtakli. Mevasi  rezavor-meva yoki  ko‘sakcha. Urug‘i endospermli ham, endospermsiz ham bo‘ladi. Embrioni bukilgan (ba’zan to‘g‘ri). Tuguncha atrofida halqa bo‘lib  joylashgan 5 bo‘lakchali shiradoni bor.



       Hashoratlar vositasi bilan yoki o‘z-o‘zidan changlanadi. Anatomik jihatdan bog‘lamlari orasida  yumshoq tolalar bo‘lishi, bioximik jihatdan turli alkaloidlarga boy bo‘lishi, oilaning xarakterli belgilaridan biridir. Ituzumdoshlar oilasi  80  avlod, 2500  ortiqroq turdan iborat bo‘lib, yer sharining mo‘t’adil iqlimli poyasida va tropiklarda, xususan Amerikaning tropik oblastlarida  keng tarqalgan. Shulardan  SSSR florasidan faqat yovvoyi xolda 10 avlod va 45 turi, O‘zbekiston florasida 2007 avlod  va 25 turi  uchraydi. Ituzumdoshlarga mansub turlari tarkibida alkaloidlar bo‘lganligidan ularning ko‘pchiligi zaharli hisoblanadi. Bir necha turlar dorivor o‘simlik  sifatida  qo‘llaniladi. Shu bilan birga muhim sabzavot sifatida ekiladigan  va  texnikada  qo‘llaniladigan  vakillari  ham bor. Mevasi rezavordir.

 

Ituzumdoshlar oilasi-Solanum.

 

       Bu avlod vakillari gullari  to‘g‘ri  tuzilgan, oq, ko‘k, qizil, binafsha, sariq rangli, gultoji yulduzsimon, qisqa naylidir. Otaligi 5 ta,bandi qisqa, changdoni chetlari bilan birlashib nay hosil qiladi. Changdoni uchidagi teshikchalari orqali yorilib, ochiladi. Urug‘lari endospermli. Bu gulli o‘simliklarning eng yirik avlodlaridan bo‘lib, 1300 dan ortiqroq  turni o‘z ichiga  oladi. Uning  vakillari asosan markaziy va janubiy Amerikada, Afrikada, bir qismi Yevro Osiyo va Amerikaning o‘rta iqlimli  zonalarida o‘sadi. Ituzumning  MDX  florasida 18, O‘zbekistonda 7 turi uchraydi. Dexqonchilikdagi bir necha muhim o‘simliklar shu avlodga kiradi.



 


Yüklə 32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə