Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar va astraguldoshlar oilalari



Yüklə 32 Kb.
səhifə5/7
tarix25.02.2022
ölçüsü32 Kb.
#84115
1   2   3   4   5   6   7
Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshla

Kartoshka- S. tuberosum.

 

       Bu yer  ostidagi ipchalarda o‘zgargan ildizpoya tuganaklar hosil qiladigan ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir to‘p gullari murakkab gajak, gullari to‘g‘ri  tuzilgan oq sariq, pushti va och binafsha rangli,gultoji voronkasimon qaytarmasi 5 bo‘lakchali. Changdoni sariq, mevasi 2 uyali, kattaligi olchadek, yashil rangli rezavor meva. Kartoshkaning vatani Janubiy Amerika bo‘lib 16 asr oxirlarida yuvropaga keltiriladi.



       Tuganagida 12-25% kraxmal, 2% chamasida moy, shu miqdorda oqsil hamda "A","V1","V2","V6", "S", "N", "K" vitaminlari  bo‘lganligidan bir yillik sabzavot va texnika o‘simligi sifatida yersharining ko‘p qismida ekiladi.

        Kartoshka yovvoyi xolda janubiy markaziy Amerikaning And tog‘larida o‘sadi. Rossiyada 18 asrdan boshlab, O‘zbekistonda  esa  19  asrning  2 yarmidan ekila  boshlandi. Kartoshkaning 2000  dan ortiq navi bor. Dunyo dexqonchiligi bo‘yicha kartoshka ekiladigan  maydon  20 million ga  yetadi. O‘zbekistonda kartoshkaning  ertagi navlaridan Kuryer,Nim rang, Epikuo, Ekron, Pochki navlaridan Lorx, Qaychi barg, Gollandskiy va boshqalar ekiladi.

 

Ituzum - S.nigrum.

 

       Bu bir yillik, mevasi dumaloq, urug‘i sariq begona o‘tdir. U  hamma yerda uchraydi. Bizda mevasi qora ituzum o‘sgan joylarda qizil mevali ituzum ham o‘sadi. Har ikki turning mevasida "S" vitamini  juda ko‘p.



      Pomidor yoki tomatlar avlodi.

       Ituzumlarga eng yaqin avlod xisoblanadi.

 

      Pomidor- L.esculentum.



       Bu mayin tukli o‘ziga xos hidli bir  yillik  o‘simlikdir. Barglari uzuk-uzuk katta qismi toq patsimon, bo‘lakchalarga bo‘lingan. Gullari murakkab yoki oddiy gajak yoki shingil tipida to‘pgul hosil qiladi.

       Gultoji sariq, changdonlari yonidagi tik yoriqchalar orqali ochiladi. Mevasi sersuv mevadir. Vatani janubiy Amerikadir. U yerda ko‘p yillik o‘simlik hisoblanadi va daraxtga  o‘xshash  turlari yovvoyi holda o‘sadi. Navlari g‘oyat ko‘p bo‘lib keng miqyosida ekiladi. 16 asrning oxirida (1569 yil)  pomidor urug‘i ekib tajriba qilish maqsadida Angliyaga keltiriladi. Pomidor Rossiyada ham birinchi martda 1780 yili ekilib  ko‘riladi. Odessada 1850  yildan ekila boshlaydi.19 asrning 1 yarimlaridan boshlab O‘rta   Osiyoda   ham    ekila    boshlaydi. Pomidorning  mevasi "S", "V1", "V2", "V6", "R", RR, "K" vitaminlarga va karotinga (provitamin A) juda boydir. O‘zbekistonda pomidorning tezpishar navlaridan Bizon  va sporka-grebovakiy, kechpishar navlaridan Chudo-Riika, Budyoka, Maglob  va boshqalar ekiladi.

 

Garmdori avlodi-Capsicum.

 

       Bu avlod 30 turdan tashkil topgan. Ularning Vatani Janubiy Amerikaning shimolidir. U yerda bir necha turlari  ekiladi  va  yovvoyi  holda o‘sadi.



 

 

Qalampir-C.annum.

 

       Bu bir yillik, poyasi tik chiqqan ayri-ayri bo‘lib o‘sgan o‘t  o‘simlikdir. Gullari och  xira oq yoki binafsha rangli, mevasi cho‘ziq konussimon, tuxumsimon, sharsimon, ko‘pincha och qizilrangli rezavor  mevadir. Mevasi vitamin  "A","S"ga  boyligi  jihatidan (270 mg%  gacha) sabzavot o‘simliklari orasida  birinchi  o‘rinda  turadi. Vatani  Mexikadir. Uning navlari ko‘p. Achchiq navlarida  kapsitsin  alkaloidi ko‘p bo‘ladi, ziravor sifatida ishlatiladi. Shirin navlari esa salat va do‘lma  qilib  ovqatga ishlatiladi.



 

Belladonna- Atropa belladonna.

 

       Bu mevasi olchaga  o‘xshash, ammo, 2 uyali, ko‘p  urug‘li, suvli  rezavor-meva hamma qismi zaxarli o‘t o‘simlikdir. Qrim, Kavkaz va Korpat tog‘larida o‘sadi. Ba’zi tadqiqotchilar Kavkazda o‘suvchi  belladonani  alohida mustaqil tur deb xisoblaydilar.



       Bu eng muxim dori o‘simliklardan bo‘lib, Ukrainada ekiladi. Hamma organida ham atropin, giosiamin, beladonain skopolamin alkoloidi bor.

      Mingdevona avlodi - Hyoscyamus

       Bu  avlod  vakillari  11  turdan iborat zaharli begona o‘tlar bo‘lib, yuvropada, Osiyoda va Shimoliy Amerikada tarqalgandir. MDX  florasida 8, O‘zbekistonda 5 turi bo‘lib bulardan qora mingdevona ayniqsa ko‘p tarqalgan bu barglari yirma, tuxumsimon, chetlari o‘yilgan, patsiz tanasi yopishqoq  bezlar  bilan  qoplangan.  Ikki yillik o‘t o‘simlikdir. Gullari biroz zigomorf tuzilgan gajaksimon to‘p gul hosil qiladi. Kosachasi ko‘sakchasimon, tishlari keng uchburchakli. Gultoji och sariq, bo‘g‘zi qoramtirko‘k rangli  taram-taram,  binafsha  tomirli.  Mevasi  uchidagi bo‘rtganroq qopqoqchasi  orqali ochiluvchi ko‘p urug‘li ko‘sakcha ko‘sagi cho‘ziq idishga o‘xshash bo‘lganidan mingdevona, ba’zi yerlarda shayton kosa ham deb ataladi. Barglari va tanasi meditsinada keng qo‘llaniladi.

      Bangidevona avlodi - Datura

       Bu avlod vakillari 15 turdan iborat o‘t va butalardir. Ular ko‘proq issiqroq mamlakatlarda tarqalgan. Mevasi sirtidan tikanli ko‘pincha to‘rt pallaga bo‘linuvchi,  kosachasi tak qismida qoluvchi ko‘p urug‘li ko‘sakdir. O‘zbekistonda 4 turi bor, shundan oddiy bangidevona (D.stramonium) juda ko‘p tarqalgan.

     Oddiy bangidevonaning guli oq yakka-yakka voronkasimon, xila yoqimsiz hidli, poyasi yashil, yuqori qismi ayri bo‘lib shoxlangan bir yillik o‘t o‘simlikdir. Qishloqlarda xonadonlar tevaragida, xususan axlatlar tashlangan yerlarda begona o‘t sifatida g‘o‘zalar orasida o‘sadi. Hamma qismi zaxarli aloropin,giossiamin, sikopolamin, alkaloidlari bor. Barglari meditsinada ishlatiladi. Mollar tegmaydi.

      Tamaki avlodi - Nicotiana.

       Bu avlod 40 ortiqroq turdan iborat bo‘lib, asosan Amerikada, bir qismi boshqa qit’alarda tarqalgan.  Toki buta yoki o‘t  o‘simlik  bo‘lib, gullari yirik, gultoji varonkasimon, nayi varonkasimon yoki qo‘ng‘iroqsimon bo‘ladi. Mevasi tuxumsimon yoki qariyb sharsimon, mayda urug‘li ko‘sak bo‘lib, uchidan yorilib 2 yoki 4 pallaga ajraladi. Tamakining 2 turi bir yillik o‘simlik sifatida ekiladi.

      Chilim tamaki - (N. tabacum).

       Uning gullari pushti, qizil bo‘lib bargi uchun ekiladi.

      Moxorka (N. rustica)

       ning gullari ko‘kimtir-sariq. Har ikkalasining  ham  bir  qancha navlari bo‘lib,  barglari uchun ekiladi (126 rasm). Ularning tarkibida zaharli alkoloid-nikotin bor.

      Xushbo‘y tamaki yoki tamakigul -N. affinis

       U poyasi to‘g‘ri,  tik chiqqan,  serbarg, g‘oyat xushbo‘y, guli yirik, voronkasimon. Qaytarmasi oq,  bir yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, dokorativ o‘simlik sifatida ekiladi. Gulzorlarda chilidan kelgan Argenitinadan kelgan (N.  langifolia)  va boshqa turlar ekiladi. Bular bilan birga bo‘yi 30-40sm, barglar qarama-qarshi joylashgan, gullari xar xil rangli voronkasimon, barg  qo‘ltig‘idag chiqqan bir yillik o‘simlik petuniya ham ekiladi. Petuniyaning oq och qizil binafsha rangdagi gullari iyundan  oktyabrga qadar ochilib turadi.

      Ituzumguldoshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati.

       Bu oilaga  qarashli  turlari  dexqonchilikda muhim ahamiyatga ega. Chunki kartoshka,  pomidor, baklajon,  qalampir,  pag‘- pag‘ va shu kabilar keng miqyosda ovqat va sabzavot o‘simligisifatida ekiladi.

       Belladonna, mingdevona, banggidevona, akopoliya va boshqalar  dorivor o‘simlik sifatida ekiladi. Tamaki va moxorkalar narkotik o‘simlik sifatida ekiladi. Tamakining urug‘idan tamaki  yog‘ olinadi. Moxorka bargidan limon kislotasi olinadi. Gul tamaki, petuniya, banggidevona turlari, Berberov jingli dekorativ o‘simlik sifatida ekiladi. Ituzumdoshlarda har  xil  zaharli alkoloidlar salonin, leropin, geossiamin va boshqalar ba’zan glikozidlar bo‘lganidan  ularning  ko‘pchiligi  zaharli bo‘ladi. Shu sababdan mollar yemaydi,  bular orasida ituzum, bangidevona, mingdevona, oq shingil va boshqa begona o‘tlar ham uchraydi.

 


Yüklə 32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə