Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar va astraguldoshlar oilalari



Yüklə 32 Kb.
səhifə3/7
tarix25.02.2022
ölçüsü32 Kb.
#84115
1   2   3   4   5   6   7
Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshla

Sezalpinlar(Ceasalpiniaceae) oilasi.

 

       Bu oilaga kiradigan o‘simliklar daraxtlar,lianalar,butalar goho o‘tlar holida bo‘ladi va ketma-ket joylashgan,qo‘sh patsimon,goho oddiy barglar chiqaradi(oddiy barglar murakkab barglarning reduksiyalanishi natijasida yuzaga keladi) va hamisha yonbarglari bo‘ladi.Tuklari ba’zan deyarli aktinomorf, lekin odatda zigomorf,siklik bo‘lib, odatda besh a’zoli ba’zan to‘rt a’zoli doiralardan tashkil topadi. Kosachabarglari odatda erkin turadi.Gulbarglarning soni kosachabarglarning soniga teng yoki undan kamroq ular katta-kichik bo‘ladi,shu bilan birga orqa tomondagi eng yirik gulbargi yon gulbarglarning chetlari  bilan  qoplanib  turadi,yon gulbarglarini esa  pastki  gulbarglar bekitib turadi.Otaliklari o‘nta bo‘lib,ikki doira hosil qiladi. Ular bir-biriga qo‘shilmaydi-yu,lekin iplari ba’zan  bir-biriga birmuncha qo‘shilib o‘sadi. Ko‘pincha ba’zi otaliklar (masalan,orqadagi uchta otalik-gulbargi qarshisida turgan bitta otalik va kosacha qarshisida turgan ikkita otalik) staminodiyaga aylanadi, shunga ko‘ra gulning zigomorfligi kuchayadi.Ba’zan otaliklar butunlay reduksiyalanib ketadi,natijada  androtset  besh a’zoli bo‘lib,qoladi. Onaligi bir uyali tugunchasi bor meva bargchadan iborat bo‘lib,ba’zan gul o‘rnida hosil bo‘lgan band chiqaradi. Mevasi ba’zan ochiladigan ba’zan ochilmaydigan loviya shaklida. Ba’zi vakillarining urug‘i endospermdir.



       Shimoliy Amerikada o‘sadigan  gledichiya  degan  daraxt(Gleditschia triacanthos)juda diqqatga  sazovordir,bu daraxt uzunligi 10 santimetrdan oshadigan  oddiy  yoki  shoxlangan  tikanlar  chiqaradi. Gledichiya Krim,Kavkaz va  O‘rta  Osiyoda  dekorativ  daraxt o‘rnida o‘stiriladi:bu o‘simlik yaxshi asal beradi uni ixoto o‘rmonlari  barpo  qilishda  ko‘plab ekish maslahat ko‘riladi.

 

Selderdoshlar oilasi-Apiaceae.

 

       Bu oilaga kiradigan o‘simliklarning ko‘pchilik qismi o‘tsimon o‘simliklar bo‘lib,chala buta va buta o‘simliklari kam uchraydi.O‘tsimon o‘simliklar asosan shimoliy yarim sharning mo‘tadil iqlimli zonasida, buta va chala buta o‘simliklari esa tropik va subtropik mamlakatlarda o‘sadi.



       Barglari navbat bilan joylashgan,yonbargsiz,chetlari tekis yoki bir necha joyidan chuqur qirqilgan bo‘lib poyani qinlari bilan birmuncha o‘rab oladi.Poyaning yer ustki qismini ichi kovak unda moy yo‘llari  bor,bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlari bilinib turadi.

       Gullari mayda bo‘lib, soyabonsimon to‘pgullarga  to‘planadi. Murakkab soyabonning asosi  gulyonbarglardan  iborat  umumiy  o‘rama  ichiga olingan,soyabonlarning asosida ham mana shunday kichik o‘ramachalar bor.O‘rama va o‘ramachalarning  shakli,kattaligi  va qay xilda joylashganligi o‘simliklarni to‘g‘ri sistemasiga imkon beradigan muhim belgi xisoblanadi.

       Gullari aktinomorf,ikki  jinsli,ba’zan bir jinsli (bir yoki 2 uyli) lari ham uchraydi.Ba’zi bir  o‘simliklarda  to‘pgullarning  chetidagi tashqi tojbarglar ichkaridagilarga qaraganda yirikroq bo‘ladi. Gul kosachalari juda ham qiyalangan:kosachasi 5 tishli,mayda ko‘pincha rivojlanmay ham qoladi.Tojbarglari 5 ta, tutashmagan, uchi gulning ichkarisiga qarab bukilgan bo‘ladi.Otaligi ham 5 ta, g‘unchada tojbargiga o‘xshab ichkari tomon qaragan  holda yotadi.Urug‘chisi 2 mevabargli,tugunchasi ostki, 2 uyali,har qaysi uyasi bir  urug‘kurtakli.Tuguncha  2  ustunchali  bo‘lib,har qaysi ustunchaning asosini nektardan o‘rab turadi. Gullari  proteroandrin tipda (otaliklari onaliklaridan ilgari yetiladi) xashoratlar yordamida  chetdan changlanadi. Mevasi pishgandan keyin 2 ta mevachaga ajralib, karnoforda, ya’ni ipsimon qo‘shoq  mevaband  uchida  bir qancha vaqt osilib turuvchi qo‘sh pistachadir. Urug‘i endospermli va mevaqati bilan zich qo‘shilib o‘sgan.Soyabonguldoshlar oilasi 3500  taga  yaqin turni o‘z ichiga olgan avloddan iborat.

       Gul formulasi:

                                   Sa(5) So5  A5 G(1)

       Bu oilaning katta ahamiyatga ega bo‘lgan turlari quyidagilardir.

       Sabzilar avlodi (Dacus). Bu avlod vakillari 2 yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir. Ularning gullari 1 yoki 2 jinsli, oq yoki  sarg‘ish, o‘rtasidagi gullari qizil rangda. Mevasi  cho‘ziq, 5 ta tikanaksimon qovurg‘ali. Bu avlod 60 turdan iborat.Shimoliy yarim sharda,shu jumladan O‘zbekistonda ham tarqalgan.

       Yovvoyi sabzi. (D.carota). yuvropa va Osiyo mamlakatlarida uchraydi. 2 yillik o‘t  o‘simlik. Bu sabzi ildizining dag‘al va mayda bo‘lishi bilan ekma sabzidan farq qiladi. Ekma sabzi (D.sativus).2 yillik  o‘simlik. Chala buta va buta o‘simliklari kam uchraydi. O‘tsimon o‘simliklar asosan shimoliy yarim sharning mo‘tadil iqlimli zonasida, buta va chala buta o‘simliklari esa tropik va subtropik mamlakatlarda o‘sadi. Birinchi yili uzun  bandli  2-3 marta patsimon qirqilgan to‘pbarg va ildizmeva hosil qiladi. Ikkinchi yili sershox poya chiqaradi va oq gullar hosil bo‘ladi. Mevasi o‘ziga  xos  hidli ingichka o‘tkir tikanchalar bilan qoplangan. Shuning uchun bular o‘zaro bir-biriga yopishishadi. Sabzi sabzavot  sifatida va mollarga oziqa sifatida ekiladi.

       Kashnich (Coriandrum sativum. U gullari oq 2 jinsli, urug‘i silliq,bir  oz dumaloq yoki  ovalsimon, barglari qirqilgan bir yillik tuksiz yashil o‘simlikdir. Vatani O‘rta dengiz. Kashnich mevasida 0,8 %  gacha  korindrin efir moyi bor. 18% gacha yog‘ bo‘lib, u sovun ishlab chiqarishda va to‘qimachilik sanoatida ishlatiladi. Bargi taomlarga ko‘k sifatida ishlatiladi.

       Petrushka (Petroselinum crispus). U  ildizlari urchiqsimon, barglari 2-3 marta patsimon qirqilgan, gullari  sarg‘ish, oq, qizg‘ish  tusli  2  yillik o‘simlik.Uning hamma qismi yoqimli hid va ta’mga ega.Urug‘ida efir moyi bor.

       Tmin yoki qora zira (Carum). Bu ko‘p yillik yoki 2 yillik, ko‘pincha tuganaksiz o‘t o‘simlikdir. Barglari 2-3 marta patsimon  qirqilgan. Gullari 2 jinsli oq pushti yoki qizil rangli. Mevasi cho‘ziq yonidan siqilgan, qovurg‘asi yapsimon egatidagi moy yo‘llari bitta. Urug‘ining  ich  tomoni  yassi. 2turi (C.carvi  va C.atrisangueneun) O‘zbekiston florasida tarqalgan. Birinchi turi 2 yillik tuksiz o‘simlik. U  guli  oq  yoki  pushti, bo‘yi 40-60 sm  poyasi yakka egatli ichi bo‘sh ayri bo‘lib shoxlangan. Urug‘i cho‘ziq xushbo‘y hidli, jigarrang. Tog‘li rayonlarda o‘sadi. Mahalliy xalq  qorazira deb ataydi va ovqatga ziravor sifatida ishlatiladi.

 


Yüklə 32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə