Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshlar, labguldoshlar va astraguldoshlar oilalari



Yüklə 32 Kb.
səhifə2/7
tarix25.02.2022
ölçüsü32 Kb.
#84115
1   2   3   4   5   6   7
Dukkakdoshlar, soyabonguldoshlar, valerianadoshlar, ituzumdoshla

Kapalakgullilar (Papilionaceae) oilasi.

 

       Bu oilaga  kiradigan o‘simliklar o‘tlar, yarim butalar, goho daraxtlar holida bo‘lib, yonbargli patsimon yoki  barmoqsimon  murakkab, ba’zan oddiy barglar chiqaradi. Gullari odatda o‘rtacha yoki mayda bo‘ladi, gullari mayda bo‘lsa, odatda shingil, ba’zan boshcha, soyabon yoki boshoqsimon to‘pgul holida bo‘lib turadi. Gulning tuzilishi juda tipikdir. Beshta kosachabargi qo‘shilib o‘sgan va  goho  aktinomorf, goho  zigomorf, ba’zan  ikki kabli bo‘ladigan  gulkosacha hosil qiladi. Gultojining 5 ta gulbargidan yelkan deb ataladigan orqa bargi hammasidan katta bo‘lib ajralib turadi, uning yuqori qismi (qayirmasi) bandchasiga nisbatan deyarli to‘g‘ri burchak ostida joy oladi. Yelkanning chetlari bandchaning eshkak  yoki  qanotlar deb ataladigan ikki yonbargini yopib turadi, bu barglar assimetrik tuzilgan. Qanotlar,o‘z navbatida ikkita  pastki  barglarni  qoplab turadi, bu barglar  ham assimetrik  tuzilgan bo‘lib, bandchasi bor, ular boshdan oyoq yoki faqat yuqori qismdan bir-biriga qo‘shilib o‘sadi va  qayiqcha deb   ataladigan  bir  tuzilma  hosil  qiladi. Gulning  otaligi 10ta, gulida otaligida 9 ta yoki 5 ta bo‘ladigan kapalakgullilar oilasi kamdan-kam istisno tariqasidagina uchraydi. Ko‘pincha 9 ta otalik iplari onalik atrofida bir-biri bilan qo‘shilib tutashmas  naycha  hosil  qiladi, qo‘shilib o‘smay, erkin  turadigan  10-otalikning birmuncha keng tortgan, ipi o‘sha naychaning tirqishini yopib turadi. Ahyon-ahyonda 10  ta  otalikning hammasi  bir-biri  bilan  qo‘shilib ketadi, yoki aksincha, hammasi erkin qoladi. Otaliklar qo‘shilib o‘sgan bo‘lsa  ham kapalakgullilarning  o‘n a’zoli androtseyi besh a’zoli ikki doiradan kelib chiqqanligini ko‘rsatadigan belgilarini saqlab qoladi, bu otalikning uzun-qisqalikda ko‘rinadi: birmuncha uzun ipi beshta otalik kaltaroq beshta otalik bilan navbatlashib turadi. Onaligi, dukkaklilarning hamma vakilaridagidek, bir uyali ustki  tugunchasi  bor bitta meva bargchadan iborat. Mevalari ikki palla bo‘lib ochiladigan loviya shaklida, ular quruq yoki ba’zan suvli bo‘ladi. Ba’zan loviya  holidagi mevalar ochilib, munchoqsimon bo‘lib qoladi va bir mevali bo‘g‘imlarga bo‘linadi. Ba’zi  kapalakgullilar  oilasining mevalari mayda, bir urug‘li, ya’ni yong‘oqchaga aylangan bo‘ladi.



       Kapalakgullilar oilasining ko‘pchiligi hashoratlar bilan changlanadi, gullarning murakkab  tuzilganligi  ham  shunga  bog‘liq. Ochiq rangli gultojida yelkan qayirmasi yaqqol bo‘lib ko‘rinib turadi: changlovchi hashoratlarni jalb etishda shu tuzilma asosiy rolni o‘ynasa ajab emas.

       Kapalakgullilar oilasi o‘zining xo‘jalikda tutgan ahamiyati  jixatidan yopiq urug‘li o‘simliklarning eng muhim oilalaridan biridir. Ularning ahamiyati birinchi galda kapalakgullilarning va umuman dukkaklilarning Bacterium radicicola degan umumiy nom bilan ataladigan bakteriyalar bilan birga yashashga bog‘liq. Bacterium radicicola turlari orasida fiziologik  jihatdan  mustaqil  bo‘lgan  bir qancha formalar borki, ularning har biri kapalakgullilar oilasining ma’lum  bir  turlari yoki tur  guruhlari bilan birga yashaydi. Ildiz tuklari orqali tuproqdan birlamchi ildiz po‘stiga o‘tadigan tugunak bakteriyalarning urchishi natijasida ildiz parenximasi o‘sib qalinlashadi va tugunaklar deb ataladigan o‘simtalar hosil qiladi. Ildizdan joy oladigan bakteriyalar  atmosferadagi elementlar  azotni (uning zapasi tuganmasidir) juda yaxshi o‘zlashtira oladi va shu azotni tabiatda biologik moddalar  almashinuviga kiritadi.

       Tuganak bakteriyalar ishlab chiqaradigan oqsil moddalarni dukkakli o‘simliklar o‘zlashtiradi, shunga ko‘ra azot kam tuproqda ham yaxshi o‘saveradi. Dukkakli o‘simlikning ildizi va boshqa qismlari chiriganda birikmalar holida  to‘plangan organik azot zapasi tuproqqa o‘tadi va chirib hamda boshqa bakteriyalar ishtiroki bilan yashil o‘simliklarga azotli oziq beradigan manba bo‘lib qoladi.

       Dukkaklilar tartibi turlarning yarmidan ko‘prog‘ini o‘z ichiga  oladigan kapalakgullilar oilasi butun yer yuzidagi o‘rta iqlimli mamlakatlarga tarqalgan bo‘lib, o‘t va butasimon formalar ko‘rinishida o‘sadi, ammo kapalakgullilar orasida  tropiklarga  yaqin joylarda, asosan daraxtlar holida o‘sadigan vakillar ham uchraydi.

       Kapalakgullilar oilasi  odatda ikki gruppaga bo‘linadi:

       a) otaliklari erkin turadigan kapalakgullilar oilasi va  b)10  ta  otalikning hammasi yoki ko‘pincha faqat 9 tasi qo‘shilib o‘sadigan va 10-si erkin qolib, otalik naychasi tirqishini berkitib turadigan kapalakgullar. Birinchi gruppaga kiradigan kapalakgullar oilasi Caesalpiniaceae ga hammadan yaqin turadi va shu o‘simliklar vositasi  bilan  atirgullar oilasiga bog‘lanadi.

       Kapalakgullar oilasi orasida ovqat bo‘ladigan o‘simliklardan quydagilar ayniqsa  muhimdir. No‘xat (Pisum sativum) juft patsimon barglar chiqaradigan o‘tsimon o‘simlikdir, barglari  yirik yonbargli  bo‘ladi  va uchidan shoxlangan jingalaklar chiqaradi, gullari oq. No‘xat ovqatga ishlatilishi jihatidan juda katta ahamiyatga ega, chunki urug‘lari  oqsillarga boyligi jihatidan go‘shtga yaqin turadi (lekin dukkaklilarning oqsillari hayvon oqsillariga nisbatan kamroq xazm bo‘ladi), bundan tashqari, talaygina kraxmali bo‘ladi. Ba’zi navlarning mevalari shakarga boy bo‘ladi va yetilmagan holida ovqatga ishlatiladi. No‘xatning  asosiy  mahsuloti (urug‘i) dan tashqari yer ustki vegetativ qismlaridan ham foydalaniladi ular oqsilga boy bo‘lganidan qimmatli yem-hashak o‘rnini bosadi. No‘xat ko‘p azot  to‘playdigan o‘simlik bo‘lgani uchun keyin ekiladigan o‘simliklarning hosiliga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Loviya (Phaseolus  vulgaris) ning bir qancha navlari bor, ular urug‘larning katta-kichikligi, shakli va rangi bilangina emas, balki  quruqlikka chidamligi, tezpisharligi bilan  ham  ajralib turadi va hokazo. Bu o‘simlikning ona vatani janubiy Amerikadir  degan  ma’lumotlar  bor. Loviya ko‘pincha janubiy  rayonlarda  ekiladi,shimolda  xavoning nam va salqin bo‘lishi loviyaning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. O‘rta Osiyoda loviyaning alohida bir turi mosh (Phaseolus Mungo) ko‘p tarqalgan, mosh ham ovqatga ishlatiladi.

       Yeryong‘oq (Arachis hypogara) - o‘t o‘simligi bo‘lib, juft patsimon barglar va geokarp bo‘lishi bilan ajralib turadigan sariq gullar chiqadi. Guli ochilib to‘kilgandan keyin tuguncha bandi (ginofor) cho‘zilib, pastga qayriladi, natijada tuguncha tuproqqa kiradi va shu yerda  loviyasimon meva tugadi. Meva yoni quruq  bo‘lib yuzasi  turlaydi. Har qaysi mevada (dukkakda) bir nechtadan doni bo‘ladi. Donida 55%  ga yaqin moy va 25-35% oqsil bor. Yeryong‘oqdan  olinadigan moy eng yaxshi o‘simlik moylaridan hisoblanadi va zaytun moyidan uncha qolishmaydi.

       Sebarga (Trifolium) uch qo‘shaloq (ba’zan besh qo‘shaloq) g‘alati barglar chiqaradigan o‘t o‘simliklarini o‘z  ichiga  oladi. Boshcha-boshcha  bo‘lib turadigan gullari  birmuncha  mayda  va qizil, pushti oq goho sariq va qo‘ng‘ir bo‘ladi. Mevalari bitta ba’zan 2-6 ta  urug‘  tugadigan  va  sal yoriladigan loviya xolidadir.

       Qishloq xo‘jaligida qizil sebarga yoki yovvoyi sebarga  (Trifolium  pratense) katta ahamiyatga ega.

       Termopsis (Thermopsis lanceolata)-qirlarda, Volga bo‘ylarida, Sibir va O‘rta Osiyoda ko‘p uchraydi va ba’zan begona o‘t holida o‘sadi. Bu o‘simlikdan yo‘talga qarshi dori olinadi,shu bilan birga  termopsisning  chetdan keltiriladigan ipekakuacha  ildizining  o‘rnini bosa olishi hozir aniqlan-gan.

       Bo‘yoq beradigan drok (Genista tinctoris) - qirlarda, qisman o‘rmonlar o‘sadigan buta o‘simlikligining shingil - shingil sariq gullaridan och sariq rangli yaxshi bo‘yoq olinadi. Tropik qisman subtropik mintaqada ko‘p ekiladigan  Indigofera tinctoria indigo degan aynamas ko‘k bo‘yoq beradi. O‘rta Osiyoda o‘sadigan va traganta deb ataladigan ba’zi Astragalus turlaridan olinadigan sirach to‘qimachilik, ko‘pchilik sanoatida, gugurt ishlab chiqarishda, bo‘yoq va parfmeriya sanoatida, shuningdek konditer korxonalarida ishlatiladi.

       Kapalakgullilarning ba’zi daraxtsimon formalari juda qattiq, qimmatli yog‘och beradi; masalan, qizil sandal daraxti va afrika qora daraxti shular jumlasidandir.      

       Bizda o‘sadigan sariq akatsiya (Caragana arborescens) va shunga yaqin turadigan derez (G. frutex) turi yashil devor qilib ekiladi.

       Bir yillik kapalakgulli o‘simliklardan lyupin (Lupinus) o‘t o‘simliklardan lyupin (Lupinus) o‘t o‘simlik bo‘lib, barmoqsimon-murakkab g‘alati barglar chiqaradi, barglari 5-11 ta bargcha bo‘ladi. Gullari oq, sariq yoki ko‘p rangda shingil - shingil bo‘lib turadi. Qishloq xo‘jaligida sariq lyupin (L. luteus),  ingichka bargli lyupin (L. angustifolius) va oq lyupin (L. albus) ning ahamiyati bor. Lyupinlar ikki jihatdan ahamiyatga ega. Ular juda ko‘p azot to‘playdi, shunga ko‘ra qum tuproqli ariq yerlar ham azotga ancha boy bo‘lib qoladi. Ikkinchi tomondan, lyupinlar oqsilga juda boy bo‘lib, yaxshi yem - xashak o‘rnini bosadi.

 


Yüklə 32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə