Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari. Dorivor o’simliklar xom ashyosini yig’ish, quritish standart holatiga keltirish, idishlarga joylashtirish, transport voitalari bilan jo’natish, saqlash. Ma’ruza rejasi


MAHSULOTNI TRANSPORT VOSITALARIDA JO‘NATISH



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix29.03.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#103503
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari. Dorivor o

MAHSULOTNI TRANSPORT VOSITALARIDA JO‘NATISH
 
Tayyorlangan, quritilgan va idishlarga joylashtirilgan mahsulotlar o‘z vaqtida saqlanadigan va 
ishlatiladigan joylarga jo‘natilishi lozim. Agarda mahsulotlarni tarnsport vositasi orqali 
jo‘natishda tegishli qoidalarga rioya qilinmasa, u yulda namlanishi, maydalanishi va boshqa 
sabablarga ko‘ra o‘z sifatini yo‘qotishi mumkin. 
Dorivor mahsulotlar GOST 14192-77 va GOST 17768-80 larga binoan quruq, toza, hech qanday 
hidi bo‘lmagan, usti yopiq transport vositalarida jo‘natiladi. 3aharli, kuchli ta’sirga ega hamda 
o‘zida efir moyi saqlovchi dorivor mahsulotlarni boshqa mahsulotlardan alohida boshqa 
transport vositalarida (ayrim avtomashina, ayrim temiryo‘l vagoni va boshqalar) yuborilishi 
lozim. 
DORIVOR MAHSULOTLARNI SAQLASH
Tayyorlangan dorivor mahsulotlar ishlatilishiga qadar ma’lum vaqt ichida ko‘p 
(markazlashtirilgan ombor, zavod, fabrika va laboratoriya omborlari) yoki oz (dorixonalarda) 
miqdorda saqlanadi. SHu davrda dorivor mahsulot o‘z sifati va qimmatini yo‘qotmasligi uchun 
ma’lum qoidalarga rioya qilishga to‘g‘ri keladi. 


Dorivor mahsulotlar saqlanadigan bino va xonalar toza, quruq va shamol o‘tib turadigan bo‘lishi 
lozim. Mahsulotlarga quyosh tushmasligi va xonaning poli taxtadan, devorlari oqlangan bo‘lishi 
shart. 
Dorivor mahsulotlar mahsus stelaj yoki so‘rilar ustiga qo‘yiladi. So‘rilarning balandligi 4 m 
gacha, eni 1,5 m bo‘lishi, devorgacha masofa 25 sm, so‘rilarning o‘zaro oralig‘i 50 sm va poldan 
balandligi 15-20 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Dorivor mahsulotlar saqlanadigan xonalar har kuni tozalanib turilishi, xona harorati 10-15° 
bo‘lishi lozim. 
Dorivor mahsulotlarni saqlash uchun guruhlarga bo‘lish kerak. Zaharli va kuchli ta’sir etuvchi 
dorivor mahsulotlar, masalan, belladonna, angishvonagul, marvaridgul, bangidevona, mingdevo-
na va boshqalar alohida xonalarda saqlanishi lozim. SHuningdek tarkibida efir moyi bo‘lgan 
dorivor mahsulotlar ham iloji boricha alohida xonalarda yoki boshqa dorivor mahsulotlardan 
uzoqroq joyda saqlanishi lozim. 
Quritilgan mevalar, masalan, malina, chernika va boshqalarni havo o‘tib turadigan joylarda 
saqlash yoki mahsulot miqdori kam bo‘lsa osib qo‘yish kerak. Bu mevalarga hashoratlar va 
kemiruvchilar o‘ch bo‘ladi. SHu sababli tez qurtlab ketishi mumkin. 
Har bir dorivor mahsulot ustiga yorliq (birka) osib qo‘yiladi. YOrliqqa mahsulot nomi, qachon, 
qaerda, kim tayyorlagani, omborga qachon keltirilgani yozilgan bo‘ladi. 
Zaharli dorivor mahsulotlar ustiga umumiy yorliqdan tashqari yana pushti rangli yorliq ham osib 
qo‘yiladi. 
Dorivor mahsulotlarni saqlash muddati har xil bo‘lib bu muddat dorivor mahsulotlar tarkibidagi 
kimyoviy birikmalar tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ofitsinal dorivor mahsulotlarning (Davlat 
farmakopeyasiga kiritilgan) saqlash muddatini Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydi. Davlat 
farmakopeyasiga kirmagan dorivor mahsulotlarni Davlat farmakopeya qo‘mitasi ko‘rsatmasiga 
binoan har yili bir marta ko‘rikdan o‘tkaziladi. 
Dorivor mahsulotlarning saqlash muddati tamom bo‘lganidan so‘ng tarkibidagi ta’sirchan 
kimyoviy birikmalar miqdori yoki ta’sir etish kuchi aniqlanadi. Tahlil natijasi standart talabiga 
to‘g‘ri kelmasa, mahsulot tashlab yuboriladi. Agar dorivor mahsulotlarni saqlash davrida biror 
nuqson sezilsa, dorivor mahsulotni saqlash muddatini kutib o‘tirmasdan tezda tahlil qilinadi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə