Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari. Dorivor o’simliklar xom ashyosini yig’ish, quritish standart holatiga keltirish, idishlarga joylashtirish, transport voitalari bilan jo’natish, saqlash. Ma’ruza rejasi


DORIVOR MAHSULOTLARNI IDISHLARGA JOYLASHTIRISH (QADOQLASH)



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix29.03.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#103503
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari. Dorivor o

DORIVOR MAHSULOTLARNI IDISHLARGA JOYLASHTIRISH (QADOQLASH)
 
Standart holiga keltirilgan dorivor mahsulotlar turiga karab har xil qadoqlanadi. Dorivor 
mahsulotlarni idishlarga joylashtirish (qadoqlash) ularni tashqi ta’sirlardan va to‘kilish, -
sochilishdan, ishlatiladigan muddati ichida uning sifatini va tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmasdan 
saqlanishini hamda transport vositalarida jo‘natish va tashishni ta’minlashi lozim. 
Mahsulotlarni joylashtirishga qoplar, xaltachalar (paketlar), taxtadan va karton qog‘ozdan 
yasalgan yashiklar va kutichalar hamda toylash uchun yasalgan yashiklar va boshqalar 
ishlatiladi. Ishlatiladigan idishlar quruq, toza, hech qanday hidi bo‘lmasligi hamda har bir partiya 
uchun bir xil bo‘lishi kerak. 
Mahsulotlar 
joylashtiriladigan 
idishlar, 
idishdagi 
mahsulotlarning 
og‘irligi dorivor 
mahsulotlarning turiga qarab aniqlanadi va ular tegishli me’yoriy hujjatlarda, masalan 
farmakopeya maqolasi (FM) va GOST larda ko‘rsatiladi: 


Quritilgan dorivor mahsulotlarni qadoqlash uchun quyidagi idishlardan foydalaniladi:. 
GOST 19317-73 bo‘yicha matodan tikilgan qoplar
yoki 
GOST 18225-72 bo‘yicha zig‘ir-jut-
kanop tolalaridan to‘qilgan qoplar
. Bu qoplar bir yoki ikki qavat holida ishlatilishi mumkin. 
Qoplarning og‘zi qo‘l (GOST 17308-85 ga binoan kanop ip bilan) yoki mashina (GOST 14061-
85 ga binoan zig‘ir tolasidan qilingan ip bilan) yordamida tikiladi. Qopga solingan mahsulot 
og‘irligi 40 kg dan oshmasligi kerak. 
GOST 2226-75 bo‘yicha ko‘p qavatli qog‘oz qoplar va GOST 24370-80 bo‘yicha ikki yoki bir 
qavatli qog‘ozli xaltalar.
Mahsulot bilan to‘ldirilgan qog‘oz qoplar, xaltalar og‘zi yuqorida 
ko‘rsatilgan iplar bilan qo‘l yoki mashina yordamida tikiladi. 
Bir yoki ikki qavat xaltalar tayyorlash uchun maxsus qog‘ozlar (GOST 2229-81 E va GOST 
1760-81 ga binoan) ishlatiladi. Qog‘oz qopga 15 kg, qog‘oz xaltaga 5 kg dan ortiq maxsulot 
solinmasligi kerak. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə