Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari. Dorivor o’simliklar xom ashyosini yig’ish, quritish standart holatiga keltirish, idishlarga joylashtirish, transport voitalari bilan jo’natish, saqlash. Ma’ruza rejasi


Matodan tikilgan GOST 19298-73 bo‘yicha uzun va olti qirrali yashik shaklli toylar



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix29.03.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#103503
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari. Dorivor o

Matodan tikilgan GOST 19298-73 bo‘yicha uzun va olti qirrali yashik shaklli toylar.
Toylarga 
50 kg dan ortiq bo‘lmagan miqdorda dorivor mahsulot solinadi va ularning og‘zi yuqorida aytib 
o‘tilgan, tegishli GOST larda ko‘rsatilgan iplar bilan qo‘lda yoki mashina yordamida tikiladi. 
Ba’zan usti mato bilan o‘rab tikilmagan toylar ham qo‘llaniladi. 
YOg‘ochdan GOST 5959-80 bo‘yicha yasalgan yashiklar.
YAshiklar ichiga tegishli GOST 
larda ko‘rsatilgan B - markali qog‘oz (GOST 8273-75) yoki qop tikiladigan qog‘oz (GOST 
2228-81) solib, so‘ngra dorivor mahsulot bilan to‘ldiriladi. YOg‘och yashiklarga 30 kg gacha 
og‘irlikda dorivor mahsulot solinadi. Keyin uning qopqog‘i mixlanadi. 
Kartondan GOST 15629-83 bo‘yicha yasalgan yashiklar
. Bu yashiklarni dorivor mahsulotlar 
bilan to‘ldirishdan avval ularni ichiga tegishli qog‘ozlar solinadi. Oxirida karton yashiklar ustiga 
maxsus elim qog‘oz lentalar yopishtiriladi yoki ikki eridan po‘lat sim bilan o‘raladi (GOST 
32822-74). 
Karton yashiklarga solingan dorivor maxsulot og‘irligi 25 kg dan oshmasligi lozim. 
Dorivor mahsulotlarni joylash uchun kerakli bo‘lgan idishlar bu mahsulotlarning turiga va 
hususiyatiga qarab tegishli GOST ga binoan tanlanadi. Masalan: 
- o‘simliklarning er ustki qismi, bargi, po‘stlog‘i, ba’zan gullari, ildizi va ildizpoyalarini odatda 
oldin preslab, so‘ngra maxsus toylaydigan yashiklarga solinadi. Bu usul qopga yoki yashiklarga 
solib, joylashtirishga nisbatan arzon tushadi hamda tashish yoki saqlash davrida dorivor 
mahsulotni issiqdan, namlikdan va quyosh ta’siridan yaxshi himoya qiladi. 
- quritilgan xo‘l mevalar, shoxkuya hamda ayrim qimmatbaho va og‘ir mahsulotlar ikki qavat 
qilib tikilgan qoplarda saqlanadi. 
- toylab bo‘lmaydigan engil dorivor mahsulotlar ikki qavatli katta qoplarga, tez maydalanib 
ketadigan moychechak, marvaridgul gullari, qarag‘ay kurtagi va boshqalar ichiga zich qilib bir 
necha qavat qog‘oz solingan yashiklarga joylashtiriladi. 
Dorivor mahsulotlarni aholiga sotish uchun qadoqlashda GOST 64-026-87 bo‘yicha qog‘ozdan 
(kartondan) yasalgan qutichalar, qog‘oz va polietilen xaltachalar va boshqalardan foydalaniladi. 


Qanday idishlarga va qanchadan dorivor mahsulot qadoqlanishi, xuddi shuningdek xaltachalar va 
qutichalar og‘zi qanday elim bilan elimlanishi, dorixona va omborlarga jo‘natish uchun 
yashiklarga qancha xaltacha va qutichalar joylashtirilishi kerakligi tegishli me’yoriy-texnik 
hujjatlarda ko‘rsatiladi: 
Dorivor mahsulot idishlarga joylashtirib bo‘lingandan so‘ng, ular joylashtirilgan idish ustiga shu 
mahsulot to‘g‘risida to‘liq ma’lumot yoziladi (tamg‘alanadi) yoki tegishli yorliq osiladi. 
Sotish uchun dorixonalarga chiqariladigan dorivor mahsulotlar idishi (karton quticha, polietilen 
xaltacha, yashik va boshqalar) ustiga GOST 17768-80 ga binoan quyidagilar yozilgan bo‘lishi 
kerak: 
- vazirlik, tayyorlagan korxona va uni tovar belgisi; mahsulotning lotin, rus va o‘zbek tilidagi 
nomi; namlikni eng ko‘p ruhsat etiladigan holatidagi mahsulot og‘irligi, ishlatish usuli, saqlash 
sharoiti, hisobga olingan nomeri, seriya nomeri, saqlash muddati va bahosi. 
Transport vositasida jo‘natiladigan dorivor mahsulot idishi ustiga GOST 14192-77 buyicha 
quyidagilar yozilgan bo‘lishi kerak: vazirlik (muassasa, boshqarma), jo‘natgan korxananing 
nomi, mahsulot nomi, namlikni eng ko‘p ruhsat etiladigan holatdagi mahsulotni sof (netto) 
og‘irligi, idishi bilan birgalikdagi (brutto) og‘irligi, tayyorlangan yili va oyi, partiya nomeri, 
ko‘rsatilgan mahsulotning me’yoriy-texnik hujjati (MTX)ning darajasi va nomeri. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə