Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari. Dorivor o’simliklar xom ashyosini yig’ish, quritish standart holatiga keltirish, idishlarga joylashtirish, transport voitalari bilan jo’natish, saqlash. Ma’ruza rejasi


Yer ostki organlar (ildiz, ildizpoya, tuganak na piyozlar)



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix29.03.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#103503
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Dorivor o’simliklar xom ashyosini tayyorlash asoslari. Dorivor o

Yer ostki organlar (ildiz, ildizpoya, tuganak na piyozlar)
 
odatda o‘simlik uyquga kirgan vaqtida 
– erta bahorda yoki kech kuzda tayyorlanadi. Ba’zi er ostki organlarni o‘simlik gullab 
bo‘lganidan so‘ng yig‘iladi. CHunki ularning ba’zilarini o‘sayotgan erida baland bo‘yli begona 
o‘simliklar orasidan topish qiyin (solab turlari va boshqalar), ba’zilarini qurib qolgan poyalarini 
esa shamol sindirib uchirib ketadi (etmak va boshqalar). 
Yer ostki organlarni belkurak, ketmon va boshqa asboblar bilan qazib olinadi. Bir joyni o‘zida 
usimlik ko‘p hamda er ostki organlari yaxshi taraqqiy etgan bo‘lsa, u holda traktor bilan kovlab 
olinadi (qizilmiya va boshqalar). Yig‘ilgan er ostki organlarni loy, tuproq, qum, barg va 
poyalardan tozalab (ba’zilarini suvda yuvib), quritish uchun mayda bo‘laklarga qirqiladi.
7
O‘simlikning er ustki qismlarini, masalan bargi, guli va boshqa qismlarini shudring 
ko‘tarilgandan so‘ng havo ochik paytida yig‘ib olinadi. YOmg‘ir yoki ertalabki shudring 
ko‘tarilmasdan oldin yig‘ilgan o‘simliklarni quritish qiyin, ular qurtilganida ham qorayib ketadi. 
Yig‘ilgan dorivor mahsulotlarni savatlarga bosib yoki bir epra uyub qo‘yib bo‘lmaydi, chunki 
namlik va issiqlik (qizish yoki quyosh harorati) ta’sirida o‘simlik to‘qimalarida chuqur 
biokimyoviy o‘zgarishlar ro‘y beradi, organimzga ta’sir etuvchi kimyoviy birikmalar parchalanib 
ketib, dorivor mahsulot o‘z qimmatini yo‘qotadi. 
DORIVOR MAHSULOTLARNI QURITISH
 
Tayyorlangan dorivor mahsulotlarni boshqa o‘simlik aralashmalari, loy, tuproq, qum va 
boshqalardan tozalangandan so‘ng tezda quritishga kirishiladi. 
Quritishning eng oddiy va oson usuli tabiiy sharoitda, ya’ni ochiq havoda quritishdir. Lekin 
o‘simliklarning er ustki qismlarini (po‘stloq, meva va urug‘laridan tashqari) ochiq havoda
quyoshda qurutib bo‘lmaydi. Aks holda o‘simlikning er ustki organlari hujayralaridagi yashil 
rang beruvchi xlorofill hamda gul qismlaridagi rang beruvchi pigmentlar parchalanib ketib, poya, 
barg va qisman gullar sarg‘ayib (ko‘pincha gullar rangsizlanib) qoladi. Xlorofill pigmenti 
parchalanishi bilan birga o‘simlik tarkibidagi boshqa kimyoviy birikmalar ham gidrolizlanishi 


mumkin. SHuning uchun ham odatda quyosh issig‘ida faqat yer ostki organlar, po‘stloq, meva va 
urug‘lar quritiladi. 
O‘simlikning er ustki qismlari (poya, barg va gullar) maxsus qurilgan bostirma, shiypon yoki 
cherdaklarda quritiladi. Bu joylar toza va shamol o‘tib turadigan bo‘lishi kerak. Dorivor 
mahsulotlar maxsus ishlangan stelajlarga yupqa qilib yoyiladi. 
Meva quritiladigan quritgichlarni ham dorivor mahsulotlarni quritishga moslashtirish mumkin. 
Bundan tashqari, ho‘l mevalarni, masalan, chernika, malina, klyukvani rus pechida (non yopib 
bo‘lgandan so‘ng) quritsa ham bo‘ladi. 
So‘nggi yillarda dorivor o‘simlik mahsulotlarini tabiiy usulda quritish bilan bir qatorda turli 
tipdagi quritgichlarda sun’iy quritish keng qo‘llanilmokda. 
Ayrim dorivor o‘simliklar tarkibidagi ta’sirchan qimmatbaho kimyoviy birikmalar (masalan, 
glikozidlar) tabiiy ravishda uzoq quritilganda parchalanib ketishi mumkin. SHuning uchun ularni 
sun’iy ravishda quritgan yaxshi. Bundan tashqari, sun’iy ravishda quritilganda dorivor mahsulot 
tez quriydi va sifatli bo‘ladi. 
Tarkibida efir moyi bo‘lgan dorivor mahsulotlar 25-30
0
da, alkaloidlar, glikozidlar va boshqa 
moddalar bo‘lgan dorivor mahsulotlar 50-60

da quritilishini esda tutish kerak. Mahsulotni juda 
quritib yubormaslik lozim. Aks holda u kukunga aylanib ketadi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə