17
Qadimgi Misrda ajralish mutlaqo erkin bo`lgan. Xotin o`z xohishi bilan nikohni bekor qilishi mumkin edi.
Meros barcha bolalar o`rtasida teng taqsimlangan. Qizlar ham o`g`illar bilan teng hissa olganlar.
Misr huquqiga
vasiyat tushunchasi ham ma’lum. Meros qoldiruvchi o`limidan oldin o`z mulkining
bir qismini
alohida shaxslarga vasiyat qilib qoldirishi mumkin bo`lgan. U
shuningdek, vasiyatda o`z mulkining ma’lum qismini
xudolar yo`liga qurbonlik qilinishini merosxo`rlar zimmasiga yuklashi mumkin edi.
Misr huquqida jinoyat deb tan olinadigan xatti-harakatlarning ancha keng doirasi
ma’lum. Ijtimoiy va davlat tuzumi asoslariga ozgina bo`lsada suiqasd qilishlik uchun og`ir
jazolar nazarda tutilgan.
Davlat tuzumiga qarshi qaratilgan jinoyatlar bilan bir qatorda diniy qoidalarni
buzgan shaxslarga ham o`lim jazosi berilgan. Xudolarga bag`ishlangan hayvonlarni qasddan
o`ldirish, ibislarni (issiq mamlakatlarda yashaydigan laylakka o`xshagan uzun oyoqli qush), mushuklarni, boyo`g`lilarni
va boshqalarni o`ldirish, Nil daryosini ifloslantirish, murda ko`milgan go`rni qazish,
taqiqlangan joyga murdani
ko`mish va boshqalar ham og`ir jinoyat hisoblangan.
Davlat sirlarini oshkor qilishlik og`ir jinoyat hisoblanib, buning uchun aybdorlarning tili kesilgan. Soxta
narsalar yasash ham jinoyat deb topilib, bu jinoyatda ayblanganlarning qo`li kesilgan. Qalbaki muhrlar, pullar
yasaganlarning ikki qo`li kesilgan, shuningdek, soxta tosh-tarozilardan foydalanganlarga tana a’zolaridan birini mayib
qilish (kesib tashlash) jazosi qo`llangan.
Otasini o`ldirgan farzandning tanasidan go`shtlarini sug`urib olib, so`ngra tikanlarga yotqizganlar, undan keyin
yoqib yuborganlar.
Xotinning eriga xiyonati (bevafolik qilishi) og`ir jinoyat hisoblangan. Bunda xiyonatkor xotinning burni
kesilgan, uning ishtirokchisiga esa kastratsiya jazosi berilgan.
Shu narsa xarakterliki, Misrda
jazolar juda og`irligi bilan ajralib turgan.
Uning asosiy
maqsadi qo`rqitish bo`lgan. Misrda jazolarning eng ko`p tarqalgan turi o`lim jazosi
hisoblangan. U yoqib yuborish yoki qoziqqa o`tqazish, boshini kesish, osish, tiriklayin ko`mib
yuborish, qo`l-oyoqlarini butga tortib mixlash kabi usullarda qo`llangan. O`lim jazosi bilan
birga tana a’zolarini mayib qiluvchi jazolar: qo`llarini, quloqlarini, burnini, tilini kesish,
kastratsiya va boshqalar; qamchi bilan urish ko`rinishidagi tan jazolari, majburiy tartibda og`ir ishlarga jo`natish
(katorgaga surgun) jazosi; nihoyat, turmada saqlash kabi jazolar bo`lgan.
Fuqarolik va jinoyat ishlari bo`yicha sud ishlarini yuritish bir xil bo`lgan. Jinoyat ishlari
ham fuqarolik ishlari
singari jabrlanuvchining shikoyati bilan qo`zg`atilgan. Sud ishlarini yuritishda oshkoralik va og`zakilik bo`lmagan.
Sudda prokurorlik vazifasi, ya’ni ayblovni qo`llash huquqi jabrlanuvchining o`ziga berilgan. Jabrlanuvchi o`z
shikoyatida aybdorga qanday jazo berilishi kerakligini, uningcha qancha miqdorda jarima undirilishi lozimligini
ko`rsatishi kerak bo`lgan. Ayblanuvchi sudda o`zini o`zi himoya qilishi lozim bo`lgan.
Jinoyat
huquqi
Sud
jarayoni
18
QADIMGI MESOPATAMIYADA DAVLAT VA HUQUQ
(Shumer va Bobil)
REJA:
1. Davlatlarning paydo bo`lishi
2. Qadimgi Shumerning ijtimoiy va davlat tuzumi
3. Bobil davlatining ijtimoiy tuzumi
4. Bobilning davlat tuzumi
5. Qadimgi Mesopotamiyada huquqning asosiy belgilari
Tavsiya etiladigan adabiyotlar.
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998.
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998.
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarihi. Samarqand.1992.
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996.
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996.
6. O.A.Жидкова. Н.A.Карашениникова. История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 1-
частъ.
7. O.A.Жидкова. Н.A.Карашениникова. История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 2-
частъ.
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., Adolat.1999.1- qism
9, H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.,TDYuI..2005.1- qism
1. Davlatlarning paydo bo`lishi
Mesopatamiyaning janubiy qismi (Ikkidaryo oralig`i)da, ya’ni Fors qo`ltig`ining Dajla va Frot daryolari
oralig`ida qadimgi tosh asri (paleolit) zamonlarida hamma yerlar botqoqlikdan iborat bo`lib, bu yerda odamlarning
hayot kechirishi mumkin bo`lmagan.
Eng qadimgi odamlarning asosiy mashg`uloti ovchilik va ayniqsa baliq ovlash edi.
Dajla va Frot daryolari vodiysi ko`pgina avlodlarning mehnati tufayli misli ko`rilmagan ko`p hosil beradigan
serhosil mamlakatga aylangan. Bu yerda qishloq xo`jaligi va u bilan bog`liq holda hunarmandchilikning rivojlana
borishi aholining tez o`sishiga olib kelgan. Katta qishloqlar paydo bo`lgan, ulardan ba’zilari kattalashib, devorlar bilan
o`ralgan shaharlarga aylangan.
Shu tariqa, miloddan avvalgi IV ming yillikning oxiri - II ming yillikning boshlarida
birinchi shahar-davlatlar vujudga kela boshlagan. Miloddan avvalgi III ming yillikning ikkinchi choragida Uruq, Kish,
Ur, Lagash kabi shahar-davlatlarning aholisi bir necha ming kishiga yetgan edi.
Miloddan avvalgi III ming yillikda ibodatxonalarning yerlarini jamoa yerlaridan ajralib chiqishi hisobiga
podsho-cherkov xo`jaligi ham tashkil topgan.
Shahar-davlatlar dastlab Ikkidaryo oralig`ining janubiy qismidagi ikkita qabilaviy guruhlar: shumerlar va
akkadlarda kelib chiqqan. Miloddan avvalgi III ming yillikning oxirlarida Ikkidaryo oralig`iga kelib joylashgan turli
qabilalar guruhlari batamom qo`shilib ketgan, lekin ularning asosiy qismlarining nomlari saqlanib qolgan. Bular
janubda Shumer, shimolda Akkad edi.
Ikkidaryo oralig`ining eng kuchli shahar-davlatlari o`rtasida butun mamlakat (yoki loaqal uning katta qismi)
ustidan siyosiy hukmronlik qilish uchun qayta-qayta urushlar boshlanib ketgan.
Miloddan avvalgi XXVIII-XXVII asrlarda Kish shahar-davlati yuksalib, uning hukmdori birinchi bo`lib lugal
("katta odam", "xo`jayin") degan unvonni olgan. Biroq Uruq hokimi Gilgamish (keyin afsonaviy qahramonga aylangan)
miloddan avvalgi XXVII asrda Kish armiyasini yengib, Lagash, Nippur va boshqa shahar-davlatlarni bo`ysundirgan.
Miloddan avvalgi XXV asrda siyosiy hukmronlik Urga, XXV-XIV asrlar oralig`ida esa Lagashga o`tgan.
Miloddan avvalgi XXIV asr oxirida Lagash zaiflashib, Umma shahar-davlati kuchaygan va butun Shumer
ustidan hukmronlik qila boshlagan. Uning hokimi Lugal-zaggisi Lagash, Ur, Uruq, Larsa, Adab, Nippur shahar-
davlatlarni o`ziga itoat ettirib, Shumer podsholigini tashkil etgan. Akkad davlatining asoschisi o`z davrining yirik
siyosiy arbobi Sargon I (2316-2261 yillar) edi. Sargon (haqiqiy podsho degani) dastlab Akkadda o`z hokimiyatini
mustahkamlab olgach, yanada kuchli qo`shin tuzib, Kishni bosib olgan. O`zini "Kish podshosi" va "Akkad podshosi"
deb e’lon qilgan. Sargon I Elam, butun Mesopatamiya va Old Osiyoni o`z ichiga olgan g`oyat katta harbiy davlat barpo
etib, o`zini "to`rt iqlim podshosi" deb e’lon qilgan. Bu janubi-g`arbiy Osiyodagi eng yirik
dastlabki markazlashgan
akkad-shumer "quldorlik davlati" edi. Shimoliy va Janubiy Ikkidaryo oralig`ining Sargon hokimiyati ostida
birlashtirilishi mamlakatning har ikkala qismidagi quldor a’yonlarga foydali bo`lgan.
Akkad davlati qariyb 120 yil yashagan va miloddan avvalgi taxminan 2200 yilda Sharq tomondan kelgan
urushqoq tog`liq gutiylar hujumi natijasida tor-mor qilingan. Miloddan avvalgi 2108 yilda gutiylar haydab chiqarilgan.
Ikkidaryo oralig`i yana, bu safar Urning III sulolasi hokimiyati qo`l ostida birlashtirilgan, mazkur sulola miloddan
avvalgi III ming yillik oxiriga qadar mamlakatni idora qilgan. Uning vakillari o`zlarini
Shumer va Akkad podsholari
deb - hatto "dunyoning to`rt iqlim podsholari" deb atashganki, bu narsa butun dunyoda hukmronlik qilishga da’vogar
bo`lishidan dalolat beradi.
Ikkidaryo oralag`ida Urning III sulolasi qulagandan keyin ikki yuz yildan ortiq siyosiy tarqoqlik va o`zaro
urushlar bo`lib turgan. Mesopatamiyada hukmron bo`lish uchun ular bir-birlari bilan qonli urushlar olib borganlar. Bu