“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92

 
23
QADIMGI HINDISTON DAVLATI VA HUQUQI 
REJA: 
 
1. Qadimgi Hindiston davlatining tashkil topishi va rivojlanishiga 
 umumiy tavsif 
2. Ijtimoiy tuzumi 
3. Davlat tuzumi 
4. Huquqning asosiy belgilari 
 
Tavsiya etiladigan adabiyotlar. 
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998. 
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998. 
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi  tarihi. Samarqand.1992. 
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996. 
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996. 
6. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 1-
частъ. 
7. O.A.Жидкова.  Н.A.Карашениникова.  История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 2-
частъ. 
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., Adolat.1999.1- qism 
9, H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.,TDYuI..2005.1- qism 
 
1. 
Qadimgi Hindiston davlatining tashkil topishi va  
rivojlanishiga umumiy tavsif 
 
 
Hindiston - insoniyat sivilizatsiya beshiklaridan biri bo`lib, bu yerda qadimgi tosh davridayoq odamlar 
yashagan, neolit bosqichida katta daryolarning vodiylari o`zlashtirila boshlangan, eneolit va ayniqsa bronza davriga 
kelib esa o`ziga xos ilk hind madaniyati tarkib topgan edi. 
Miloddan  avvalgi  II  ming  yillik  o`rtalarida  ilk  hind 
shahar-davlatlari va madaniyati tushkunlik davrini boshdan kechirgan. 
 
Miloddan avvalgi II ming yillikning o`rtalaridan -I ming yillikning birinchi yarmigacha bo`lgan davr tarixda 
veda
35
 davri degan nom bilan yuritiladi va Hindiston tarixining aynan shu bosqichida sinfiy jamiyat va davlatning 
tashkil topishi yuz bergan.  
 
Zodagonlar orasida podsholik kohini - puroxita katta ahamiyat kasb eta boshlagan. U shuningdek, astrolog va 
roja maslahatchisi ham edi. 
 
Miloddan avvalgi VI asrgacha shimoliy Hindiston juda ko`p podsholiklarga bo`lingan edi. Masalan, Gang 
havzasining o`zida o`n oltita mayda davlat bo`lgan. Ularning eng yiriklari Magadxa, Anga, Shaxya, Kashala, Gandxar, 
Malla, Kashilar edi. Ulardan biri Magadxa o`sha davrning eng yirik va kuchli davlati bo`lgan. Bu davlatning asoschisi 
grek-makedon is-tilochilariga qarshi kurashda xalq ommasi harakatiga boshchilik qilgan mashhur hind arbobi 
Chandraguptadir. U miloddan avvalgi 321 yildan 298 yilgacha podsholik qilib, qudratli Mauriya davlatini barpo qilgan. 
Miloddan avvalgi II asrda Hindiston bir qancha mayda davlatlarga bo`linib ketgan. Natijada uni miloddan avvalgi 190 
yillarda Yunon-Baqtriya podsholaridan Demetriy qo`shinlari, 100 yillarda saklar (skiflar) bosib oladi. Shimoliy 
Hindistonda Hind-Skif davlati vujudga keladi.. III asrdan boshlab Gang vohasidagi Magadxa davlati yana kuchayadi. 
Uning asoschisi Gupta bo`lib, sulola ham shu nom bilan atalgan. Magadxa davlati Guptaning nabirasi Chandragupta I 
davrida (320-335 yillar) Hindiston Osiyodagi eng kuchli davlat edi. Lekin Chandragupta I ning vafotidan keyin davlat 
parchalanib ketgan.  
2. 
Ijtimoiy tuzumi 
  
 
Shuni ham aytish kerakki, hatto o`sha eng pastki varnaga kiritilmaydigan, varnalardan tashqari kishilar ham 
bo`lgan. Ular "chandallar" deb atalib, 
Qadimgi Hindiston huquqiy yodgorliklarida, jumladan, Manu qonunlarida 
qadimgi hind jamiyatining tabaqa-kastalarga bo`linishi haqida keng ma’lumotlar berilgan. 
 
Harbiy asirlardan iborat qullar "dasa" deb atalgan, bu so`z "dushman" va "ajnabiy" ma’nosida ishlatilgan.  
 
Har bir varna uchun yashash tarzini belgilovchi o`z qonuni - dxarmasi o`rnatilgan edi.  
Milodning I asrlarida Hindistonda feodal munosabatlar tashkil topa boshlaydi. Bu davrda varnalarning kasta 
(tabaqa)larga aylanish jarayoni vujudga kelgan. Kastalar ijtimoiy guruhlarga - tabaqalarga aylangan. 
 
Jamoalarga  aholining katta qismi - erkin dehqonlar birlashgan edilar. Qadimgi hind qulchiligining muhim 
xususiyati shunda ediki, u yerda xo`jayinning qullarga nisbatan o`zboshimchaliklarini cheklashga qaratilgan davlat 
qonunchiligi bo`lgan.  
                                                      
35
  Vedalar - gimnlar, qo`shiqlar, afsunkor va diniy duolardan iborat katta to`plam. Bunday tuplamlardan 4 tasi: 
Rigveda, Samaveda, Yajurveda va Atxarvaveda saqlanib qolgan. Eng qadimgi qismlari miloddan avvalgi II ming 
yillikka mansub. 
 
 


 
24
 
3. 
Davlat tuzumi 
 
 
Qadimgi Hindistonda ilk davlat birlashmalari miloddan avvalgi I ming yillikda alohida qabilalar va qabilalar 
ittifoqi asosida sodda qabilaviy davlatchalar shaklida tashkil topgan.  
 
Taxminan miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda qadimgi Hindistonda qabilaviy davlatlar asosida dastlabki 
birmuncha yirik davlatlar tashkil topgan.  
 
Mauriylar saltanatining gullab-yashnagan davri miloddan avvalgi III asrga - Ashoka hukmronligi (293-268) 
yillariga to`g`ri kelib, bu davrda davlatni boshqarish, din va madaniy sohalarda ko`pgina islohotlar o`tkazilgan,  
 Davlatning 
tayanchi 
podsho  (knazliklar doirasida roja) hisoblangan. Davlat boshlig`i - podsho braxmanlar 
ta’limotiga ko`ra, inson qiyofasidagi xudodir, olov va nur, quyosh va oy, jazo va ezgulik manbaidir.  
 
Mauriylar davrida podshoga "chaqravartina" - yagona hukmdor deb qarash rasmiylashgan.  
 
"Xudoga yoqqan podsho" (devaroja) deb nomlanuvchi hind diniy-siyosiy ta’limotiga binoan podshoga 
maxsus dxarma (majburiyat)larni bajarishi lozimligi buyuriladi.  
Podsho maslahatchilari - oliy chinovniklar (mantrinalar, maxamatralar) davlatda alohida mavqega ega 
bo`lganlar. Podsho maslahatchilaridan iborat tarkibda maslahatchi kollegial organ - parishad  tuzilgan. Parishaddan 
tashqari maxfiy kengash ham mavjud bo`lib, u bir necha alohida ishonchli kishilardan iborat tarkibda tashkil etilgan. 
Mauriylar davlatni markazlashtirish davrida turli toifadagi chinovniklarga  tayanib, boshqaruvning hamma sohalarini 
o`z qo`llarida tutib turishga harakat qilganlar. 
Mamlakat iqtisodiy hayotini tartibga solishga adx’yaksha deb nomlanuvchi maxsus chinovniklar jalb qilingan. 
Ularning orasida soliqlar yig`ishni amalga oshiruvchi, davlat xazinasini yurituvchi moliya idoralarining chinovniklari 
muhim o`rin tutgan. Yuqoridagi barcha chinovniklar shug`ullanadigan faoliyatlarining turiga qarab yo Bosh soliq 
yig`uvchiga, yo Bosh xazinachiga, yoki armiyaning Bosh qo`mondoni (senapati)ga bo`ysunganlar. Boshqa oliy 
chinovniklar orasida bosh sudya, podshoning huquqiy maslahatchisi va  diniy ishlar bo`yicha maslahatchisi
o`g`illarining tarbiyachisi, oliy saroy kohini (puroxita) alohida o`rin tutgan. 
Podshoning  maxsus ayg`oqchilari, maxfiy agentlari mavjud bo`lib, podsho ularni "kunduzi ham, kechasi 
ham" qabul qilavergan  Davlat hududi Mauriylar davrida provinsiyalarga bo`lingan. To`rtta asosiy provinsiyalarning 
tepasida shahzodalar turgan. Provinsiyalar alohida (maxsus) maqomga, jumladan, ma’lum avtonomiyaga ega bo`lgan. 
Mamlakat hududi asosiy provinsiyalarga bo`linishi bilan bir qatorda oddiy provinsiyalar (janapadlar)ga, viloyatlar 
(pradeshlar)ga, okrug (axalalar)ga ham bo`lingan. 
 Janapadlar 
tepasida yirik davlat chinovniklari rajuklar turgan. 
 
Provinsiyalarga nisbatan kichikroq ma’muriy birlik okrug bo`lib, unga "barcha ishlar haqida o`ylovchi" okrug 
boshlig`i rahbarlik qilgan.  
Okrugning asosiy shaharlarida devonxonalar bo`lib, u yerdan butun okrugga farmoyishlar jo`natilgan. 
 
 
 
Davlatda eng quyi pog`onada turuvchi ma’muriy birlik -qishloqlar - jamoalar (ganalar) 
ularning oqsoqollari tomonidan boshqarilgan. Oqsoqollarning  majburiyatlariga soliqlar yig`ish, 
jamoada tartibni saqlab turish va boshqalar kirgan.    Qadimgi Hindistonda ikki tizimli: podsholik 
va ichki jamoa sudlari mavjud bo`lgan. 
"Braxmanlar va tajribali maslahatchilar bilan birgalikda" podshoning shaxsan o`zi qatnashgan sud yoki uning 
tomonidan vakolat berilgan maxsus sud hay’ati (sabxa) oliy sud instansiyasi hisoblangan. Bundan tashqari maxsus 
sudyalar jinoyat ishlarini hal qilganlar, "o`g`rilar ustidan nazorat"ni amalga oshirganlar. 
Ko`pgina 
ishlar 
kastali sudlarda ko`rib hal qilingan. Norasmiy kastali sudlar Hindistonda hozirgi vaqtda ham saqlanib qolgan. 
 
 
Armiya kasbiy jangchilardan, yollanganlardan, shuningdek, alohida 
birlashmalar, jumladan, savdo gildiyalari, qaram ittifoqchilar, vassallar tomonidan taqdim 
etiladigan jangchilardan iborat tarkibda to`ldirilgan.  
 
 
4. 
Huquqning asosiy belgilari 
 
Qadimgi hind huquqi haqidagi ilk ma’lumotlar avvalo Vedalar (diniy kitoblar)da va 
dxarmashastralarda, ya’ni diniy-huquqiy, axloqiy yo`l-yo`riqlar, qoidalar (dxarmalar) 
to`plamlarida keltirilgan. Bulardan tashqari huquq manbalari ichida artxashastralar -siyosat 
va huquq haqidagi traktlar ham alohida o`rin tutadi. 
Artxashastra o`ziga xos yozma yodgorlik bo`lib, uni A.Makedonskiy zamondoshi 
mashhur mansabdor Kautilye to`plagan deydilar.  
 Dxarmashastralar 
dastlab braxmanlar tomonidan shogirdlar uchun qo`llanma sifatida tuzilgan. Keyinchalik 
muhim huquq manbaiga aylangan va hatto artxashastralardan ham muhim ahamiyatga ega bo`lib qolgan. 
 
Eng qadimgi dxarmashastralar - Gautama, Baudxayana, Apastamba, Vasishtxa kabilar  dxarmasutralar 
(sutratizma)  degan nom bilan yuritilib, taxminan miloddan avvalgi I ming yillikning ikkinchi yarmida va yangi era 
oralig`ida paydo bo`lgan. Ana shu dxarmashastralar asosida miloddan avvalgi II asr va milodning II asrida vujudga 
Sud 
Armiya 
Huquq 
manbalari
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə