“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92

 
21
doimiy armiya tuzgan.  
 
Jangchi (redum, bairum) xizmat evaziga podsholik yerlaridan chek yer olgan, shuningdek, oilasini boqish 
uchun uy-joy, bog`, chorva olib, podshoning qaramog`ida bo`lgan.  
 
Xammurapi armiyaning jangovarlik qobiliyatini mustahkamlash, qattiq intizom o`rnatish choralarini ko`rgan. 
Agar harbiy boshliqlar (dekum va lubuttum) jangchining mulkidan o`z maqsadlari yo`lida foydalansalar yoki ijaraga 
bersalar o`limga mahkum etilganlar.  
 
5. 
Qadimgi Mesopatamiyada huquqning  
asosiy belgilari 
 
        Ikkidaryo oralig`i davlatlarida huquqning eng qadimgi manbai, Misrda bo`lgani kabi, 
odat huquqi hisoblangan.  
Ikkidaryo oralig`ida odat huquqi bilan birga huquqning boshqa yana bir muhim manbai - 
qonun juda erta paydo bo`lgan.  
 
Bunday tarixiy hujjatlar qatoriga miloddan avvalgi XXIV asrga taalluqli Lagash 
podsholigi hukmdori Uruinimgin (2318-2312 yillar)ning "islohotlari" ham kiradi.  
 
Xammurapi qonunlari 1901-1902 yillarda Jeniulyak boshchiligidagi fransuz 
arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan qadimgi Elam poytaxti Suz shahrini qazish chog`ida 
topilgan. 282 ta moddadan iborat bo`lgan ushbu qonunlar Shumer va Akkad huquqining 
ko`pgina tajribalari mujassamlashtirilgan edi. Kodeks uch qismga bo`linadi: 1) Kirish; 2) 
Qonunnomaning matni (yoki asosiy qism); 3) Xulosa.  
 Xammurapi hukmronligi davrida 
xususiy mulkchilik eng yuqori darajaga erishgan. Bobilda yerga egalikning xilma-xil shakllari mavjud bo`lgan. Bular: 
podsho yerlari, ibodatxonalarning yerlari, jamoa yerlari va xususiy yerlardir. Podsho yerlari ham, 
ibodatxonalarning yerlari ham podsho tomonidan idora etilgan va muhim daromad manbai bo`lgan. 
 
 
Chinovniklarga va jangchilarga taqdim etilgan bunday yerlar, shuningdek, uylar va ashyolar 
alohida darajadagi mulkni - ilku mulkni tashkil etgan. 
 Yer egaliklari chegaralariga "kudurru" (chegara, oraliq) deb nomlanadigan tosh-hujjatlar qo`yib qo`yilgan.  
 
 
 
 Qonunlarda shartnomalardan va zarar yetkazishdan kelib chiqadigan 
majburiyatlar bir-biridan ajratib ko`rsatilgan. 
 
Ko`chirib bo`ladigan va ko`chmas mulkka xususiy mulkchilik mavjudligi 
sharoitlarida  oldi-sotdi shartnomasi keng tarqalgan. Oldi-sotdi shartnomasining 
predmeti (narsasi) ko`chirib bo`ladigan ashyolar (don, hayvonlar, qullar va boshqalar) hamda ko`chmas mulklar 
(dalalar, bog`lar, uylar) bo`lishi mumkin bo`lgan.  
Xammurapi qonunlarining ko`pgina moddalari (48-51; 113-119 va boshqa moddalar) bevosita qarz shartnomasiga 
bag`ishlangan. U Bobilda dastlabki sulolalar davridayoq keng tarqalgan.  
  Xammurapi 
qonunlarida 
yerlarni ijaraga (arendaga) berishni tartibga soluvchi qator moddalar 
mavjud. Qullarni ijaraga berish tez-tez uchrab turadigan holat edi. Bular mulkni ijaraga berish hisoblangan. 
Ma’lumki, mulk ijarasi shartnomasi bo`yicha ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha 
egalik qilish va foydalanish yoki faqat foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.  
 Xammurapi 
qonunlarida 
turar-joy ijarasi haqida faqat bitta 78-moddada me’yorlar belgilangan.  
 Bobilda, 
shuningdek, 
erkin fuqarolarni ishchi kuchi sifatida ijaraga berish ham bo`lgan. Erkin kishilarni 
ijaraga berish shartnomasi qullarni ijaraga berish shartnomasiga o`xshab tuzilgan. 
Xammurapi qonunlarida ashyolarni saqlash yoki tashish shartnomasi ham nazarda tutilgan. Saqlash uchun pullar, 
urug`liklar, donlar, xurmolar, qullar, metaplar, hujjatlar berilgan. 
 
Yuqorida ko`rib o`tganimizdek, XQning 112-moddasida topshiriq shartnomasiga xos barcha belgilar o`z 
aksini topgan. Zero, topshiriq shartnomasi bo`yicha bir taraf (vakil) ikkinchi taraf (topshiriq beruvchi)ning nomidan va 
uning hisobidan muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi.  
 Shirkat 
shartnomasi 
bizga yetib kelgan hujjatlardan ma’lum bo`lishicha, turli maqsadlarda, masalan, qarzni 
birgalikda uzish, ish hayvonlarini birgalikda sotib olish singari hollarda tuzilgan.  
Qonunlarda zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar to`g`risida apohida me’yorlar belgilangan.  
 
Nikoh Bobilda yozma tuziladigan shartnoma asosida rasmiylashtirilgan. 
         Nikoh  shartnomasi  tuzilishidan  avval  kuyov  bo`lajak  qaynonasiga  qalin  puli  - 
"tirxatum",  kelinning oila a’zolariga to`y sovg`alari - "biblum"  berishi lozim 
bo`lgan edi. Kelinning otasi qiziga sep-sidirg`a - "sheriktum" topshirgan, bu albatta, 
keyin kuyovga foydalanish uchun o`tkazilgan. Sep-sidirg`a, odatda, qalin pulidan 
ancha katta qiymatga ega bo`lgan. 
 
 Merosga dastlabki vaqtlarda eng avval o`g`illar o`g`illar bo`lmasa qizlar, 
keyinchalik qizlar ham o`g`illar bilan teng meros huquqiga ega bo`lganlar.  
Meros bolalar o`rtasida teng taqsimlangan.  
 
Xammurapi qonunlarida vasiyatlar haqida huquqlar to`g`ridan-to`g`ri 
ko`rsatilmaydi. Biroq meros qoldiruvchi merosxo`rlardan birining foydasiga boshqalarining 
Huquq 
manbalari
 
Mulk 
huquqi 
Majburiyatlar
 
Nikoh-oila 
munosabatlari 
Meros 
huquqi
 


 
22
zarariga ko`proq hissa ajratish huquqiga ega bo`lgan. Bu albatta, maxsus vasiyat orqali qilinmagan. Masalan, XQning 
160-moddasida ko`rsatilishicha, beva xotin nudunnumni o`z bolalaridan xohlaganiga o`tkazishi mumkin, 165-moddada 
esa otaning hayotlik chog`ida o`g`illaridan biriga ko`proq mulk hadya etishi huquqi e’tirof etilgan.  
  
 
Xammurapi qonunlarida ibtidoiy jamoa tuzumiga xos bo`lgan qonli qasos olish odati haqida hech narsa 
eslanmaydi.  
 Xammurapi 
qonunlarida 
talion ("ko`z uchun ko`z", "tish uchun tish" va h.k.) tamoyilining saqlanib qolganligi 
ham ibtidoiy jamoa tuzumining qoldiqlaridandir.  
 
Shaxsga qarshi jinoyatlarda avvalo shaxsning hayotiga qarshi jinoyatlarga e’tibor berilgan. Bunda qasddan 
odam o`ldirish haqida qonunlarda umuman hech narsa deyilmagan, lekin ehtiyotsizlikdan odam o`ldirish jinoyati 
to`g`risida anchagina me’yorlar belgilangan.  
 Mulkka 
qarshi 
jinoyatlarga 
nisbatan qonunlarda ayniqsa juda og`ir jazolar nazarda tutilgan.  
 Xammurapi 
qonunlarida 
oilaga qarshi jinoyatlar to`g`risida alohida me’yorlar nazarda tutilgan. Bunday 
jinoyatlarga er-xotinlik sadoqatini buzishlik, yaqin qarindoshlar bilan jinsiy aloqada bo`lishlik, shuningdek, beva 
xotinning sud ruxsatisiz ikkinchi nikohga kirishi kabilar kirgan.  
 Xammurapi 
qonunlarida 
sudga qarshi jinoyatlar ham uchrab turadi. Garchi, qonunlarda bular haqida alohida 
to`xtab o`tilmagan bo`lsada, biz ayrim turdagi jinoyatlarning mazmuniga qarab, ularni shu turkumga kiritishimiz 
mumkin.  
Shunday qilib, Xammurapi qonunlarida jazolarning xilma-xil turlari nazarda tutilgan bo`lib, ularni quyidagi 
guruhlarga ajratish mumkin: o`lim jazosi, tana a’zolariga jarohat yetkazish (mayib qilish) jazolari, tan jazolari (darra 
bilan urish), sharmandalik belgisini qo`yish, yashab turgan joyidan yoki uyidan haydab yuborish, pul jarimalari, va 
nihoyat, kelajakda muayyan mashg`ulot bilan shug`ullanish huquqidan mahrum etib, 
mansabidan bo`shatish.  
 Sud jarayoni jinoyat ishlari bo`yicha ham, fuqarolik ishlari bo`yicha ham bir xil 
bo`lgan.  
 
Sud qaydnomalari loytaxtachalarga yozilgan. Ularda tomonlarning ko`rsatmalari, 
qasamlari, guvohlarning ismlari va sud hukmining mazmuni yozib qo`yilgan. Tomonlar qoida bo`yicha aynan bir ishni 
ikkinchi marta qo`zg`atishlari mumkin emas edi. 
Sud ishlarini 
yuritish
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə