“Dаvlаt huquqè âà áîøêàðóâ êàôåäðàñè



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/92
tarix21.03.2018
ölçüsü5,01 Kb.
#32741
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92

 
12
Ijtimoiy 
tuzumi 
bo`ysundirib, poytaxti Abidos bo`lgan yagona Misr podsholigiga asos solgan. 
 
Fanda qadimgi Misr davlati tarixini quyidagicha beshta yirik davrga bo`lish qabul qilingan: 1) Ilk podsholik 
davri (miloddan avvalgi 3100-2800 yillar); 2) Qadimgi podsholik davri (miloddan avvalgi 2800-2250 yillar); 3) O`rta 
podsholik davri (miloddan avvalgi 2250-1750); 4) Yangi podsholik davri (miloddan avvalgi 1584-1071 yillar); 5) 
So`nggi podsholik davri (miloddan avvalgi XI-VI asrlar). Adabiyotlarda qadimgi Misr davlati tarixi yuqoridagicha 
beshta davrga aniq bo`lingan bo`lsa-da, lekin ushbu davrlarning qachon boshlanib, qachongacha davom etganligi haqida 
yagona fikr yo`q
22

Qadimgi, O`rta va Yangi podsholiklar oralig`idagi davrlar Misrning xo`jalik va siyosiy inqirozi davrlari 
bo`lgan. Misr Yangi podsholik davrida turli qabilalarni o`z hukmronligi ostiga birlashtirgan qudratli davlat - tarixda 
birinchi jahon imperiyasiga aylangan. Uning tarkibiga Nubiya, Liviya, Falastin, Suriya va boshqa tabiiy resurslarga boy 
viloyatlar qo`shib olingan. Yangi podsholik davrining oxirida Misr inqirozga yuz tutgan va miloddan avvalgi 525 yilda 
Ahmoniylar Eroni tomonidan bosib olingan. Eron shohi Kambiz o`zini Misr fir’avni deb e’lon qilgan. Garchi undan 
keyingi fir’avnlar misrliklardan bo`lib, ular mamlakatni mustaqillikka olib chiqish va birlashtirish uchun qattiq kurash 
olib borgan bo`lsalar ham, ammo Misr miloddan avvalgi 332 yilgacha, ya’ni A.Makedonskiy tomonidan bosib 
olingunga qadar Eron saltanati ta’sirida bo`lgan. Iskandar vafotidan keyin bu yerda Ptolomeyning yunon-makedoniya 
sulolasi qaror topib, Misr ellinizm davriga qadam qo`ygan. Keyinchalik, miloddan avvalgi I asrda Misr Rim saltanati 
ta’siriga tushib qolgan. 
 
 
 
 
 
 
 Ilk podsholik 
    (milloddan 
avvalgi 
3100-2800 
yillar) 
 
 
Yagona Misr davlatining asoschisi Menes (Mina) o`z davlatini mustahkamlash choralarini ko`rgan. U Quyi Misr 
chegarasida Memfis shahrini qurdirgan va uni mamlakat poytaxtiga aylantirgan. Mina va uning avlodlaridan keyin 
Misrda ikkinchi sulola namoyandalari podsholik qilgan. Shu davrdan boshlab Misr podsholari fir’avn deyilgan. Bu ikki 
sulola vakillari idora qilgan davr Ilk podsholik davri deyiladi. Bu davr ikki yuz yildan ziyodroq vaqtni o`z ichiga oladi. 
Biroq Ilk podsholik davrining ijtimoiy-siyosiy tuzumini xarakterlab beradigan ma’lumotlar fanda juda kam. Misr 
davlati bu davrda hali juda qadimiy qabilaviy ittifoq shaklidagi ancha primitiv davlat bo`lgan. 
Ilk podsholik davrida va, albatta, keyingi davrlarda ham qishloq jamoasi davlatning 
asosiy xo`jalik va ijtimoiy yacheykasi bo`lgan. Jamoalar yerlarga amalda jamoa yer egaligi 
asosida egalik qilsa-da, biroq davlat hokimiyati o`zini barcha yerlarning oliy egasi deb 
hisoblagan va jamoaning erkin a’zolaridan daromad solig`i undirib turgan. Zero, aholining 
asosiy qismini aynan erkin jamoachi-dehqonlar tashkil etgan.  
Uning ijtimoiy tuzumida, xususan, iqtisodida barcha podsholiklar davrida davlatning podsho-cherkov xo`jaligi 
hukmron bo`lib turgan.  
 
Misrda oddiy kishilarga nisbatan meret degan ibora keng ishlatilgan. Bundan tashqari "podsho xizmatchisi" 
degan yarim erkin qaram kishilar ham mavjud bo`lib, ular Misr davlatining barcha davrlarida aniq huquqiy mazmunga 
ega bo`lmagan. 
     Ilk podsholik davrida Quyi Misrning Yuqori Misr tomonidan bo`ysundirilishi jarayoni davom 
etgan. Natijada yagona podsholik tashkil topgan.  
 
Ilk podsholik davridagi fir’avnlar va ularning a’yonlari yangi yerlar ochish, sug`orish 
inshootlari qurish ishlariga katta e’tibor berganlar.  Davlat tepasida podsho turgan. Uning atrofini 
bir qancha saroy amaldorlari va turli xizmatchilardan iborat ko`p sonli saroy a’yonlari o`rab turgan. 
Misrning yagona davlat qilib birlashtirilishi bu yerda markazlashgan byurokratik apparatning tashkil etilishini 
tezlashtirgan. Ushbu apparat yordamida markaziy hokimiyat kuchayib borgan, fir’avnning qudrati yanada 
mustahkamlanishda davom etgan. Bu ayniqsa uning ilohiylashtirilib borilishida ko`zga yaqqol tashlangan 
     Ilk podsholik davrinig armiyasi to`g`risida shuni aytish mumkinki, doimiy qo`shin, garchi 
davlat qo`shni qabilalar bilan ko`pdan-ko`p urushlar olib borgan bo`lsada, endigina shakllana 
boshlagan edi. 
 
3. Qadimgi podsholik 
(miloddan avvalgi 2800-2250 yillar) 
 
 
Qadimgi podsholik (ba’zi manbalarda Ko`hna podsholik deb ham yuritiladi) mamlakatni Ilk podsholikdan 
ko`ra xiyla mustahkamroq qilib jipslashtirgan va ko`proq markazlashtirgan. Shu sababli Misrda bu vaqtda birinchi 
markazlashgan kuchli davlat tashkil topgan deb hisoblanishi ham bejiz emas. 
                                                      
22
  Qarang;  История  государства  и  права  зарубежных  стран.  Ч.1.  Учебник  для  вузов / Под 
ред.проф.Крашенинниковой  Н.А.  и  проф.Жидкова  О.А.-М.,1998.-20-bet;  Всеобщая  история  государства  и 
права:Учебник / Под  ред.проф.К.И.  Батыра.-М.,1998.-20-23-betlar;Черниловский  З.М.Всеобщая  история 
государства и права.-М.,1996.-23-24-betlar; Muqimov Z. Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. (Qadimgi dunyo 
va O`rta asrlar davlati va huquqi tarixi). O`quv qo`llanmasi. - Samarqand, 1992, 19-bet. Bizningcha, umumiy tarixda 
belgilangan yuqoridagi ko`rsatilgan yillarni qabul qilish maqsadga muvofiq. 
 
Davlat 
tuzumi
 
Armiya
 


 
13
      Qadimgi podsholik xo`jaligi rivojlanishning yuqori darajasi bilan ajralib turgan. Yaxshi 
tashkil etilgan ishchilar armiyasi mamlakat aholisini barcha zarur narsalar bilan ta’minlab 
turgan. Jamiyat ijtimoiy pog`onasining yuqori qismida katta yerlarga egalik qiluvchi yirik 
quldor zodagonlar turgan. Yirik yer egalari saroyda va davlat boshqaruvida muhim 
mansablarni egallaganlar. 
 Misr 
jamiyatida 
kohinlar  alohida rol o`ynaganlar. Bundan tashqari, kohinlarning davolash, murakkab 
arxitektura inshootlarini barpo qilish san’atini egallaganliklari, yer uchastkalari maydonlarini hisoblashni bilganliklari 
ularning ahamiyatini yanada oshirgan. Kohinlar podsho hokimiyatining tayanchi bo`lib xizmat qilgan. Buning evaziga 
fir’avnlar o`z navbatida cherkov xo`jaligini soliqlardan va davlatga ishlab berishdan ozod qilganlar. 
 
Davlatdagi asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlar jamoachi-dehqonlar bo`lgan.  
 
Qadimgi podsholik davrida garchi qul bozori mavjud bo`lib, odamlar sotilgan va sotib olingan bo`lsada, qullar 
hali juda kam bo`lgan. Ba’zi manbalarda davlatmandlar (amaldorlar, kohinlar va shu kabilar) marhamatiga qarab qolgan 
"och va yalang`ochlar" tilga olinadi.  
 Qadimgi podsholik davrida Misrning davlat tuzumi boshqaruvning qattiq 
markazlashtirilishi bilan xarakterlanadi. Diniy mafkura yordamida podsho va uning 
faoliyatining ilohiylashtirilishi fir’avnning nufuzini juda mustahkamlagan. Podsho hokimiyati 
kuchaya borib mustabid tus olgan. "Podsho" so`zining o`zi shu qadar muqaddas nomga 
aylanganki, bu nomni ovoz chiqarib aytishga hech kimga huquq berilmagan, hukmdorni tilga 
olish juda zarur bo`lib qolgan taqdirdagina majoziy "Fir’avn" ("Ulug` uy" degani, shu uyda turadigan shaxsni nazarda 
tutib aytilgan") iborasini ishlatganlar. Hujjatlarda esa fir’avnni rasmiy ravishda "Rahmdil xudo", Tog`, "Ra farzandi" 
(ya’ni Quyosh o`g`li) va boshqa shu kabi nomlar bilan ataganlar. 
Fuqarolar podsho oldida paydo bo`lganlarida "qorinlari bilan" yiqilishga va o`z hukmdorining oyog`i tagidagi 
tuproqni o`pishga majbur bo`lganlar, ammo nufuzli ba’zi shaxslargina podshoning oyog`ini o`pishga haqli bo`lgan. 
 
Fir’avnning qo`lida butun qonun chiqarish, ijro etish va sud hokimiyati to`plangan. Fir’avnlarning asosiy 
diqqat-e’tibori barcha muhim davlat ishlariga qaratilgan. Sug`orish bo`yicha tadbirlar, sud, mansablarga tayinlash va 
bo`shatish, yorliqlar berish, majburiyatlar yuklash va ulardan ozod qilish, harbiy yurishlar, kemachilik bo`yicha 
tadbirlar, davlat qurilishi va yer osti boyliklarini qazib olish - bularning hammasi podshoning buyrug`i bilan amalga 
oshirilgan. 
 
Fir’avn hokimiyati Qadimgi podsholik davridayoq u yoki bu sulola podsholigi vaqtida meros tariqasida o`tgan. 
Lekin sulolalar, ma’lumki, tez-tez o`zgarib turgan, ba’zi fir’avnlar, ayniqsa, notinch yillarda 3-4 yil podsholik qilganlar. 
 
Fir’avnning vakolatlari nihoyatda katta bo`lishiga qaramay, uning hokimiyati shaxsiy, o`zboshimchalikka 
asoslangan emas edi. Yagona Misr davlatining siyosiy barqarorligi, taxtning daxlsizligi fir’avnning hukmron tabaqalar, 
ayniqsa, harbiylar va kohinlar tabaqasi yuqori qismining manfaatlari yo`lida qanchalik muvaffaqiyatli xizmat qilishiga 
bog`liq edi. Fir’avnning hokimiyati diniy-axloqiy adolat me’yorlari bilan ham ushlab turilgan. 
 
Davlatdagi eng muhim mansabdor shaxslar - oliy amaldorlar, harbiy boshliqlar, xazinani saqlovchilar, ish 
boshqaruvchilar, oliy kohinlar, odatda, podsho xonadoni a’zolari bo`lgan. 
 
Vazir - jati davlat boshqaruvida podshodan keyin birinchi o`rinda turuvchi oliy amaldor hisoblangan. Jati 
dastlab hukmdor qarorgohi joylashgan shaharning kohini bo`lgan va asosan podshoning o`g`illaridan biri yoki 
fir’avnning boshqa yaqin qarindoshlaridan biri bu lavozimga tayinlangan. Jatining vakolatlari asta-sekin podsho 
saroyini, podsho xo`jaligini boshqarish doirasidan tashqari chiqib, kengayib borgan.  
Qadimgi podsholik davrida harbiy ishlar ancha rivojlangan. Misr armiyasi 2 qismdan: 1) 
maxsus o`rgatilgan va yaxshi tayyorlangan soldatlarning kichik otradlari va, 2) qo`shinga bir 
necha oyga olingan va vaqtincha dala ishlaridan ozod qilingan dehqonlarning katta lashkaridan 
tashkil topgan. 
 
 Oliy sud instansiyasi - "Oltita buyuk uylar" poytaxtda bo`lgan. Eng oliy sud hokimiyati 
fir’avnga tegishli edi.  
 Davlat hududi ilgarigidek alohida viloyatlar - nomlarga bo`lingan, 
ularning tepasida hukmdorlar - nomarxlar turgan. Ular viloyatning xo`jalik 
boshqaruvini 
amalga oshirganlar va maydonlarni sug`orishga tayyorlash, yangi to`g`onlar 
barpo etish, 
kanallar qazish haqida buyruq berganlar, shuningdek hosilni yig`ib olish va 
uning aholi 
o`rtasida taqsimlanishi ustidan kuzatib turganlar. 
 
 Qadimgi podsholikning oxirgi bosqichiga kelib     fir’avnning hokimiyati zaiflasha 
boshlagan. Mamlakatdagi barcha yerlar faqat nomigagina fir’avnning mulki hisoblangan. 
Haqiqatda esa podsho pomestyelari saroydagi va boshqa xizmatlar uchun mukofot tariqasida 
bo`lib berilgan in’om-tortiqlar hisobiga kamayib ketgan. Fir’avn atrofidagi sig`indilar (podshoning iltifoti bilan uning 
saroyida yashab turuvchilar) armiyasi ko`payib borgan, bu esa podshoning xazinasini bo`shatib turgan. Katta amaldorlar 
soliqlar to`lashdan, ularning yerlaridan o`tadigan fir’avn xizmatchilarini boqishdan, o`z kishilarini ijtimoiy ishlarga 
jo`natishdan ozod bo`lib olishga erishganlar. Ko`p joylarda nomlarni boshqarish meros bo`yicha otadan o`g`ilga o`tgan. 
 Podsho hokimiyatining inqirozi Misrda "notinch yillar"ning boshlanishiga olib kelgan. 
Siyosiy tarqoqlik taxminan miloddan avvalgi XXIII asr o`rtalaridan XXI asr o`rtalarigacha 
davom etgan. Siyosiy tarqoqlik jiddiy qiyinchiliklar keltirib chiqargan. Sug`orish tarmoqlari 
ishdan chiqqan, xo`jalikning vayron bo`lishi va ocharchilik xalq ommasi orasida norozilikni 
kuchaytirgan, g`arbdagi liviya qabilalari va Sharqdagi ko`chmanchi qabilalar Misrga bostirib 
Ijtimoiy 
tuzumi 
Davlat 
tuzumi
 
Armiya
 
Sud
 
Mahalliy 
boshqaruv
 
Inqirozi 
Siyosiy 
tarqoqlik
 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə