Дастурлаш асослари


Rahbarning ish sharoitini bayon qilish metodi



Yüklə 2,71 Mb.
səhifə8/196
tarix22.03.2024
ölçüsü2,71 Mb.
#184221
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   196
Дастурлаш асослари

Rahbarning ish sharoitini bayon qilish metodi. Muassasa yoki tashkilot to’g’risidagi ma’lumotlarni mukammalashtirilgan psixologik holatlar majmuasi rahbar kadrning o’z ish sharoitiga nisbatan munosabatida o’z ifodasini topadi. Bayoniy xususiyatli daliliy ma’lumot, sub’yektning jismlarga, uning qurshovidagi xodimlariga, faoliyatiga bo’lgan his-tuyg’ulari, kechinmalari to’g’risida muayyan psixologik material to’plashga sharoit yaratib beradi. Ushbu jarayonda quyidagi psixologik hodisalar yuzasidan ham ichki, ham tashqi motivlarga asoslangan mulohazalar iyerarxik (bosqichma-bosqich) tarzda bayon qilinishi muayyan xulosa chiqarishga zamin hozirlaydi:

1) rahbarning kasbiga nisbatan ichki munosabati, uning ovoz toni sur’ati, tarangdorligi atributlariga asoslanib ifodalansa, demak g’urur, faxr tuyg’usi qat’iy ekanligini anglatib keladi;

            1. rahbar mulohazalarida ishonch, istiqbolga nisbatan ezgu niyat alomatlari aks etib tursa, u holda mehnati yoki faoliyatidan konikish hissi mavjudligini bildiradi, binobarin, takomillashtirish, texnik jihozlash maqsadi zaruriyatligini tan olish hodisasi hukm surishidan dalolat beradi.

            2. amaliy hislar inson o’z mehnat faoliyatidan lazzatlanishi faqat rahbarga, ya’ni ego sub’yektga egotsentristik munosabatni aks ettirmasligi lozim, chunki umumiyatga mo’ljallangan umumiy psixologik holat yakka shaxs bilan cheklanmasligi shart va hokazo.

Rahbar ish sharoitining ob’yektiv va sub’yektiv tomonlari yuzasidan bildirilgan mulohazalar oqilona bo’lsa, uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlariga mo’ljallangan umumiy psixologik holat, unga taalluqli ma’lumotlarni to’plash imkoniyati tug’iladi. Shaxsning har xil tarkiblariga aloqador psixologik materiallar bo’yicha fikr yuritishga negiz hozirlaydigan muayyan qat’iylik darajasidagi tavsifnomani olishga muvaffaq bo’linadi.
4. Xulq va xatti-harakatni kuzatish va qayd qilish metodi. Odatda rahbar va uning qo’l ostidagi xodimlar xulqini kuzatish bir necha vaziyatlarni tahlil qilish yoki tashqi ko’rinishga ega bo’lgan hodisalarga e’tibor berish tizimi doirasida amalga oshiriladi, kuzatishning ob’yektlari faoliyat, muomala, sport, tajriba jarayonlari bo’lib hisoblanadi hamda xulqning tarkibiy qismlari u yoki bu tarzda ularning har qaysisida o’z ifodasini topadi. Masalan, rahbar yoki xodimning foliyatini bajarish jarayonida tashqi va ichki ko’rinishdagi xatti-harakati xoh u verbal (so’z bilan) xoh noverbal (so’zsiz) ifodalanishidan qat’iy nazar individ munosabatini bildiradi. Faoliyat jarayonidagi har-xil lahzalarining o’ziga xos tarzda kechishini ko’zatish qayd qilish manbaida belgilanishi, kompyuterga kiritilishi orqali his ettirilishi lozim. Xulqdagi nazokat, me’yoriy odob maromlariga rioya qilinishi, undan ham ustuvor, hatto kuzatuvchini hayratga soluvchi daqiqalar taasurotni u yoki bu yo’sinda qayd ettirilishi ijobiy kechinmalarni ifodalasa qaltislik, xoqishning mavjud emasligini aks ettirish salbiy voqelik tariqasida yozib qoldirilishi maqsada muvofiq.
Muomala jarayonidagi shaxslararo munosabatlar ko’rinishi ularning maromida, o’ziga xos hurmat negizida ko’rilishi yoki fikrlar nomutanosibligi, stress, affekt holatlarni keltirib chiqarish to’g’risidagi real manbai tariqasida qayd qilinishi ayni muddao bo’lib hisoblanadi.
Tajriba almashish, faoliyatni sifatli bajarish, ortiqcha xatti- harakatlarni sodir etish jarayonini kuzatish orqali rahbar yoki xodim to’g’risida psixologik ma’lumotlarni qayd qilish mumkin. Odatda kuzatish materiallari aniq; yozib qo’yish, kommunikatsiya sifatida uzatish, kompyuter dasturiga kiritish shaklida mujassamlashtiriladi.
Empirik metodlardan tashqari rahbar va uning qo’l ostidagi xodimlar psixologiyasini o’rganish aniq; dastgohlar yordami bilan amalga oshiriladi, ular odatda xronometrik apparatlar deb nomlanadi. Apparat nimaga mo’ljallanganligiga qarab muayyan yo’riqnomada, ko’rsatmada ko’rsatilishiga rioya qilingan holda tadqiqot ishlari o’tkaziladi. Sinaluvchilarning sezgisi, idroki, vaqt reaktsiyasi, diqqat ko’lami, xotirasining turlari, tiplari, temperamentning turlari, tiplari, ekstraversivlik, introversivlik, xususiyatlari, kasbga yaroqliligi, kasbiy mayllari, nutq sur’ati va shaxslilik fazilatlari anik, hech-bir sub’yektiv kechinmalarga, omillarga asoslanmagan holda o’lchash jarayoni amalga oshiriladi.

Yüklə 2,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   196




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə