Dars ishlanma


Shershevskiy–Terner sindromi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix26.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#131550
1   2   3   4   5   6   7
dars ishlanma. Odamdagi irsiy kasalliklar.

Shershevskiy–Terner sindromi
kasalligi uchraydi(10-rasm). Bu kasalikka duchor 
bo‘lgan ayollarda juft gomologik jinsiy xromosomalar soni bittaga kamayadi. 
Natijada, ulardagi jinsiy xromosomalar bo‘yicha genotip normadagi “XX” 
xromosoma o‘rniga “X” holatida bo‘ladi. ularda diploid xromosomalar soni esa 
odatdagicha 46 ta emas, balki 45 ta bo‘lib qoladi. Bunday ayollarning bo‘yi juda 
past, bo‘yni qisqa bo‘ladi. Ularda jinsiy organ (tuxumdon) rivojlanmagan
ikkilamchi jinsiy belgilar ham sust namoyon bo‘ladi. “Shershevskiy–Terner 
sindromi” kasalligi o‘rta hisobda yangi tug‘ilgan 5000 qizdan bittasida uchraydi. 
10-rasm. Shaersheviskiy-Terner sindromiga chalingan ayollar. 
O‘qituvchi mavzuni tushuntirib bo‘lgandan keyin har bitta guruhga topshiriqlar 
beradi. 
Yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilar mustahkamlash va baholash.
Guruhlar uchun topshiriqlar. “Rasmlar so‘zlaganda” metodi. 


Topshiriqning didaktik maqsadi.
Odamdagi irsiy kasalliklar va ularning paydo 
bo‘lish sabablarini o‘quvchilarga tushuntirish va tanishtirish.
1-guruh. Gen kasalliklari haqida tushuncha beradi. 
2-guruh. Xromosoma kasalliklari haqida tushuncha beradi. 
Bunda “Rasmlar so‘zlaganda” metodidan foydalaniladi. 
Ta’rifi:
O‘qituvchi tomonidan mavzuga doir turli xildagi rasmlar ikkita guruh 
o‘quvchilariga taqdim etiladi va tayyorlanishi uchun qisqa vaqt beriladi. Qaysi guruh 
tayyor bo‘lsa, rasmlarni ta’riflashni boshlaydilar. Ikkila guruh ham rasmlarga qisqa 
va aniq ta’riflarni aytishi lozim. 
Foydalanish doiralari:
Yangi mavzuni mustahkamlash vaqtida foydalanish 
mumkin.
Afzalliklari
:
Kuzatuvchanlikni rivojlantiradi, axborotni tanlab olish 
ko‘nikmasini ishlab chiqadi, guruhda liderlarni ko‘rsatib beradi va o‘quvchilarda 
mavzuni yana bir bora ko‘z xotirasi orqali eslab qolishlariga yordam beradi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə