D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/99
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
IZOHLI DIKTANT 
Izohli diktant quyidagicha o‘tkaziladi: o‘qituvchi diktovka qiladi
o‘quvchilar 
esa 
yozadilar. 
O‘qituvchi 
o‘quvchilar 
diqqatini 
mustahkamlanayotgan 
orfrgrammaga 
jalb 
qiladi, 
so‘ngra 
qoida 
umumlashtiriladi, o‘quvchilar yozganlarini tekshiradilar. Masalan: 
Sirdaryo bilan Amudaryo Orol dengiziga quyiladi. 
O‘qituvchi:

Sirdaryo, Amudaryo, Orol 
so‘zlarini qanday yozdingiz?
Uning qoidasini eslang. 
J a v o b: - 
Sirdaryo, Amudaryo, Orol 
so‘zlari - atoqli ot. Shuning 
uchun ular bosh harf bilan yoziladi. 
O‘quvchilar shu qoida asosida yozganlarini tekshiradilar. Ish mana shu 
usulda davom etadi. Diktantning bu turidan yangi materiallarni 
mustahkamlashda, ilgari o‘tilganlarni takrorlashda foydalanish mumkin. 


11 
SAYLANMA DIKTANT 
Bunda o‘quvchilar matndan mustahkamlanayotgan orfografik qoidaga 
mos so‘zlarnigina ajratib yozadilar. Masalan, o‘qituvchi qo‘shma va juft 
otlarning yozilishini mustahkamlash uchun matn tanlaydi. Diktantdan 
oldin qo‘shma va juft otlarning imlosi qaytariladi, maqsad tushuntiriladi. 
Keyin matn o‘qib beriladi. O‘quvchilarning matn mazmuniga tushungan-
tushunmaganligi aniqlanadi. So‘ngra o‘qituvchi birinchi gapni o‘qiydi: 
Saratonda qovun sayili o‘tkazish Kattaqishloq dehqonlari uchun odat edi.
O‘quvchilar bundan 
Kattaqishloq 
so‘zini ajratib, daftarlariga 
yozadilar. Keyin ikkinchi gap o‘qiladn: 
Oltinsoyliklar qoya labida 
saqlanib kelgan buyuk orzu-istaklar endi amalga oshmoqda. 
O‘quvchilar 
gapdagi qo‘shma (oltinsoyliklar) va juft (orzu-istak) otlarni ajratib
daftarlariga yozadilar. Ish mana shu usulda davom etadi. Diktant tugagach, 
o‘quvchilarning qo‘shma va juft otlarni qanday yozganliklari tekshiriladi. 
Saylanma 
diktantni 
ba’zan 
qo‘shimcha 
topshiriqlar 
bilan 
murakkablashtirish mumkin. Masalan, diktant egalik va kelishik 
qo‘shimchalarining yozilishi yuzasidan o‘tkazilayotgan bo‘lsa, o‘quvchilar 
otlar 
(o‘rtog‘i, boshqa, stanokka 
kabilar)ning - o‘zak, negiz va 
qo‘shimchalarini ajratib yozadilar. Bu o‘quvchilarda ongli o‘quvni 
takomillashtiradi. Matndagi so‘z birikmalari (sifat bilan ot, qaratqich bilan 
qaralmish kabilar) ham ajratib yozilishi mumkin. 
Ba’zan matndan ajratib olingan ayrim so‘zlar ishtirokida gap tuzish 
ham qo‘shimcha vazifa qilib beriladi. Bu saylanma diktantni ijodiy diktant 
bilan bog‘laydi. 
Saylanma diktant o‘quvchida onglilikni, ma’lum so‘z yoki iborani 
tanlashda o‘qilayotgan gapga diqqatni jalb etishni talab qiladi. Saylanma 
diktantdan ayrim so‘zlarning orfografiyasini mustahkamlashda ko‘proq 
foydalaniladi. 
Saylanma diktant uchun darsning 10—15 minuti ajratiladi. 
Izohli yozuv, ta’kidiy va izohli diktant, lug‘at diktant, nazorat 
diktantlarda matn o‘zgartirilmay yoziladi. Saylanma diktant, erkin diktant 
va ijodiy diktantda esa matn ma’lum o‘zgartirishlar bilan yoziladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə