D. O‘rinbayeva m. Rahimova


Eshitishga asoslangan diktanlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/99
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

Eshitishga asoslangan diktanlar 

mundarijasiga ko‘ra: lug‘at 
diktant, matnli diktant. 
Maqsadiga ko‘ra: ta’kidiy diktant, tushuntiruvchi diktant, nazorat 
diktant.
Ko‘rishga asoslangan diktantlar
– o‘z-o‘zini nazorat qilish diktanti; 
ijodiy diktant. 
Diktantlar mazmuniga ko‘ra: 
Nazorat diktant. 
Ta’limiy diktant. 
Nazorat diktant o‘quvchilarning savodxonligini aniqlash uchungina 
emas, u ta’limiy xarakterga ham egadir. Nazorat diktant, avvalo, 
o‘quvchilarga ko‘pgina imlo qoidalarini eslatadi

o‘qituvchi esa diktantda 
yo‘l qo‘yilgan xatolarni bartaraf qilish uchun mashg‘ulotlar o‘tkazadi. 
Demak, nazorat diktant ta’limiy hamdir. 
ESHITISHGA ASOSLANGAN DIKTANT 
Bunda diktantga tanlangan matn avval to‘liq o‘qiladi. So‘ng matn 
qismlarga ajratilib alohida-alohida o‘qiladi. Har bir qayta o‘qilgan 



matndagi tahlil etilishi, ta’kidlanishi lozim bo‘lgan so‘zning yozilish 
imlosi tushuntiriladi. 
 
IZOHLI YOZUV 
O‘qituvchi izohlanuvchi so‘z yoki gaplarni adabiy til talaffuzi 
shakllariga 
muvofiq 
aytib 
beradi, 
o‘quvchilar uni yozadilar. 
O‘quvchilardan biri o‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ma’lum bir so‘zning 
yozilishini izohlaydi. Masalan, sifat yasovchi qo‘shimchalarning imlosini 
mustahkamlash uchun izohli yozuv o‘tkazish mumkin: 
Chavandozlar 
chopqir otlarga mindilar.
O‘ q i t u v ch i: — 
Chopqir 
so‘zining qanday yozilganligini izohlab 
bering. 
O‘ q u v ch i: —
Chopqir 
so‘zida asos — 
chop. 
Bu so‘z jarangsiz 

undoshi bilan tugagan. Jarangli tovush bilan tugagan fe’l negizlariga 
-gir, -
g‘ir, 
jarangsiz tovush bilan tugagan fe’l negizlariga esa 
-kir, -qir 
qo‘shimchalari ko‘shiladi. Shunnng uchun sifat yasovchi qo‘shimchani 
-
qir 
shaklida yozdim. 
O‘quvchi orfogrammani noto‘g‘ri izohlasa yoki izohlay olmasa
boshqa 
o‘quvchidan so‘raladi. Agar o‘quvchilarning ko‘pchiligi 
ko‘rsatilgan orfogrammani to‘g‘ri izohlay olmasa, o‘qituvchi mazkur 
orfogrammani takrorlaydi. 
Izohli yozuv mashg‘ulotida topshiriq dastlab ilg‘or o‘quvchilarga 
beriladi. Keyinchalik esa har bir o‘quvchining, ayniqsa, yaxshi 
o‘zlashtirmovchi o‘quvchining yozuvini kuzatib borish maqsadga 
muvofiqdir. 
Izohli yozuv dastlab sekin olib boriladi: o‘quvchilar ko‘rsatilgan 
so‘zlarni bo‘g‘inlarga ajratish, ularning imlosini izohlash va shu paytning 
o‘zida uni yozishga qiynaladilar. Keyin-keyin o‘quvchilarning bu sohadagi 
malakasi mustahkamlanib, ish sur’ati tezlashtiriladi. 
Izohli yozuv uchun darsning 5-10-daqiqasi ajratiladi. 
Izohli yozuvda matn qisman emas, to‘laligicha izohlanishi ham 
mumkin. Bunda oldin o‘tilgan orfogrammalarni eslash lozim bo‘lgan 
matnlar 
ham 
olinadi. 
Masalan, 
qaratqich 
kelishigi 
va 
egalik 
qo‘shimchalarining yozilishini mustahkamlash maqsadida izohli yozuv 
o‘tkazish mumkin. 
O‘qituvchi: - Daftaringizga yozing: 
Paxta xalqimizning eng qimmatli 
boyligidir.

Zulfiya, bu gapdagi so‘zlarni qanday yozganligingni izohlab ber. 



-Zulfiya: - 
Xalqimiz 
qaratqich kelishigida kelgani uchun -
ning
yozdim; 
boylik 
so‘ziga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, so‘z oxiridagi k undoshi 
g tarzida aytiladi va shunday yoziladi. 
Ko‘rinadiki, izohli yozuv o‘quvchilarni to‘g‘ri yozishga o‘rgatish 
bilan birga, ularda to‘g‘ri talaffuz qilish malakasini ham o‘stiradi. Bunda 
o‘quvchilarning xotirasi ko‘chirib yozishdagidan ko‘ra yaxshi rivojlanadi. 
Izohli yozuv ayni vaqtda o‘quvchilarning nutqini ham o‘stiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə