D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/99
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144494
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

 
 
NAZORAT DIKTANT
Katta mavzular o‘tib bo‘lingach, shuningdek, chorak oxirida nazorat 
diktant o‘tkaziladi. Nazorat diktantgacha grammatik-orfografik qoidalar 
xilma-xil mashqlar vositasida mustahkamlanadi. 
Nazorat 
diktant 
asosan 
o‘rganilgan qoidalarning qanchalik 
o‘zlashganligini tekshirish maqsadida o‘tkaziladi. Lekin bunda ham to‘g‘ri 
yozish malakasi mustahkamlanadi, o‘tilgan orfografik qoidalar yodga 
olinadi. Diktantning bu turida yo‘l qo‘yilgan xatolar chuqur tahlil qilinadi, 


13 
ularni bartaraf qilish usullari belgilanadi. Shu jihatdan nazorat diktantning 
ta’limiy ahamiyati ham bor. 
Ba’zan nazorat diktant bilan ta’kidiy diktant orasida «
Yarim nazorat
diktant
» degan yozma ish o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilarning darslik va 
lug‘atlardan foydalanishlariga ruxsat etiladi. Lekin yozma ishni 
baholashda bu holat hisobga olinadi. 
O
`quvchilarning chorak davomida o`rganilgan mavzular bo`yicha 
savodxonliklarini aniqlash maqsadida o`tkaziladi.
KO‘RISHGA ASOSLANGAN DIKTANTLAR 
IJODIY DIKTANT
Ijodiy diktant o‘quvchilardan faollik va mustaqillik talab qiladi. 
Ijodiy diktantning eng muhim turlari quyidagilar: 
1. O‘rganilgan orfogrammalar yordamida g a p t u z i sh. Masalan, 
qo‘shma otlarning yozilishini mustahkamlash uchun o‘qituvchi doskaga 
bedapoya, Oltinko‘l, muzyorar 
so‘zlarini yozadi va izohlaydi. Keyin 
o‘quvchilar bu so‘zlar ishtirokida gap tuzib, daftarlariga yozadilar, 
qo‘shma ot ostiga chizadilar. Mashqning bu turi oldin og‘zaki o‘tkazilishi 
ham mumkin. O‘qituvchi o‘quvchilar tuzgan gaplarning eng yaxshisini 
o‘qib beradi. O‘quvchilarning daftarlari ko‘pincha yig‘ib olinib, uyda 
tekshiriladi. 
Ijodiy diktantning bu turida mustahkamlanayotgan orfogrammaga oid 
so‘zlar doskaga yozilmasligi ham mumkin: o‘qituvchi qoidani aytadi, 
o‘quvchilar misollar topadilar. Ular doskaga yoziladi. Keyin ish 
yuqoridagidek davom ettiriladi. Bunday (topshiriqni uyga vazifa qilib 
berish ham mumkin. Diktantning bu turidan ma’lum qoidalar sistemasini 
takrorlashda ham foydalanish mumkin. 
2. Mustahkamlanayotgan qoidaga mos b i r qancha so‘zlar beriladi. 
O‘quvchilar bu so‘zlar ishtirokida kichik hikoya yozadilar. Masalan, 

va 

unlilarining yozilishini mustahkamlash uchun o‘qituvchi 
mavsum, xo‘jalik, 
mehnat, odamlar, traktor, tamom 
kabi so‘zlarni doskaga yozadi va shu 
so‘zlar ishtirokida «Xo‘jalikda» mavzusida insho yozishni topshiradi. Uni 
uyga vazifa qilib berish ham mumkin. Darsda eng yaxshi ishlar namuna 
sifatida o‘qittiriladi. Bunda so‘zlarning to‘g‘ri talaffuziga ham e’tibor 
berilishi lozim. 
3. Berilgan matnni kengaytirish. Masalan, ozaytirma va kuchaytirma 
sifatlarning yozilishini mustahkamlash uchun o‘qituvchi 
Maktabimiz 
bog‘ida gullar ochildi. Tog‘ bag‘rida archalar yashnab turibdi 
kabi 
gaplarni yozuv taxtasi (doska) ga yozadi. Otlar oldiga kuchaytirma 


14 
sifatlardan mosini topib, matnni kengaytirib ko‘chirish o‘quvchilarga 
topshiriladi. O‘quvchilar birinchi gapdagi 
gullar 
so‘zini 
qip-qizil, 
ikkinchi 
gapdagi 
archa 
so‘zini 
ko‘m-ko‘k 
so‘zlari bilan kengaytirib, imlosini 
izohlaydilar. Daftarlariga ko‘chirib, sifatlarning ostiga chizadilar. Bunday 
ish uyga vazifa qilib berilishi ham mumkin. 
Umuman, 
ijodiy 
diktant 
o‘quvchilar 
umumiy 
bilimining 
rivojlanishiga, nutq madaniyatining o‘sishiga ham yordam beradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə