D. O‘rinbayeva m. Rahimova



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/99
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
DIKTANTLAR TO‘PLAMI

Ta’lim 
bosqichi
Bitiruvchilar
Standart 
darajasi
Daraja
nomlanishi
Nutqiy 
kompetensiyani 
shakllantirishda 
so‘zlar miqdori 
Umumiy 
o‘rta 
ta’lim
 
Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 
boshlang‘ich 4-sinf 
bitiruvchilari 
A1
Ona tili fanini 
o‘rganishning 
boshlang‘ich darajasi 
65 — 70 ta
 
Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining ona tili 
fani chuqur 
o‘rganiladigan sinflar va 
ixtisoslashtirilgan 
maktablarning 4-sinf 
bitiruvchilari 
A1+
Ona tili fanini 
o‘rganishning 
kuchaytirilgan 
boshlang‘ich darajasi 
 
70 — 75 ta
 
Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining 9-sinf 
bitiruvchilari 
A2
Ona tili fanini 
o‘rganishning tayanch 
darajasi 
140-160 ta 
Umumiy o‘rta ta’lim 
maktablarining ona tili 
fani chuqur 
o‘rganiladigan sinflar va 
ixtisoslashtirilgan 
maktablarning 9-sinf 
bitiruvchilari 
A2+
Ona tili fanini 
o‘rganishning 
kuchaytirilgan tayanch 
darajasi 
160-180 ta 



7. Diktant matnidagi so‘zlar soni sinflar kesimida quyidagicha bo‘lishi 
ma’qul. 
Ona tili fanini o‘rganishning tayanch darajasi uchun 
Sinflar 

II 
III 
IV 

VI 
VII 
VIII 
IX 
O‘quv yili boshida 
10 
20 
40 
60 
70 
80 
100 
120 
140 
O‘quv yili oxirida 
20 
40 
60 
70 
80 
100 120 
140 
160 
Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi uchun 
Sinflar 

II 
III 
IV 

VI 
VII 
VIII 
IX 
O‘quv yili boshida 
20 
40 
60 
70 
80 
100 120 
140 
160 
O‘quv yili oxirida 
30 
50 
70 
80 
100 
120 140 
160 
180 
E s l a t m a: 
1. Bog‘lovchilar, ko‘makchilar, ayrim yoziladigan yuklamalar alohida 
so‘z hisoblanadi. 
2. Sinfning umumiy tayyorgarligi va boshqa sabablarga ko‘ra, 
matndagi so‘zlarning soni orttirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. 
Diktant matni hammaga tushunarli qilib o‘qib beriladi. Diktant uchun 
bog‘lanishli matn tanlangan hollarda oldin butun matn o‘qiladi. Uni biror 
o‘quvchiga so‘zlatish, ba’zan oldin uning rejasini tuzdirish, sarlavha 
toptirish ham mumkin. 
Matn gapma-gap o‘qib berilishi kerak. Agar gap uzun bo‘lsa, uni 
sintagma holida o‘qib berish ham mumknn. Bunda gap oldin to‘la o‘qib 
beriladi. So‘ngra qismlar 2-3 marta qaytariladi. Lekin o‘quvchilarni bir 
o‘qishdayoq yozishga odatlantirib borish zarur. Diktant matnini ayrim-
ayrim so‘zlarga bo‘lib, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lib aytib borish aslo 
mumkin emas. 
Diktant vaqtida yozishga ulgurmay qolgan o‘quvchiga tanbeh berish 
uning ruhiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun o‘qituvchi diktant vaqtida 
biror o‘quvchining ham orqada qolmasligiga erishishi kerak. Agar biror 
o‘quvchi orqada qolsa, u bir-ikki gapni tashlab, davomini yozavergani 
ma’qul. Uquvchilarning diktant vaqtida u yoki bu so‘zning yozilishiga oid 
savol berishiga ham yo‘l qo‘ymaslik kerak. Diktant yozib bo‘lingandan 
so‘ng, o‘qituvchi matnni yana bir marta o‘qiydi, yozganlarini yana bir 
marta ko‘rib chiqishlari uchun o‘quvchilarga 3-4 daqiqa vaqt beriladi. 



Bunda o‘quvchi matnga ongli munosabatda bo‘lib, xatolarini topishga 
urinadi. 
Diktant o‘quvchilar tomonidan tekshirib chiqilgach, tezda yig‘ib 
olinadi. 
Diktantni to‘g‘ri o‘tkazishda uni diktovka qilish sur’ati ham o‘ziga xos 
ahamiyatga ega. 5-sinf o‘quvchisi bir daqiqada 4-5 so‘z, 6-sinf o‘quvchisi 
5-6 so‘z, 7-8-sinf o‘quvchisi esa 7-8 so‘z yoza oladi. Diktovka vaqtida 
o‘qituvchining ovozi normal, hammaga eshitiladigan bo‘lishi kerak. 
Diktantning mustaqil yozilishini ta’minlash uchun parta ustida hech 
qanday qo‘llanma («Imlo lug‘ati», “Darslik" va boshqalar) bo‘lmasligi 
zarur. O‘quvchilar qaysi qoida yuzasidan diktant o‘tkazilishini oldindan 
bilishlari kerak. Bu o‘quvchilarga qoidalarni yana bir qaytarib chiqish 
imkonini beradi. 
O‘quvchilarning yozma va og‘zaki nutqini o‘stirishda diktantning 
ahamiyati katta. Chunki o‘quvchi diktant yozayotganda xato qilmaslik 
uchun orfografik va punktuatsion qoidalarni eslashga harakat qiladi. 
Ba’zi metodik qo‘llanmalarda diktant bir necha xil bo‘ladi:
Diktantlar qo‘llanishiga ko‘ra: 
a)
eshitishga asoslangan diktanlar; 
b)
ko‘rishga asoslangan diktantlar. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə