Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti


Ikkinchi bob bo’yicha xulosa



Yüklə 56,49 Kb.
səhifə8/9
tarix15.05.2023
ölçüsü56,49 Kb.
#110452
1   2   3   4   5   6   7   8   9
HERMANN HESSENING HAYOTI VA IJODI

Ikkinchi bob bo’yicha xulosa
Ushbu xulosamizda asardagi qahramonlarning obrazi va harakterlari bilan tanishib chiqdil.Adabiy xarakter real hayotiy inson xarakterining ko’chirmasi, nusxasi emas. Xarakter har tomonlama mukammallashgan, turli xususiyatlar aniq ko’rinib turgan, individual xususiyatlari kashf etilgan obrazdir. Har qanday obraz xarakter bo’la olmaydi, lekin har qanday xarakter obraz sanaladi. “Cho’l bo’risi” asaridagi shaxslarning ko’pchiligi hayotdan olingan, biroq to’qima obrazlar ham bor. Xulosa qilib aytganda, Hermann Hesse ijodi jahon adabiyotidagi eng baland cho’qqilardan biridir. U insoniyat badiiy qadriyatining xazinasiga kirgan.Hesse kabi yozuvchilarning O’zbekistonda mutolaa qilinishining o’ziyoq katta voqeadir.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda birinchi bob bo’yicha Germaniyaning suyukli farzandi,kitobxonlarining sevimli yozuvchichi Herman Hessening hayoti va ijodi haqida o’rgandik.Hessening hayoti qiyin kechgan bo’lsada hech qachon hayot uchun kurashishdan va o’z ustida ishlamasdan qolmagan doimo o’z ustida ishlab ajoyib va hayotiy asarlar yozgan.XX asrda yashab ijod qilgan yozuvchi, gumanist va XX asr adabyotiga ulkan hissa qo’shgan adiblardan biri.
II BOB da biz Hermann hessening “Cho’l bo’risi”asari bilan tanishib chiqdik.“Cho’l bo’risi” qariyb Hermann Hessening avtobiografiyasidir. Asardagi bosh qahramonning Harri-Haller deb nomlanishi ham tasodif emas. Hermann Hesse aynan “Cho’l bo’risi” ning o’zidir. Ishning mohiyati shundaki, unda “Cho’l bo’risi” ning xarakteri va uning jamiyatga bo’lgan munosabati tahlil qilinadi
Hermann Hessening "Cho’l bo'risi" romani ma'naviyat va sevgi kuchiga urg'u berib, inson o'ziga xosligi va mavjudligini o'rganishdir. Roman Harri Xoller ismli odamning o'z tabiatining ruhiy va hayvoniy tomonlari o'rtasidagi ichki ziddiyatini yarashtirishga harakat qilib, oxir-oqibat sevgi orqali qutqarish va o'zini o'zi qabul qilish sayohatini davom ettiradi.Hayot va o'lim, yaxshilik va yomonlik, inson ruhining kuchi haqidagi tushunchamizga qarshi chiqish orqali Cho’l bo'ri hayotning barcha jabhalarida muvozanat va tushunish muhimligini abadiy eslatib turadi. Hermann Hesse ijodida gumanizm ifodalanishi haqida fikr yuritdik va shunday xulosaga keldik: O’zbek kitobxonlarga unga tanish “Cho‘l bo’risi” (1927) romanini yodga olish kifoya. 30-yillarga qadar kelishuv va kelishmovchilik Hesse kitoblarida almashib va to‘qnashib turgan, shu bilan birga uyg‘unlik hayot jarliklari haqidagi bilim bilan borgan sari ko‘proq to‘la boshladi. Lekin uning ishining asosiy vazifasi gumanizmni ifodalshdan iborat bo’ldi.


Yüklə 56,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə