Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti


Birinchi bob bo’yicha xulosa



Yüklə 56,49 Kb.
səhifə4/9
tarix15.05.2023
ölçüsü56,49 Kb.
#110452
1   2   3   4   5   6   7   8   9
HERMANN HESSENING HAYOTI VA IJODI

Birinchi bob bo’yicha xulosa
Xulosa qilib aytganda Hermann Gesse XX asr nemis gumanistik adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri. U missionerlik voizining o'g'li edi, lekin diniy seminariyadan qochib, kitob sotuvchisi va antikvar sifatida shogirdlikni boshladi. 1904 yildan Gesse Shveytsariyada mustaqil yozuvchi sifatida yashadi. Birinchi jahon urushi paytida u pasifist sifatida harakat qildi. Bernda Qizil Xochda ishlagan. Milliy sotsializm davrida Hesse istalmagan va tuhmat qilinganlardan biri edi. 1945 yildan keyin u bir necha bor tinchlikni ta'minlash uchun harakat qildi. 1946 yilda Hesse boshqa adabiy mukofotlarga qo'shimcha ravishda adabiyot bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'ldi. Hesse nemis adabyotig ulkan hissa qo’shgan adiblardan biri.Hesseni bir qarashda adabyot sohasida mukamal adib desak bo’ladi. U roman yozishda deymizmi yo shoir, rassom, prozanavis, publitsist, tanqidchi, faylasuf, jamoat arbobi sifatida taniqli adib hisoblanadi. Hesse hayotida ko’plab qiyinchiliklarga uchrashiga qaramasdan o’zida rivojlnishga va bilim olishga kuch topgan adiblardan biri.Uning hayoti va asarlarini o’qib hammiz o’zimizga xulosalar chiqarishimiz va hech qachon kurashishdan va harakatdan to’xtamaslikni o’rganishimiz zarur.Bu adiblar orqali nemis xalqining madaniyati, tarixi, urf-odatlarini bemalol o’rganishimiz mumkin.

II BOB “CHO’L BO’RISI” ASARI HAQIDA VA BU ASARDAGI HARAKTERLARNING BERILISHI
2.1 “Cho’l Bo’risi asari haqida.
Ilk bor 1927-yilda bosilib chiqqan “Cho’l bo’risi” romani Herman Hessega olamshumul shuhrat keltirgan psixologik asardir. “Cho’lbo’risi”da o’z-o’zini tahlil qilish va hal etilmagan ma’naviy-ruhiy ziddiyatlarni yengish yo’lidagi sa’y-harakatlar qalamga olinadi. Unda muallifning oldingi asarlarida ozmi-ko’pmi aks ettirilgan Ruhga murojaat etish uslubi o’zining yakuniy hamda to’laqonli ifodasini topgan.9Hermann Hesse o’z ijodi bilan Germaniyadagi ko’plab avlodlarga katta ta’sir ko’rsatgan, asarlari eng ko’p mutolaa qilinadigan nemis adiblaridan biridir. Nemis adabiyotining ulug’ mumtoz vakillaridan biri bo’lgan adib nomi yigirmanchi asrning ikkinchi yarmida ayniqsa, 1946-yili unga adabiyot sohasidagi halqaro “Nobel” mukofoti berilganidan so’ng, butun dunyoga tanildi.Uning ja’mi asarlari orasida “Cho’l bo’risi” romanini alohida ta’kidlash lozim. 1927-yilda bosilib chiqqan bu asar o’tgan davr mobaynida turli yoshdagi juda ko’plab kitobxonlaming mehrm habbatiga sazovor bo’ldi. Bu asarda tasvirlangan 20-yillardagi rivojlanib, sanoati taraqqiy etib borayotgan jamiyat ortidagi voqealar birinchi shaxs nomidan, ya’ni ellik yoshlardagi Harri Haller tilidan hikoya qilinadi, yolg’izlanib qolgan mazkur shaxs timsolida inson ichki dunyosining, butun vujudini benihoya serqirra ekanligi ibratli tarzda ochib beriladi:“Harri ikki vujuddangina emas, balki yuz minglab jon ruhlardan tarkib topgan. Uning hayoti minglab va behisob juft qutblar orasida muallaq kechadi”.
Bunday tasavvur nafaqat G’arb va Uzoq Sharq falsafasining ta’sirinigina ko’rsatib qolmay, balki “Cho’l bo’risi”ning Germaniyadan tashqarida ham, 60-yillarga qadar Yevropa va Amerikada, ayniqsa o’sib kelayotgan yoshlar harakatida ham o’z ifodasini topganligi sabab bo’lganki, bunga hech qanday shak-shubha yo’q.Asarning xalqaro miqyosida qabul qilinishi hamda olamshumul ahamiyati nuqtai nazardan uning o’zbek tiliga ilk bor taijima etilishi o’ziga xos madaniy voqeadir: Birinchidan, biz o’quvchilar uchun nafaqat nemis adabiyotiga ham mansub mumtoz asarlardan biri bilan oshno bo’lish, qolaversa, Herman Hessening ruhiy, ma’naviy dunyosi, shuningdek, uning ijodi bilan yaqindan tanishish imkoniyati tug’iladi. Yana boshqa tarafi ham borki, yosh, navqiron o’quvchilar G’arb va Sharq g’oyalari bilan sug’orilgan, ular o’rtasidagi chambarchas aloqalarni o’zida mujassamlashtirgan ushbu muhim asar mutolaasi chog’ida germaniyalik, shuningdek, yevropalik hamda amerikalik yoshlar madaniyati bilan ham tanishadilar. Unda nafaqat olis Sharq falsafasi, balki insonning o’ziga hamda murakkabliklariga bo’lgan quvnoq va vazmin munosabati ham o’z ifodasini topganligi diqqatga sazovordir. Til va uslub jihatidan o’ziga xos, yuksak did bilan yozilgan asar tarjimasi o’quvchidan katta e’tibor talab qiladi.
Hermann Hesse hayotlik yillaridayoq o’z asarlarida haqiqat poetikasi hamda til sofligiga erishish uchun kurashgan, intilgan. U siyosiy xushyorlik tajribasidan botiniy yo’l kontsepsiyasini yaratadiki, bu yo’l o’z-o’zini bilish sari olib boradi. Insonparvar adib butun umri davomida qalamga suyanib yashadi. Uning hayoti va ijodi bag’rikenglik hamda sabr-toqat bilan yashashning namunasi edi. Bugungi kun nuqtai nazaridan olib qaralganda, bir narsa alohida e’tiborga loyiq ko'rinadi: adib o’z ijodida shu narsani oldindan ko’ra olganki, bugun G’arb va Sharq xalqlari aynan shunga intilib yashamoqdalar, u ham bo’lsa turli mafkuralar o’rtasida murosa, turfa insonlar o’rtasida ahillik va bahamjihatlik bo’lishiga erishishdir.
“Cho’l bo’risi” ellik yoshlar atrofidagi inson. U kamgap, shu qadar odamovi, haqiqatan ham, o’zini-o’zi ba’zan atagandek, Cho’l bo’risi boshqa olamdan bo’lgan, begona, yovvoyi va jur’atsiz, hattoki juda yuraksiz zot edi. 10Uning iste’dodi va taqdiri sabab naqadar yolg’iz va g’aribona hayotga ko’nikib ketganligi, o’zi bu yolg’izlikni ongli ravishda qismat deb bilishligi g’ayri oddiy dir. Asl ismi Harri Haller bo’lgan Cho’l bo’risi ijaraga turish maqsadida bir xonadonga keladi. Bu xonadonning muattar havosi unga ma’qul bo’lib, ijarachi ayolning hamma talablariga so’zsiz rozi bo’ladi. Roman Cho’l bo’risining ijaradoshi tomonidan yozilgan. Uning fikrlari asosida biz Harri Hallerning yashash tarzi, o’tmishi, his-tuyg’ulari va kechinmalari haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin. Uning qadam bosishlari og’ir va qat’iyatsiz edi, bu esa uning ko’rinishi va nutqidagi ohang hamda jo’shqinlikka mos kelmas edi. Uning kasal ekanligi yurishiga xalaqit berar edi. Uning bo’yi u qadar baland emas, lekin yurishi va boshini tutishi novcha odamlarni eslatadi. Egnida zamonaviy qishki palto, o’zi ba’mani, biroq pala-partish kiyingan, soqoli silliq tarashlangan, kalta sochini u yer bu yeriga oq oralagan ekanligi tasvirlangan. Uning yuzidan qandaydir yotsirash, sovuqlikni yovuzlikni, shunga o’xshash nimadir ufurib turardi. Lekin baribir, unda nimadir yetishmayotganday, fe’l-atvori, yurish-turishi, xatti-harakatlarida g’alatilik, nojiddiylik sezilar, go’yo unga ijarada turishi, odamlarning nemis tilida so’zlashishi g’aroyib yangilikdek tuyular, shuning uchun u boshqa narsalar bilan armondek edi. U bir oz ma’yus, g’amgin, biroq sezgir, o’ychan, qorishiq va ulug’vor qiyofali edi. Undagi xushmuomalalik va iltifotda, garchi bular unga biroz malol kelayotgandek tuyulsa-da, takabburlikdan asar ham yo’q,aksincha, bir oz ta’sirchanlikmi, bir oz o’tinchmi, iltijomi, shunga o’xshash nimadir mujassam edi. Uning ko’p safarlarda bo’lganligi ko’rinib turadi.
Birinchi qarashdayoq u mislsiz, kamdan-kam uchraydigan va favqulodda qobiliyatli inson sifatida taassurot qoldirar, chehrasidan aql,nur yog’ilar, nozik va harakatchan yuz ifodasidan g’ayrioddiy, g’aroyib, ruhiy va ma’naviy hayot barq urib turardi. Haqiqatan ham, unda chin ma’naviyatli insonlardagina uchraydigan keng fikrlilik, bilim, maqsadga muvofiqlik singari fazilatlar boshqalarga qaraganda ko’proq mujassam edi. Bunday toifadagi kishilarga shuhratparastlik begona, ular ko’zga tashlanish, o’zlarini bozorga solish-u birovga gapini ma’qullatish likridan yiroq yurishadi. Bu odam betob, qandaydir ruhiy kasal yoki bo’shang, irodasiz shaxski, unga nisbatan hamdardlik, achinish hissi o’tadi, chunki uning yolg’iz, kimsasiz, g’aribligi hamda doimiy ravishda ich-ichidan ezilib, azoblanib yurishiga guvoh bo’lamiz. Undagi umidsizlikning asosi, negizida dunyodan nafratlanish emas, balki o’z-o’zidan nafratlanish ekanligini ham angladikki, u ko’proq o’z-o’zidan nafratlanar edi. Irodani sindirish, shaxsiyatini yo’q qilishga yo’naltirilgan saboqlar uni o’z-o’zidan nafratlanishiga olib kelgan. Shu tariqa u bor hayoti davomida o’zining butun iste’dodini, butun aql-idrok, zakovatining o’z-o’ziga, mana shu olijanob vujudga qarashli ekanligini ko’rsatadi. Boshqalarga yon-beridagi odamlarga kelsak, u doimo qahramonona tarzda va o’ta jiddiy ravishda ulami chin dildan sevishga, ularga nisbatan odil, adolatli bo’lishga, ularning dilini og’ritmaslikka harakat qiladi, chunki “Yaqin kishingni sev” degan jumla uning vujudvujudiga o’z-o’ziga nafrat qanchalik singgan bo’lsa, shunchalik chuqur ildiz otgan edi.
Shunday qilib, uning butun hayoti, o’z-o’zini sevmay turib, yaqin kishingni ham seva olmasligingga dalil, qolaversa, o’z-o’ziga nafrat ham natijada xuddi o’ta ketgan xudbinlik yanglig’ dahshatli yakkayolg’izlik va tushkunlik umidsizlikni keltirib chiqarishga yaqqol misol bo’lib xizmat qiladi. Harri Halleming turmush tarzi bir oz g’ayrioddiy va sirli. U muayyan bir kasb bilan shug’ullanmaydi, tafakkur sohibi va kitob shinavandasi. U o’rnida tush mahalga qadar cho’zilib yotadi, uyqudan turgach, egnida xalat bilan yotoq bo’lmasidan xonasigacha bir-ikki qadam tashlaydi. Xona qo’shderazasi, keng va yorug’ bolaxona, avvalgi ijarachilar turgan paytdagiga qaraganda endi boshqacharoq ko’rina boshlagandi. Devorlarga suratlar, jumallardan qirqib olingan rasmlar osilar, ular tez-tez almashinib turardi. Xullas, bu xonada yashayotgan odam olim bo’lsa kerak, degan tasavvur uyg’onadi. Hamma yoqni sigara tutuni bosib ketgan, sigara qoldiqlari va kuldonlar har yerda yotar, bu manzara ham shu fikrga mos tushadi. Kitoblarning katta qismi ilmiy mazmunda emas, balki turli-tuman xalqlarning turli zamonlarda yashab, ijod etgan shoir va adiblarining asarlaridan iborat edi. U XVIII asr oxiriga taaluqli bo’lgan “Sofiyaning Mikeldan Saksoniyaga sayohati” nomli asarining qalin-qalin oyati jildiga ega edi. Aftidan, u Gyote va Jeyn Paul Novalis, Lessing, Yakobi va Lixtenbergning to’liq asarlari to’plamlarini sevib o’qigan11. Harri o’zining ilk bor araukariya xaqidagi suhbatda Cho’l bo’risi deb ataydi. Uning yakkayu yolg’izligi, yovvoyiligi, besaranjomligi,bevatanligini bundan ortiqroq nom, ta’rif bilan tavsiflab bo’lmaydi. U podagra kasalligi xuruj qilganida o’z joniga qasd qilishiga ham tayyor bo’lardi.
Cho’l bo’risi har doim odamgarchiligi bor insonlarning uylarida yashab keladi. Bu uning eski injiqligi. U saroy va koshonalarda yashab o’rganmagan. Bu orqali u meshchanlarga bo’lgan nafratini allaqanday mehr-shafqat tuyg’usi bilan almashtirishga harakat qiladi. Harri o’zining u dunyo haqidagi o’ylari bilan shaharning eng sokin va eng ko’hna kvartallari bo’ylab keta turib, peshtoq ustidagi bir lavhaga ko’zi tushadi. Lavhada rang-barang harflar paydo bo’ladi. Ular quyidagilar edi:
Magiya teatr.
Har kim ham kiravermaydi va shu yerga kirish ishtiyoqi kun sari oshib boraveradi. Kunlarning birida bu xonaga kiradi. Bu tushmidi, yo o’ngimi, buni u farqlayolmaydi.Azobli kunlarining birida u restoranda Hermina ismli qizni uchratadi. Unga atab orxideya sotib oladi.Qiz uning hayotiga ma’no mazmun olib kirishga harakat qiladi. Qiz unga mehribonchilik qiladi. Hayotning go’zalliklarini ko’rsatadi. Qizning nigohi, mehrli buyruqlari oltmish yoshli guvemant ayolning qatiqqo’l, jiddiy va talabchan qiyofasini eslatadi. U Harri nima istashini, his-tuyg’u va kechinmalarini oldindan bilib turadi. Qiz unga raqsga tushishga, bolalardek beg’ubor o’yinlarda ishtirok etishga majbur qiladi. Axir, bu harakatlar Cho’l bo’risiga umuman yod tuyg’ular bo’lgan edida. Uning qalbida bo’ri va inson tinmay jang olib borar edi. Harri o’zidan, o’z hayotidan mamnun bo’lishni o’rganolmasdi. Buning sababi,u o’zini hamisha yuragining tub-tubidan hech qanday inson emas, balki cho’ldan kelib qolgan “Bo’ri” deb bilar edi.
Aqlli odamlar uning haqiqatan ham bo’ri bo’lganligi, yoki tug’ilmasdan oldin sehr-jodu bilan bo’ridan insonga aylantirilgan bo’lishi mumkinligi, yoki bo’lmasa u inson bo’lib tug’ilgan-ku, biroq vujudi cho’l bo’risiniki qilib yaratilgan, yoxud u haqiqatan ham bo’ri degan ishonch uning o’y-hayoli, kasal mahsuli ekanligi haqida bahs qilishni yaxshi ko’rar edi. Shunday qilib, Cho’l bo’risida insoniylik va bo’rilik xususiyatlari mujassam edi. Inson va Bo’ri yonma-yon yashar, biroq ular bir-birlariga kamdan-kam yordam berishar, aksincha bir-birlari bilan doimiy xusumat, ashaddiy dushmanlik munosabatida bo’lishgan. Harri dam bo’ri, dam inson bo’lib yashardi. Masalan, Harri inson sifatida go’zal fikrga, ajoyib, olijanob hissiyotga ega bo’lgan yoki biror ezgu ish qilayotgan paytda, uning vujudidagi bo’ri tishlarini irjaytirib, berahm, qahrli, masxaraomuz kulgu bilan bu barcha olijanob xattiharakatlar Cho’l yirtqichiga naqadar kulgili tuyulishini bildirguvchi edi. Harri har bir mavjudot singari, butunlay sevilmakni istardi va aynan shuning uchun u ularning oldida, ya’ni mehr-muhabbatlari bilan unga ahamiyatli bo’lgan odamlar oldida, o’zining bo’ri ekanligini yashira olmasdi, ularni alday ham olmasdi. Shu o’rinda yana bir narsani aytish lozimki, Harriga o’xshagan odamlar juda ko’p, masalan san’atkorlar ham xuddi shu toifaga mansubdirlar. Har bir inson zoti o’zining belgilari, o’z ovozi, o’z fazilat va illatlariga, kechirilmas gunohlariga ega. Cho’lbo’risining o’ziga xos belgisi esa shu ediki, u kechqurunning odami edi.
Yana boshqa belgilaridan biri, uning o’z joniga qasd qiluvchilar toifasiga mansubligi edi. Bular ichida tasodif tufayli o’z joniga qasd qiluvchilar toifalari mavjud. Harri ham ularning biri edi -o’lim bilan juda yaqin aloqada bo’lib yashashi shart emas bunga o’z joniga qasd qiluvchi bo’lmay turib ham erishish mumkin. Biroq o’z joniga qasd qiluvchining bir xususiyati borki, u o’zining “men” ini, haqmi, nohaqmi, baribir xavfli, shubhali, xatar ostida qolgan tabiat ibtidosi deb his qiladi. Go’yo u qoya cho’qqisida turibdi-yu, tashqaridan zarragina turtki yoki ichkaridan zig’irdakkina zaiflik bo’lsa bas, uning bo’shliqqa “gup” etib qulashi turgan gap. O’z joniga qasd qiluvchilar bizga o’zlarini aybdorlik his-tuyg’ulari bilan qamrab olingan qilib tasvirlaydilar. Ularga tashqi qivofa emas, balki onaga, Ollohga,koinotga qaytib, singib, yo’q bo’lib ketish ko’proq maqsad mazmuni bo’lib ko’rinadi.Harri mana shu so’ngi imkoniyat marrasiga yetib boradi. Ma’naviy tcatrda u o’z-o’zini tanishni o’rganadi, umri boqiylarni uchratadi, huvillagan qalbini xalos etishga yordam beradigan narsani topadi. Вunda unga Hermina va Gustav yordam berishadi.Harri o’tirishda Dora ismli qiz bilan tanishadi. Sayrdan qaytayotib, tortish mexanizmi pand berib, bo’shliqda uyg’onsa unda son-sanoqsiz eshiklar turibdi.
Unda:1. Xohlagan hayvon yoki o’simlikka aylanish;
2. Shaxsni shakllantirish;
3. Cho’l bo’risini o’rgatish mo’jizasi;
4. Barcha qizlar seniki;
5. Qonga bo’yalgan muhabbat;
6. Harrining qatl etilishi; kabi eshiklar bor edi. Bu eshiklarga Harri kirarkan o’zi suhbatlashishni istagan barcha odamlarni Motsart, Gyote, Roza, yana sevgililaridan Lora Idalarni uchratadi. Bir eshikda Pablo bilan Herminani birga ko’rib, alamidan Herminaga pichoq sanchadi. So’nggi eshikda Harri ustidan sud olib boriladi. Uyg’onib qarasa, u Pablo bilan shaxmat o’ynamoqda. Pablo Hermina shaklidagi shaxmat donasini cho’ntagiga solib, “Harri hali ham o’ynashni o’rgana olmabsan“ deb magiyaviy teatrdan chiqib ketadi.
Asarni biz ma’lum darajada to’g’ri va noto’gri tushinishimiz mumkin. Bu g’alati va hayratlanarlidir. Asaming atigi yarminigina tushinib yetganlar, mening nazarimda, o’zlarini unga o’xshatib u bilan tenglashtirishgan, uning iztiroblariga sherik bo’lishgan, orzularini baham ko’rishgan. Asar vaqtga bog’liq bo’lmagan, unda abadiy Ilohiy dunyo qarama-qarshi qo’yiladi.Hermann Hessening ”Cho’l bo’risi” asari o’quvchilarni tobora yangi avlodlarini o’ziga jalb qilayotgan kitoblardan biridir. Harri Hallerning fantastik tarixiga qaytgan kitobxonlarning keksa avlodi esa unda yangi qirralarni kashf etib unga shunday ta’rif berilgan. “Bir stakan elzass vinosi va bir burda non mana eng yaxshi taom”. Shuning uchun ushbu asar asl mohiyat yetukligiga murojaat qiladi. Cheksiz interpretatsiya va kechinmalarga joy ajratadi. “ Munchoqlar o’yini” dagi kastaliyalik buni meditatsiya deb atagan bo’lardi. Meditatsiyaning asosi-syujetga bogliq bo’lmagan mazmun. “Odam-bo’ri” taqdiriga bag’ishlangan bu asar xam shunday.
O’zbekistonga Hermann Hesse 2001-yilda ajoyib tarjimon Mirzaali Akbarov xizmati bilan kirib keldi. O’zbekistonlik kitobxonlar auditoriyasining keng e’tibori uchun nemis yozuvchisi, bizning fikrimizcha, Mirzaali Akbarov oldida qarzdor. Hermann Hessening”Cho’l bo’risi” asarining O’zbekistonda paydo bo’lishi muhim ma’naviy voqea bo’ldi. O’zbek kitobxonini yevropa madaniyati, xususan Hermann Hesse ijodi bilan boxabar qilishdek yuksak ish jarayonida tarjimon M.Akbarov talaygina taxsinga loyiq xizmat ko’rsatayotganligini shu o’rinda aytib o’tishni joiz, deb topdik.

Yüklə 56,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə