Chirchiq davlat pedagogika universiteti turizm fakulteti


Harri: Hessening o’zi yoki Shvetsariyalik haykaltorash Hermann Haller ham bo’lishi mumkin. Bo’ri



Yüklə 56,49 Kb.
səhifə6/9
tarix15.05.2023
ölçüsü56,49 Kb.
#110452
1   2   3   4   5   6   7   8   9
HERMANN HESSENING HAYOTI VA IJODI

Harri: Hessening o’zi yoki Shvetsariyalik haykaltorash Hermann Haller ham bo’lishi mumkin.
Bo’ri: Harrining dushmani. Biroq u doim tirik , Harrining dilida, usiz yashay olmaydi.Bo’ri inson ruhiyatida mavjud hayvoniy tuyg’ularni aks etadi. Yemoq, ichmoq, o’ldirmoq hislari unga tegishli. Unga na mumtoz musiqa, na muqaddas kitoblar ta’sir qiladi.
Hermina: Yuliya Laubi-Onegger – Hessening raqsdagi sobiq sherigi.
Professor: Xitoyshunos va protestant ruhoniy Richard Vilgelmga o’xshaydi.
U 1926 yil 6 fevralda Hessega Gyote tasvirlangan otkritka yuborgan.
Gustav: Hessening maktabdagi do’sti Gustav Zeller Kampir: Ijarachi Marta Riger xonim.
Erika: Hessening ikkinchi xotini Rut bo’lishi mumkin.
Pablo, Mariya va boshqalar-to’qima obrazlar.
Quyidagi sxema orqali “Cho’l bo’risi “romanidagi personajlar haqida umumiy tasavvurga ega bo’lamiz. Sxema markazida Harri Haller obrazi berilgan. Asardagi boshqa obrazlar esa Harri Haller obrazini yanada teranroq ochib berishga xizmat qiladi. Hermann Hessening yozuvchilik tajribasi hamda o’ziga xos ijodkorligi va san’ati, xuddi Abdulla Qodiriy ta’kidlaganidek, bu holat “Cho’l bo’risi” rоmаnidа yaqqol seziladi.Hermann Hesse asardagi qahramonlarni Pablo, Maria va boshqalar obrazlarini hayotidan olib tasvirlaydi.
Harri Haller 50 yoshlar atrofidagi kishi, uzoq yillar bod kasali bilan og’rigan.U juda aqlli, ziyoli inson, gazeta uchun maqolalar yozadi,tinmay kitob o’qiydi.U o’zini Gyote va Motsart bilan ruhan bog’liq deb o’ylaydi va hozirga nisbatan yaxshiroq yashaydigan davr kelishiga ishonadi.Uning laqabi o`ziga mos chunki u juda odamovi odamlarga qo`shilmasdan yolg`iz yashaydi.U tashqi dunyo bilan qiziqmas faqat o`zining kitoblar dunyosida yashashni yaxshi ko`radi.Uning uyida Lessing, Dostoevskiy kabi yozuvchilarning kitoblari borligidan Hallerni ziyoli kishi deyish mumkin.Uning Gyote va Motsartga mehri o`zgacha chunki ular uning uchun zamonlar ichra daholarning dahosi hisoblanadi.Harri o’ta madaniyatli ziyoli kishi o’zi haqida ham atrofidagi kishilar haqida ham ko’p o’ylaydi.Ayniqsa uning hikoya qiluvchi xolasinining uyiga birinchi kelgan kuni u unga bir oz g`alati tuyulgandi, u esa aksincha atrofdagilarga xushmuomala munosabatda bo`ladi, shunga qaramasdan u o`zini kulgili holatga tushurgandek edi.U xonani ijaraga oldi.U hamma so`zlarni gaplarni diqqat va xushmuomalalik bilan eshitar edi.Cho`l bo`risi bilan bo`lgan suhbatlarda u bir oz kulgili bo`lib ko`rinsada u o`zini sipoyi qilib ko`rsatishga harakat qilardi.Yaxshi tarbiya ko’rganligi sezilardi.Harri o`ziga xos xarakterga ega insonlarga qiziqadi, lekin ularga qo`shilmaydi. U yolg’izlanib qolgan odamovi yovvoyi meshchanlar hayotini yoqtirmaydigan kishi boshqa tomondan esa o`zini odamlarga qo`shila olmaydigandek his qiladi.
Meshchanlarning baodobliligi tartibliligidan zavqlanadi lekin ularni yomon ko`radi va o’zini ulardan uzoq tutadi.Boshqa tomondan esa u yolg’izlikni hammasidan ham ko`ra yaxshi ko`radi, ammo u yakkalikni boshqasidan ajralishni istamaydi. Uning bizga faqatgina yovvoyi yolg`iz halovati yo’q adashib qolgan cho’l bo’risining shaharga kelib qolgan ko’rinishidan bo’lak hech narsa ma’lum emas. Harri bod kasalidan azoblanishiga qaramasdan uning eng katta azobi ruhiy azobdir.U umuman kelajakka ishonmaydigan kishi, ruhi tushgan atrofdagi odamlardan tinmay kitob o’qiydi.U o’zini Gyote va Motsart bilan ruhan bog’liq deb o’ylaydi va hozirga nisbatan yaxshiroq yashaydigan davr kelishiga ishonadi.Uning laqabi o’ziga mos chunki u juda odamovi odamlarga qo`shilmasdan yolg’iz yashaydi.U tashqi dunyo bilan qiziqmas faqat o’zining kitoblar dunyosida yashashni yaxshi ko’radi.Uning uyida Lessing, Dostoevskiy kabi yozuvchilarning kitoblari borligidan Hallerni ziyoli kishi deyish mumkin.Uning Gyote va Motsartga mehri o’zgacha chunki ular uning uchun zamonlar ichra daholarning dahosi hisoblanadi.Harri o’ta madaniyatli ziyoli kishi o’zi haqida ham atrofidagi kishilar haqida ham ko’p o’ylaydi.Ayniqsa uning hikoya qiluvchi xolasinining uyiga birinchi kelgan kuni u unga bir oz g’alati tuyulgandi, u esa aksincha atrofdagilarga xushmuomala munosabatda bo’ladi, shunga qaramasdan u o’zini kulgili holatga tushurgandek edi.
Cho’l asaridan parcha: Es ist eine schöne Sache um die Zufriedenheit, um die Schmerzlosigkeit, um diese erträglichen geduckten Tage, wo weder Schmerz noch Lust zu schreien sagt, wo alles nur flüstert und auf Zehen schleicht. Nur steht es mit mir leider so, dass ich gerade diese Zufriedenheit gar nicht gut vertrage, dass sie mir nach kurzer Dauer unausstehlich verhasst und ekelhaft wird und ich mich verzweiflungsvoll in andere Temperaturen flüchten muss, womöglich auf dem Wege der Lustgefühle ,nötigenfalls ,aber auch auf dem Wege der Schmerzen.13 Mana shunday mamnuniyat, dardning bilinib - bilinmasligi, yosh o’tinqirab qolgan bir paytda, chidasa bo’ladigan bir navi kunlarni ko’rganingga ham ko’ngil ko’tariladi, bunday kunlarda dardni ham, quvonchni ham sezmaysan, hammasi imi - jimida, bilinar - bilinmas, ohista, bamisoli oyoq uchida yurgandek. Faqat yomon tarafi shuki, men mana shu qoniqish, mamnuniyat bilan sira ham chiqisha olmayman-da, bir oz vaqt o’tgandan so’ng u ko’zimga balodek ko’rina boshlaydi toqat qilib bo’lmas darajada ko‘ngilni aynitadi va men butkul tushkin kayfiyatda boshqa bir ma’nolarda bo’lishi mumkin qadar quvonch-shodlik yo’llaridan, zarur bo’lsa, dard, g’am, iztirob yo’llaridan bo’lsa qochib ketishimga to’g’ri keladi.14
“ Cho`l bo`risi haqida traktat(risola)“ da Harri Hallerni katta muammosini bilib olamiz ;Uning ichida 2 ta shaxs vujud borligini ya`ni yarim “ Odam “ va yarim “Bo`ri“ unda “insoniy“ vujudi ruh uchun bo’risi esa yomonlik uchun turardi.Bu ikkala vujud muntazam ravishda bir-birlari bilan hisoblashib turishadi.Shu yerda men Traktat haqida izohlar” bobida bu haqda yana fikrlashaman .
Harri Haller -yarim odam,yarim bo’ri. Harrining xarakterida uning eng katta azobi unda 2 ta vujudning yashashidir. ‘’Bo’ri“va “Odam“ular bir-birlari bilan muntazam bahslashib yashaydilar. Ular doimo bir-birlarining yo’liga to’siq bo’lib qarshi bo’lib yashaydilar. Bir-birlari bilan kurashadilar. Uning bu xislati nima uchun Harrining boshqalar oldida kulgili bo`lib ko`rinishiga sababdir. Unda qachonki “inson” vujudi jo’sh ursa u o’zining boshqalarga aksini ya’ni ularga do’stona munosabatda xushmuomala bo’lardi.O’zida “ Bo’ri “ vujudi jo’sh ursa endi u odamlarning ustidan kuladi, nafratlanadi, masxara qiladi. Uning vujudidan “Inson” esa uning bu holatini kuzatadi va nafratlanadi.Masalan Harri Motsart asarlaridan bir narsa eshitsa inson o’zini juda yaxshi his etadi, huzur qiladi. Xuddi shu uning vujudida “Bo’ri” bo’lganda professor bilan Harri Gyotening portreti haqida bahslashganida Harrining fikricha Gyote portretda yolg’ondakam tasvirlangan. Bunday holatlarda u boshqalar bilan chiqisha olmaydi, chunki u buni to’g’ri tushunmaydi. Uni avvaliga aqlli, do’st, mehribon deb biladilar uning bo’riligi tutganda esa undan darrov soviydilar. Ammo Harri o’zining ikkala vujudini yashira olmaydi, chunki ular bir-birlaridan ajralmaydigan bo’lib bog’lanib qolgan.Bo’rini sevuvchilar unda “inson”ni tanib qolsalar bu xususiyatdan ular ham hayron. U ko’pincha baxtsiz, buni inkor qilib bo’lmaydi, chunki u o’zi sevgan kishilarni ko’pincha xafa qilib qo’yardi.Shunday qilib Hermina Harri uchun yod bo’lgan uning nafratini qo’zg’atadigan bekorchi takasaltang kishilarning dunyosiga olib kiradi.Hermina orqali Harri ilk bor yosh bo’lish qanday bo’lishini tushinib yetadi.
PABLO. Pablo saksafon chaluvchi yigit, ispan yoki janubiy Amerikalik doimo kafelarda, u bu narsa chalib kunini kechiradigan bir yigit. Aytishlariga qaraganda, u hamma asboblarni chalar ekan hamma tilda gaplasha olarkan, shunga qaramasdan, u kam gap. Boshida u Harriga unchalik yoqmagandi. U yoqimtoygina bo’y basti aftbasharasi kelishgan ayollarga yoqishdan boshqa qo’lidan hech ish kelmaydigan yigitga o’xshab ko’rinadi. Unga Hermina Pabloni birinchi martta tanishtirganida Harri unda o’zining tasavvuridagi Pabloni aksi ekanini tushunadi .Harri Pablo qayerdadir ko’rganligini anglamadi, chunki unga “Traktat” kitobini bergan yigit shu ekanini bilmaydi. Pablo mag’iya teatrning xo`jayini. Ko’rib turganimizdek Pablo “Cho’l bo’risi “romanida muxim rol o’ynaydi.Harri uchun Pablo takasaltang bir yoqimtoygina kishi bo’lsa, Pablo esa Harriga nisbatan doimo xushmuomala do’stona munosabatda bo’ladi. Hattoki unga yoqish uchun harakat ham qilib ko’radi. Uning Harriga rahmi keladi. Uning fikricha, Harri bechora, nochor odam, uning ko’zlarini g’amgin hatto kula olmaydi deydi. Pablo oxirida Harrini o’zining mag’iya teatri bilan baxtli qilishga intilardi.

Yüklə 56,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə