Buyraklar patofiziologiyasi


Filtratsiyaning oshishiga olib keluvchi sabablar



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə2/6
tarix11.02.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#100631
1   2   3   4   5   6
16 маъруза Буйраклар патофизиологияси

Filtratsiyaning oshishiga olib keluvchi sabablar:

  • . Olib ketuvchi arteriyalar tonusining ↑. Masalan: adrenalin oz miqdorda ta’sir qilganda, gipertoniya kasalligining boshlang’ich davrlarida.
  • 2. Olib keluvchi arteriyalar tonusining ↓. Masalan: pereferik qon tomirlar torayganda reflektor ravishda olib keluvchi arteriyalar kengayadi (tana t° ko’tarilgan paytida).
  • 3. Qonning onkotik bosimi ↓. Suyuqlik ko’p iste’mol qilganda, shishlarning qaytishi davrida. Filtratsiya ↑ bo’lganda poliuriya kuzatiladi.
  •  

Reabsorbsiyani buzilishalari.

  • Reabsorbsiya – bu buyrak kanalchalaridan birlamchi siydik kerakli moddalarining qayta qonga so’rilishidir. Normada kanalchalarning proksimal qismida reabsorbsiyaning 80-85% amalga oshadi. Bu yerda glyukozaning hammasi, oqsillar, a/k lar, ko’pchilik mikroelementlar, gormonlar suvning ko’p qismi qayta so’riladi. Genle qovuzlog’ida tushuvchi qismida ionlar (Na, K) va ko’tarilish qismida asosan suv so’riladi. Kanalchalarning distal qismida fakultativ so’rilish bo’ladi. Reabsorbsiya aktiv jarayondir, ya’ni moddalar yuqori gradiyenit tomonga energiya sarflash orqali qayta so’riladi.

Reabsorbsiya buzilishiga olib keluvchi sabablar:

  • Birlamchi siydikda qayta so’riluvchi moddalarning haddan tashqari ko’p bo’lishi natijasida reabsorbsiyada qatnashuvchi fermentlar yetishmovchiligi kelib chiqishi.
  •  2. Kanalchalar fermentlarining faolligining ↓ bo’lishi mumkin:
  • a) fermentlarning irsiy yetishmovchiligi
  • b) fermentlarning ingirbirlanishi yoki bloklanishi.
  •  3. Kanalchalarning shikastlanishi: distrofik, nekrotik o’zgarishlar, infeksion yallig’lanish jarayonlarida, buyraklarning qon bilan ta’minlanishining buzilishi, zaharlanishlarida

Kanalchalar sekretsiyasi

  • Sekretsiya yo’li bilan asosan K+, H+ ionlari, yod tutuvchi preparatlar, siydik kislotasi, ko’pchilik antibiotiklar ajraladi. Sekretsiya ichki gomeostazni, pH muhitini doimiy saqlashda ishtrok etadi, ya’ni organism uchun ortiqcha moddalar sekretsiyasi ↑, yetishmayotganlarniki esa aksincha ↓. Masalan: Atsidozlarda - atsidogenez: CO2 + H2O karboangidraza→ H2CO3 → H+ +HCO-3: HCO-3 + Na → NaHCO3 Ammoniogenez: NH3+ H+ → NH4 + tuzlar → ammoniy tuzlari va sekretsiya qismida.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə