Buxoro davlat universiteti


-Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda kompetensiyaviy



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/60
tarix10.02.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#100607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI AMALIY MASHGULOT 1 MODULQO\'LLANMA (2)

2-Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishda kompetensiyaviy 
yondashuv. O’quv dasturi tahlili (1-,2-,3-,4-siflar kesimida).
Mashg’ulot rejasi: 
1. Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar. 
2. Boshlang’ich sinflarda matematika fanining o’quv dasturi haqida. 
3.1-4-sinflarda matematika darsligining o’quv dasturi bilan mosligi. 
Mashg’ulotning мaqsadi: 
Talabalarga boshlang’ich sinflar matematika 
ta’limi mazmuni, tuzilishi xususiyatlariga oid ko’nikma va malakalarini 
mustahkamlash, boshlang’ich sinflar uchun matematikadan o’quv dasturi ( 2017 
yil tasdiqlangan )ni, darsliklar mazmunini puxta o’zlashtirishni ta’minlash. 


Tayanch tushunchalar: 
fan, o’quv dasturi, darslik, metod, kompetensiya, 
o‘rgatish, o‘qitish, bilim, ko‘nikma, malaka, predmet, maqsad, vazifa, fanlararo 
bog‘liqlik.
 
Dars materiallari
: D.T.S.Vazirlar mahkamasining 
2017 yil 6-apreldagi 187-
son qarori. 
2. 1. Tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalar. 
 
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi 
shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga 
mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. 
Kommunikativ kompetensiya
— ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda 
birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala 
madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada 
samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
— mediamanbalardan zarur 
ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan 
samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga 
ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə