Buxoro davlat universiteti


Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplari



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/60
tarix10.02.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#100607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI AMALIY MASHGULOT 1 MODULQO\'LLANMA (2)

Umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplari
Davlat ta’lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: 
o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining insonparvarligi; 
davlat ta’lim standartining ta’lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, 
shaxs ehtiyojiga mosligi; 
umumiy o‘rta ta’limning boshqa ta’lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi 
va ta’lim mazmunining uzviyligi; 
umumiy o‘rta ta’lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi 
va yaxlitligi; 
umumiy o‘rta ta’limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda 
innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi; 
o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun 
tayanch 
va 
fanlarga 
oid 
umumiy 
kompetensiyalarni 
rivojlantirishning 
ta’minlanganligi; 
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim sohasida me’yorlarni belgilash 
tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish. 
 
Mashg’ulotning borishi: 


A maliy mashg’ulotda talabalarni faollashtirish maqsadida ularning bugungi 
mavzuni ongli o’zlashtirib olishlari uchun quyidagi savollarga javoblar olinadi: 
1.
Davlat ta’lim standarti nima?
2.
U qanday tuzilishga ega? 
3.
Davlat ta’lim standarti maqsadi nimalardan iborat? 
4.
Davlat ta’lim standarti vazifalari nimalardan iborat? 
5. Davlat ta’lim standartining asosiy prinsiplarini ayting? 
6. D.T.S. Vazirlar Mahkamasining qaysi va qaysi yildagi qarorida aks 
ettirilgan?
7. O’quv dasturi kim tomonidan tuziladi? Va oxirgisi qachon qabul qilingan?
8. 1-sinf matematika darslari uchun o’quv dasturida necha soat ajratilgan?
9. 2-sinf matematika darslari uchun o’quv dasturida necha soat ajratilgan?
10. Tayanch o’quv rejani qanday tushundingiz?
11.1-sinf matematika darslari uchun o’quv dasturi necha bo’limdan iborat?
12. 2-sinf matematika darslari uchun o’quv dasturida necha bo’lim bilan 
ajratilgan?
13. 1-sinf matematika darslari uchun ajratilgan bo’limlar nomlarini ketma-
ketlikda aytib bering.
14. 2-sinf matematika darslari uchun ajratilgan bo’limlar nomlarini ketma-
ketlikda aytib bering.
15. 1-sinf va 2-sinflar uchun matematika darslarining tuzilishini o’quv 
dasturdan taqqoslash asosida farqini izohlab bering? 
Talabalar ikki guruhga bo’linib guruhlarga topshiriqlar beriladi:
 
1-guruh 
1. 1-sinf o‘quvchilarida shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari 
izohlab tushuntiring? 


2. 3-sinf o‘quvchilarida shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari 
izohlab tushuntiring? 
2.Taqdimotga jamoa bo’lib tayyorlaning? 
Eslatma: 1) ishni bajarish vaqti -15 daqiqa 
2-guruh 
1. 2-sinf o‘quvchilarida shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari 
izohlab tushuntiring? 
2. 4-sinf o‘quvchilarida shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari 
izohlab tushuntiring? 
2.Taqdimotga jamoa bo’lib tayyorlaning? 
Eslatma: 1) ishni bajarish vaqti -15 daqiqa 
Uyga vazifa
: D.T.S. va o’quv dasturi va boshlang’ich sinf darsliklarini tahlil 
qilish. 

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə