2-Mavzu: 1-4-sinflarda ona tili va o`qish darslarini lug`at ustida ishlash yuzasidan qanday matn turlaridan foydalanilganligini belgilash maqsadida kuzatish. Reja



Yüklə 23,79 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2023
ölçüsü23,79 Kb.
#143590
  1   2
2-seminar


2-Mavzu: 1-4-sinflarda ona tili va o`qish darslarini lug`at ustida ishlash yuzasidan qanday matn turlaridan foydalanilganligini belgilash maqsadida kuzatish.


Reja :

1. 1-4-sinflarda ona tilida til matеriallarini o`rgatishda shе’riy matnlardan fоydalanish.


2. 1-4-sinflarda o`qish darslarida lug`at ustida ishlashda nasriy matnlardan fоydalanish.
3. 1-4-sinfda o`quvchilarning оg`zaki va yozma nutqini o`stirishda lug`at ustida ishlash.
Ma’lumki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini rivojlantirishning asosiy yo‘nalish-laridan biri so‘z ustida ishlash, ya’ni lug‘at ishidir. Ona tili va o‘qish darslarida bajariladigan lug‘at so’zlari o‘quvchining so‘z boyligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. M. R. Lvovning ma’lumot berishicha, 4- sinfgacha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘zlashtiradigan yangi so‘zlarning yarmi o‘quvchilar lug‘atiga ana shu darslar orqali kiradi. Lug‘at ishi bosqichlarini quyidagicha ifodalash mumkin: 1) so‘z ma’nosini tushuntirish, 2) so‘zni faollshtirish, 3) so‘zni nutqda qo‘llash. O‘quvchilar lug‘atini faollashtirish ‒ ona tili va o‘qish darslarida bajariladigan lug‘at ishining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir. Shuning uchun o‘qituvchining vazifasi ‒ o‘quvchi lug‘atidagi nofaol so‘zlarni faol lug‘at zaxirasiga o‘tkazish uchun o‘quvchiga nofaol so‘zlarning birikuvchanligi va qo‘llanish sohasini o‘zlashtishga yordam berishdan iborat. O‘quvchi biror so‘zni o‘z qayta hikoya-lashi, hikoyasi, suhbati, xati, bayoni, inshosida atigi bir marta qo‘llasa ham, bu so‘z faollashgan hisoblanadi. So‘zni o‘zlashtirish uning ma’nosi, birikuvchaligi va qo‘llanish doirasini bilishdan iborat. O‘quvchiga yangi so‘z ma’nosini tushuntirish, uning so‘zni to‘g‘ri tushunishiga erishish zarur. Buning uchun esa o‘qituvchi so‘z ma’nosini tushuntirish usullarini bilishi va ulardan o‘rinli foydalanishi lozim. M. R. Lvov so‘z ma’nosini tushuntirishning quyidagi usullarini ajratadi: ko‘rgazmali, kontekstual, sinonim keltirish, mantiqiy ta’rif berish, batafsil tavsiflash, antonim keltirish, so‘zning yasalish tarkibini tahlil qilish. “Ona tili” va “O‘qish kitobi” darsliklarida o‘quvchilar uchun tushunarsiz va ularning nutqida nofaol bo‘lgan bir qancha so‘zlar uchraydi. O‘quvchilar lug‘atini faollashtirishda asosan ana shu so‘zlar ustida ishlash zarur. O‘quvchilar lug‘atini faollashtirish quyidagi asosiy bosqichlardan iborat: 1.So‘z ma’nosini bir yoki bir necha usul yordamida tushuntirish: a) kontekst yordamida; b) shu so‘zning ma’nodoshi yordamida; d) shu so‘zning antonimi yordamida; e) tavsifiy yo‘l bilan (lug‘atdan foydalanib yoki o‘qituvchning o‘zi mustaqil ravishda). 2.So‘zni o‘qish va yozish (so‘zning to‘g‘ri talaffuzi va imlosi ustida ishlash). 3.So‘zning qo‘llanish namunalari ustida ishlash (tayyor so‘z birikmasi va gaplar ustida ishlash). O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘rganilayotgan so‘zlar qo‘llangan tayyor so‘z birikmalari va gaplar bilan tanishtiradi.Ularning ayrimini aytib turib yozdirish mumkin. 4. So‘zning semantik aloqalari ustida ishlash. O‘quvchilarni so‘zlarning paradigmatik aloqalarni ajratish va o‘zlashtirishga o‘rgatuvchi mashqlar ular lug‘atining boyishiga yordam beradi. Bunday mashqlar kerakli so‘zni tanlash, jumla mazmunini aniq yetkazish, so‘zning ma’no qirralarini tushunish qobiliyatini shakllantiradi. 5. O‘rganilayotgan so‘zlar ishtirokida mustaqil ravishda so‘z birikmasi va gap tuzdirish. Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish kitobida uchraydigan o‘quvcilar uchun tushunarsiz so‘zlar mazmuniy xususiyatiga ko‘ra turlichadir. Shuning uchun bu so‘zlarning ma’nosini tushuntirishda ularning xususiyatiga mos ravishda eng samarali usulni tanlash lozim. Bu o‘rinda bir necha darslikdagi so‘zlar misolida so‘z ma’nosini tushuntirishning samarali usulini tanlash haqidagi fikrlarimizni bayon qilamiz. Boshlang‘ich sinf “Ona tili” va “O‘qish kitobi” darsliklarida o‘quvchilarga ma’nosi tushunarsiz bo‘lgan so‘zlar ancha uchraydi. Quyidagi so‘zlarning ma’nosini ularga sinonim keltirish orqali tushun-tirish mumkin. Istiqlol – mustaqillik, nurafshon yorug‘, muborakbod etmoq – tabriklamoq, samo – osmon, ko‘k, gulshan – gulzor, sabo – shabada, munosabat – bog‘lanish, dorivor – shifobaxsh, yaproq – barg, hadya etmoq – bermoq, sovg‘a qilmoq, tub – tag, ahil – inoq, huvullamoq – bo‘shamoq, javon – shkaf, dastyor – yordamchi, alloma – olimlar, muhlat – vaqt, darg‘azab bo‘lish – g‘azablanish, shu’la – nur, ehtirom – hurmat, badavlat – boy, tazyiq – zug‘um, an’ana – odat, ta’na – dashnom, ta’ziya – aza, ma’lumot – xabar, ma’yuslanmoq – xafa bo‘lmoq, chashma – buloq, choq – payt, arg‘imchoq – ip, darz – yoriq, ranj – qiyinchilik, ganj – boylik, xazina, sust – sekin, bol – asal, tabassum – kulgi, muddat – vaqt, tasalli – yupanch, musaffo – sof, toza, mutolaa – o‘qish, do‘kon – magazin, zoriqmoq – muhtoj bo‘lmoq, noyob – topilmas, undirmoq – o‘stirmoq, mamnun – xursand, gavjum – to‘la, surkash – surtish, ohista – sekin, et – go‘sht, daromad – kirim, xontaxta – stol, xazonrezgilik – barglarning to‘kilishi, ezgulik – yaxshilik, boldoq – zirak, najot – yordam, mo‘‘tadil – o‘rtacha, sarvqomat – tik, chanqagan – suvsiragan, so‘yla – gapir, so‘zla, toblanmoq – chiniqmoq, gazlama - mato, yo‘ldosh – hamroh, choyshab – ko‘rpa, silliq – tekis, intizom – tartib, olam – dunyo, mug‘ombir – ayyor, chaqa – tanga, parranda – qush, istirohat – dam olish, nishon – mo‘ljal, tebranmoq – qimirlamoq, husn – chiroy, sohil – qirg‘oq, pardoz – bezak, chaman – gulzor, parvarish qilmoq – boqmoq, olishmoq – kurashmoq, urishmoq, jajji – kichkina, mitti, mador – quvvat, g‘ubor – chang, dog‘, jussa – gavda, o‘git – nasihat, yumush – ish, jamlamoq – to‘plamoq, lazzat – rohat, jasorat – jasurlik, ulug‘ – buyuk, tortig‘ qilmoq, sovg‘a qilmoq, suyukli – sevimli, boqmoq – qaramoq, maftun bo‘lmoq – mahliyo bo‘lmoq, beg‘ubor – toza, sof, ko‘lanka – soya, ensiz – qisqa, enli – keng, g‘alati – qiziq, hushyor – sezgir, ziyrak, sayyoh – sayohatchi, turist, ilk – birinchi, tashna – suvsiz, chanqoq, hangu-mang – hayron, bezovta – notinch, maysa – o‘t. Bu usulni qo‘llaganda o‘qituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, so‘zlarni sinonim orqali tushuntirish o‘quvchilar har bir izohlovchi sinonimning ma’nosini yaxshi tushungandagina maqsadga yetadi. Shuning uchun so‘zning ma’nosini tushuntirish uchun keltiraligan sinonim sifatida faqatgina bolalar yaxshi tushunadigan umumiste’mol so‘zlarni tanlash kerak. Shuningdek, darsliklardagi o‘ta umumiy, keng tushunchani bildiruvchi so‘zlarning ma’nosini ular nomlaydigan narsalarni sanab keltirish orqali tushuntirish mumkin. Yoki Jur’at so‘zini obrazli tarzda quyidagicha tushuntirish mumkin: «O‘quvchilar, jur’at – bu xavf-xatar, qiyinchiliklardan hayiqmay qilingan ish. Hayotda ko‘p holda kishiga jur’at kerak bo‘ladi. Masalan, tishingiz og‘rib qolsa, tish shifokoriga borishingiz uchun jur’at kerak. Yoki matematikadan sizga qiyin misol berilgan bo‘lsa, uni yechish uchun ham jur’at kerak. Jur’atni, o‘quvchilar, jarlik ustidan sakrab o‘tayotgan otga o‘xshatish mumkin. Chunki jarlik ustidan sakrab o‘tish uchun katta jur’at, jasorat kerak. O‘quvchilar, hayotda qiyinchiliklardan qo‘rqmay, jur’at bilan ish tutsangiz, ko‘zlagan maqsadingizga erishasiz So‘z ma’nosini tushuntirish ‒ hali o‘quvchilar lug‘atini boyitishning birinchi bosqichi xolos. So‘z o‘quvchining “o‘z mulki”ga aylanishi, ya’ni faol lug‘atiga kirishi uchun katta ishni amalga oshirish talab qilinadi. Nutq o‘stirish bo‘yicha tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu borada shablon va rejasizlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir dars uchun rejalashtiriladigan so‘z ustidagi izchil, puxta, doimiy ish olib borilishi lozim. O‘quvchilar uchun tushunarsiz va nofaol so‘zlarni faollashtirishning quyidagi yo‘llari mavjud:
1. Boshlang‘ich sinf “Ona tili” darsliklarida berilgan o‘quvchilar lug‘atini faollashtirishga doir mashqlarni bajartirish.
2. O‘qish darslarida o‘qiganlarini qayta hikoyalash, suhbat, bayon, inshoda yangi va nofaol so‘zlarni qo‘llash.
3. Ona tili va o‘qish darslarida o‘qituvchining o‘zi tomonidan tuzilgan mashq va topshiriqlardan foydalanish va hakozolarni tavsiya qilish mumkin bo’ladi.


Yüklə 23,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə