Buxoro davlat universiteti


 Davlat ta’lim standarti haqida tushuncha



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/60
tarix10.02.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#100607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
MATEMATIKA O’QITISH METODIKASI AMALIY MASHGULOT 1 MODULQO\'LLANMA (2)

1.1. Davlat ta’lim standarti haqida tushuncha. 
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti davlat ta’lim standartining 
maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta’lim 
standartlarini joriy etish hamda davlat ta’lim standartlari talablariga rioya etilishini 
nazorat qilish tartibini belgilaydi. 
Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi: 
O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi

«Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuni

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi
 
Qonuni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimi 
uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida» 
1998-yil 5-yanvardagi 5-son 
qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta’lim 
tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida» 
2013-yil 8-maydagi 124-son
 qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta’lim 
to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2017-yil 15-martdagi 140-son 
qarori

O‘zDSt 1.0-98. «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. 
Asosiy qoidalar»; 
O‘zDSt 1.1-92. «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. 
O‘zbekiston Respublikasi standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, 
tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari»; 


O‘z DSt 1.5-93. «Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish, 
tekshirish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi»; 
O‘z DSt 1157:2008. Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-
farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar. 
O‘z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar. 
Davlat ta’lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat 
ko‘rsatayotgan barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun majburiydir. 
“Standart” so’zi inglizcha bo’lib, “nusxa”, “o’lcham”, “me’yor” degan 
ma’nolarini anglatadi.
Standart, standartlashtirish me`yorlari tushunchalari DTS ta’lim mazmuni 
shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. 
Ta’lim mazmunini o’zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida 
faoliyat ko„rsatayotgan turli ta’lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta’limning 
barqaror darajasini ta‟minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o’z mohiyatiga ko’ra 
o’quv dasturlari, darsliklar, o’quv qo’llanmalari, nizomlar, o’quv rejasi va boshqa 
meyoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. DTSni, uning 
talablarini bajarish O’zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan 
mulkchilik shakli va idoraviy bo’ysinishdan qatiy nazar barcha ta’lim muassasalari 
uchun majburiydir. DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o’rta (kasb – hunar 
va oliy) ta’lim muassasalari uchun tayanch o’quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch 
o’quv reja ta’lim sohalarini meyorlash hamda ta’lim muassasalarini moliyaviy 
taminotini ta’minlashga asos bo’luvchi davlat muassasalarini moliyaviy taminotini 
ta’minlashga asos bo’luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch o’quv rejasi o’quv 
predmeti bo’yicha beriladigan ta’lim mazmunini ta’lim oluvchiga yetkazish uchun 
ajratilgan o’quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə